Germaniya Aleksey Navalniyni jim turishga majbur qiladi

© AFP 2023 / MAXIM ZMEYEVAleksey Navalniy
Aleksey Navalniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Aleksey Navalniy komadan o‘ziga kelganidan so‘ng olingan birinchi suratini ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi, u ijobiy dinamikaga qaramasdan sog‘lig‘ida hamon muammolar saqlanib turgani ma’lum qilgan.

Dushanba kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas bloger “Novichok” bilan zaharlangani haqida xulosalar borasidagi tanqidlarni to‘xtatishni talab qildi, chunki Fransiya va Shvetsiya ayrim mustaqil laboratoriyalari bundesver mutaxassislarining xulosalarini tasdiqlashdi.

Sud pomestil Alekseya Navalnogo pod domashniy arest - Sputnik O‘zbekiston
Navalniyning komadan so‘ng birinchi fotosi paydo bo‘ldi

“Ayrim” – laboratoriyalar, chunki ular haqida ma’lumot ham maxfiylashtirilgan. Idora rahbarining istagi ijobat bo‘lishi ehtimoldan yiroq. Ammo teskari natija ehtimoli katta, chunki hozirda Aleksey Navalniy o‘zi Germaniya hukumatiga katta zarar yetkazdi.

New York Times nashri Germaniya xavfsizlik xizmati yuqori lavozimli vakiliga tayangan holda, u sog‘aygandan keyin “o‘z faoliyatini davom ettirish uchun” Rossiyaga qaytishni xohlayotganini ma’lum qildi.

Agar gazetaning insaydi haqiqatga yaqin bo‘lsa, unda Navalniy uchun faqat xursand bo‘lish mumkin, chunki bunday istak unda shubhasiz kognitiv funksiyalar saqlanib qolganidan dalolat bermoqda – chunki shifokorlarning izohlariga ko‘ra, uning og‘ir ahvolda bo‘lganida bunga kafolat yo‘q edi.

So‘nggi bir necha o‘n yilliklar ichida avval taniqli bo‘lgan ko‘plab ijtimoiy va siyosiy arboblar Rossiyani tark etib, baland ovoz bilan eshikni yopdilar. Natija har doim bir xil edi: ular ijtimoiy qudratni tezda yo‘qotib, hech kim qiziqmaydigan umumiy emigrantlar massasiga qo‘shilishdi. Kremlga qarshi murosasiz kurashchilar pozitsiyasi bilan bir qatorda ular bu maqom bilan bog‘liq moliyaviy imkoniyatlarni ham yo‘qotishdi - rus muxolifatchilar orasida Mixail Xodorkovskiyga o‘xshagan chinakam boy odamlar kam.

Natijada, endi ular faqat Praga, Riga yoki Londondagi kamtarona kvartiralardan ijtimoiy tarmoqlarga zahrini sochish bilan shug‘ullanish to‘g‘ri keladi. Axir eng achinarli holatlarda esa, Potr Pavlenskiy bilan sodir bo‘lganidek, yangi kelgan mamlakatda "qonli gebni" (rejim) va "jazolash psixiatriyasi" tosh tegirmoniga tushish mumkin.

Aytgancha, darsni o‘zlashtirishdi. Har yili "Men Rossiyani abadiy tark etaman, u mensiz nobud bo‘lsin" mavzusi kamroq va sekinroq eshitilmoqda.

Aleksey Navalniy uchun esa bunday yondashuv ayniqsa achinarli bo‘lardi. U nafaqat Rossiyadagi eng taniqli muxolifat yetakchisiga aylandi, balki o‘z tarafdorlaridan mablag‘ undirish uchun juda samarali tizimni ham yaratdi. O‘tgan yillar davomida bu unga ko‘plab yoqimli bonuslarni va umuman olganda juda yuqori turmush darajasini ta’minladi - qimmat xorijiy kurortlarda oilaviy ta’tildan tortib, qizining Stenford universitetida tahsil olishigacha.

Zdanie MID RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya TIV Berlinning Navalniy to‘g‘risidagi bayonotiga munosabat bildirdi

Blogerda "ortiqcha mehnat bilan orttirilganlar"dan zarracha ham voz kechish va dunyoning chekkasida qadimgi Solsberida shinam hayot o‘rniga, go‘yoki Britaniya maxsus xizmatlari tomonidan zaharlangan ikkinchi Skripalga aylanish istagi yo‘qligi ajablanarli emas - barchasi GRU qotillaridan mo‘’jizaviy ravishda qochish afsonasini qo‘llab-quvvatlash uchun.

Ammo bu yerda Aleksey Navalniyning shaxsiy manfaatlari bilan uning kasallik haqida G‘arb tomonidan tasvirlangan surati o‘rtasida prinsipial qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Xavfsizlik nuqtayi-nazaridan nemislar tomonidan qo‘yilgan tashxis uni vatanga qaytishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ammo bloger o‘jarlik bilan ortga qaytmoqchi, to‘g‘ri uni o‘ldirishga oz qolgan ajdarning og‘ziga borib tushish, hech qanday “Novichok” bilan zaharlanish va Rossiya hukumati tomonidan hayotiga tahdid solinishiga ishonmasligini anglatadi.

Eng yomoni, Navalniy vatanga epikriz bilan qaytishi kerak bo‘ladi. Germaniya tomoni esa, Moskvaga uning tashxisini tasdiqlovchi har qanday ma’lumotni berishdan bosh tortmoqda. Rossiya Bosh prokuraturasi nemis hamkasblariga blogerning kasalligi haqidagi barcha voqealarni tekshirish uchun yana bir so‘rov yubordi, ammo Berlin yordamiga umid qilib bo‘lmaydi. Bloger o‘zi bilan birga olib keladigan “Sharite” klinikasidan ko‘chirma, Rossiyaning vakolatli organlariga juda ko‘p qiziqarli ma’lumotlarni berishi mumkin.

Umuman olganda, Aleksey Navalniyning Rossiyaga qaytish istagi nemislarni nihoyatda yoqimsiz va qiyin ahvolga solib qo‘ymoqda, chunki shu haftada qalashtirib tashlangan uydirmani nihoyat ag‘darish bilan tahdid qilmoqda.

Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko Navalniy haqidagi audioyozuvning e’lon qilinmagan qismi borligini ma’lum qildi

Aytgancha, britaniyaliklarda bu holat yanada bejirimroq ishlangandi. Skripal zaharlanish shousi nafaqat uning ko‘lami va tafsilotlari, shu jumladan uylarning buzilishi bilan hayratga soldi, "jabrlanuvchi"ni ham juda to‘g‘ri tanladilar: kuratorlar aytganini to‘liq bajaradigan hech kimga qizig‘i yo‘q va keraksiz sobiq josus. Ammo shunisi ahamiyatliki, hatto London Skripalga hech bo‘lmaganda minimal harakat erkinligini berishga jur’at etmadi va unga jurnalist yoki diplomatlar bilan suhbatlashishga biror marta imkon bermadi.

Aleksey Navalniyni butun oilasi bilan asosiy rossiyalik muxolifachisining shirin hayotidan ixtiyoriy ravishda voz kechishga ishontirish nemislar uchun juda murakkab vazifa bo‘lib chiqishi mumkin.

Bloger uchun yomon yangilik shundaki, uning Rossiyaga qaytishi bu “bo‘tqani damlagan” Berlin uchun juda yoqimsiz oqibatlar bilan xavf solmoqda, chunki u yerda bu masalani hal qilish uchun ular "ishontirish" va "ixtiyoriy" so‘zlarini ishlatishni o‘z ichiga olmaydi uslublarga murojaat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0