Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bir necha yuz kallakesarning ozod qilinishi Afg‘onistonda, ayniqsa mamlakat shimolida vaziyatning orzu qilingan yaxshilanishiga olib kelishi katta shubha ostida.
“Ehtimol, bu qarorni qabul qilganlar yanada kengroq ma’lumotlar bazasi ega va ular biz bilmagan boshqa ma’lumotlarga tayanmoqda. Ehtimol, toliblar va ularning rahbarlari jangarilarni jilovlab tura olishadi", - deydi Mixaylov.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi telefon muloqotidan so‘ng, O‘zbekistonda bunday qadam mamlakat ichidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilinishini yaqinlashtiradi deb baholandi.
Ekspertning fikricha, “Tolibon”* rahbarlarining ularning hozirgi hukumat bilan tinch yashashga tayyorligi to‘g‘risidagi og‘zaki bayonotlari, ularning hukumatda yetakchi lavozimlarni egallashni kutayotganligi bilan bog‘liq bo‘lishi ham mumkin.
“Ehtimol, bu Afg‘onistondan kelib chiqayotgan tahdidni kamaytirishning yagona yo‘lidir. Ammo men chet el qo‘shinlari bo‘lib turgan holda, ushbu vaziyatning tinchlik bilan hal bo‘lishi ehtimolini ko‘rmayapman”, - dedi Mixaylov.
Keyin mutaxassis, toliblar mahbuslar evaziga o‘z jangarilarini olishlariga kafolat olganiga qaramay, Afg‘onistonda teraktlar hamon davom etayotganiga e’tibor qaratishni so‘radi. Shu munosabat bilan ekspert yaqin kelajakda Afg‘onistondagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha hech qanday optimistik prognozga ega emasligini aytdi.
Batafsil sharhni radiopodkastda tinglashingiz mumkin.
* "Tolibon" - Rossiya va boshqa bir qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti