AQSh Afg‘onistondagi harbiy askarlar sonini bir-ikki oy ichida 4,5 minggacha qisqartiradi

© Foto : Master Sgt. Alejandro LiceaAmerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana
Amerikanskie voyennie na yugo-vostoke Afganistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh 2021-yilning may oyiga kelib Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq chiqarishni rejalashtirmoqda

TOShKENT, 11 sen - Sputnik. AQSh bir-ikki oydan so‘ng Afg‘onistondagi harbiy kontingenti sonini 4,5 ming nafargacha qisqartiradi. Bu haqda AQShning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod xabar qildi, deb yozadi RIA Novosti.

Peregovori Prezidentov Uzbekistana i Afganistana v rezidensii Kuksaroy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha muzokaralar bosqichlaridan birini o‘tkazishga tayyor

"Biz hozir ikkinchi bosqichidamiz (qisqartirishni). Birinchi bosqich 8,6 ming (harbiy xizmatchi) qisqartirilishini nazarda tutadi. Ikkinchisi, taxminan 4,5 mingni, bu ish oktabr yoki noyabr o‘rtalarida yuz berishi mumkin. Biz shu yo‘ldamiz", - dedi Xalilzod.

AQSh prezidenti Donald Tramp ilgariroq amerika harbiylari sonini 4 mingtagacha qisqartirish rejasini tasdiqlagan edi.

Fevral oyi oxirida Qatarda bo‘lib o‘tgan marosimda AQSh va Afg‘oniston "Tolibon" radikal xarakati 18-yildan ortiq davom etgan urushda birinchi tinchlik bitimini imzoladilar, bu hujjat chet el qo‘shinlarining Afg‘onistondan 14 oy ichida olib chiqilishini va asirlar almashinuvi bitimi tuzilgandan keyin afg‘onlararo muloqot boshlanishini ko‘zda tutadi.

AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, AQSh 2021-yilning may oyiga kelib Afg‘onistondan qo‘shinlarni to‘liq chiqarishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0