“Nimanidir o‘zgartirish vaqti keldi”: Rossiyada migrantlarning ishga joylashishi osonlashadi

© Sputnik / Nina ZotinaNachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova
Nachalnik Glavnogo upravleniya po voprosam migratsii MVD RF general-leytenant Valentina Kazakova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Valentina Kazakova Sputnik bilan intervyuda Rossiya migratsiya siyosatidagi o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi.

Rossiya pasporti ortiqcha qog‘ozbozliksiz

So‘nggi bir necha yil davomida Rossiya fuqaroligini olish istagida bo‘lgan chet elliklar soni oshishi kuzatilmoqda. Bu haqda Rossiya IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Valentina Kazakova Sputnik agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2019-yilda qariyb 500 ming xorijlik Rossiya fuqaroligini olgan, 2020-yilning 8 oyi davomida deyarli 400 ming kishi Rossiya pasportini olishga ulgurgan. Ularning 90 foizdan ko‘prog‘i MDH fuqarolaridir.

Pasport Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada chet elliklarning ishga joylashishi va pasport olishi soddalashtiriladi

“O‘ylaymizki, yil oxiriga qadar bu raqamlar 600 ming kishidan ko‘proq bo‘ladi”, - deya taxmin qiladi Kazakova.

Bunday ko‘rsatgichlarga qator omillar yordam berdi. Birinchidan, fuqarolikni olish tartibi soddalashtirildi. Masalan, endi amaldagi fuqarolikdan chiqish to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etmasa ham bo‘ladi. Ilgari bu majburiy edi. Shuningdek, Rossiya fuqaroligiga qabul qilinish to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rib chiqish muddati qisqartirildi – olti oydan uch oygacha.

Bundan tashqari, iyul oyidan boshlab yashash guvohnomasiga (VNJ) ega Qozog‘iston, Belarus, Moldova va Ukraina fuqarolariga Rossiya pasportini olish osonlashdi. Agar ilgari VNJ ular Rossiyada kamida besh yil yashashlari shart bo‘lgan bo‘lsa, endilikda ular bunday uzoq muddatni kutib o‘tishmasdan fuqarolikka hujjat topshirishlari mumkin. Yoz o‘rtasida Rossiya pasportini olishga da’vogar bo‘lgan bunday shaxslar 240 ming kishi edi.

Predsedatel Profsoyuza trudashixsya migrantov Renat Karimov - Sputnik O‘zbekiston
“Choralar yetarli emas”: Karimov migrantlar Rossiya fuqaroligini olishi haqida

“Biz fuqarolikni olish uchun ushbu toifadagi shaxslar soni oshishini kutapmiz”,  -deydi IIV vakili.

Qozog‘iston va Ukraina fuqarolarga yana ayrim yengilliklar berildi. Ular IIV huzuridagi komissiyada ularni rus tili sohiblari deb tan olish bo‘yicha suhbatdan o‘tmasliklari mumkin.

Shuningdek, vatandosh mavqeyiga ega fuqarolar uchun yashash guvohnomasini olish tartibi soddalashtirildi.

“Ular vaqtincha yashash guvohnomasini (RVP) olmasdan turib, birdaniga yashash guvohnomasini olishlari mumkin, ular uchun Rossiya fuqaroligini olish muddati ham qisqartiriladi”, - deya aniqlik kiritdi Kazakova.

Migrantlar uchun ish beruvchilar reyestri

Kazakova Rossiya IIV xorijliklarni ishga joylashtirishga tayyor ish beruvchilar hamda ishchilarning reyestrini yaratishni taklif qilayotganini ma’lum qildi. Mazkur g‘oya vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan chet ellik fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi qonunning yangi konsepsiyasida o‘z ifodasini topgan.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar haqida yangi qonun nimaga olib keladi? - ekspertlar fikri

Hozir ishga joylashishni rasmiylashtirish uchun ko‘plab hujjat turlari mavjud: bu mehnat patentlari, xorijiy ishchi kuchini jalb qilish uchun ruxsatnoma, ishlash ruxsatnomasi.

“Bu og‘ir yuk, xorijlikka hamma tartiblarni o‘rganib chiqish mushkullik tug‘diradi, nimanidir o‘zgartirish vaqti keldi. Shu bois chet ellik fuqarolarning huquqiy maqomi to‘g‘risidagi qonun kopsepsiyasini ishlab chiqildi, unda ayrim innovatsiyalarni joriy etishni taklif etmoqdamiz”,  -deya ta’kidladi IIV vakili.

Migrant reyestr orqali ish topgandan so‘ng keyingi bosqich hujjatlarni Yagona davlat xizmatlari portali orqali rasmiylashtirish bo‘ladi. ular onlayn tekshiruvdan o‘tkazilgandan keyin xorijlikka Rossiyaga kirishga ruxsat beriladi.

“Xorijlik ruxsat olib, Rossiyaga qaysi ish beruvchining oldiga borayotganini bilgan holda kiradi. O‘ylaymizki, bunday sxema ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni osonlashtiradi va ularni olish muddatini qisqartiradi”, - deb hisoblaydi Kazakova.

Bepul patent va barcha hujjatlarning uzaytirilishi

Kazakovaning so‘zlariga ko‘ra, 2020-yilgacha Rossiyaga har yili 15-17 million atrofida xorijlik fuqarolar kirib kelgan. Ular orasida 5-6 millioni ishlash maqsadida kelgan.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 15-dekabrgacha imtiyozlar beriladi

Karantin cheklovlari tufayli bu yil Rossiya IIV hududiy bo‘linmalariga mamlakatda bo‘lib turish hujjatini rasmiylashtirishni so‘rab, 1,5 million nafarga yaqin migrant murojaat qilgan, xolos. Lekin bu davrda Rossiyada ayrim xorijliklar ishsiz qoldi, kimdir yopiq chegaralar tufayli vataniga keta olmadi. Rossiyada migrantlarning vaziyatini yaxshilash maqsadida ularning bir qator qog‘ozbozlikdan ozod qiluvchi normativ-huquqiy choralar ko‘rildi.

15 martdan 15-iyungacha migrantlarga hujjatlarining amal qilish muddati tugagan bo‘lsa ham, Rossiyada qonuniy ishlash va yashash huquqi berilgan edi. Mehnat migrantlariga patentni Rossiyadan chiqmasdan uzaytirishga ruxsat berildi va hatto to‘lamaslik (15 iyungacha patentsiz ishlash mumkin edi). Birinchi navbatda, bu yengillik O‘zbekiston, Tojikiston va Ukraina fuqarolarining mablag‘larini tejadi (Moskvada patentning oylik to‘lov narxi 5 350 rublni tashkil etadi).

Sistema raspoznavaniya lis v moskovskom metro - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada “nomaqbul” xorijliklarni chiqarib yuborishning yangi usuli qo‘llaniladi

15 iyundan keyin ham Rossiyada bo‘lishni qonuniylashtirishni uzaytirish uchun vaqt berildi. Hozir mamlakatda bo‘lishi 15-martda qonuniy bo‘lgan barcha chet ellik fuqarolar 15-dekabrgacha bemalol qolib ishlashlari mumkin.

Bugungi kunda Rossiyada rasmiy ravishda ishlay oladigan chet elliklarning bir necha toifalari mavjud. Birinchi toifa – rossiyaliklar bilan bir qatorda hech qanday ruxsat beruvchi hujjatlarsiz mehnat qilayotgan YeOII fuqarolari.

Ikkinchi toifa – bu mehnat patentlarini olib, avant to‘lovini amalga oshirayotgan shaxaslar. Uchinchi toifa esa bu viza bilan mamlakatga keluvchilar. Ular ishlash ruxsatnomasini rasmiylashtirishadi.

“2020 yilning 6 oyida bizga ish beruvchilardan chet ellik fuqarolarn ishga qabul qilish to‘g‘risidagi 700 mingdan ziyod bildirish xati kelib tushdi. Ularning qariyb 50 ming nafarini Armaniston fuqarolari tashkil etadi, bu taxminan 7 foiz”, - deya statistika ma’lumotlarini keltiradi Kazakova.

Pasport RF - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya fuqaroligini olish soddalashtirildi

Migratsiya ro‘yxatidan o‘tish yanada shaffoflashdi

Rossiya qonunchiligidagi yana bir yengillik bu Rossiyada ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan xorijliklar qabul qiluvchi tomon bo‘lib, o‘z uylarida boshqa xorijliklarni ro‘yxatdan o‘tkaza olishlaridir. 2020-yil sentabriga qadar ular hatto yaqin qarindoshlarini, jumladan, turmush o‘rtoqlari, ota-onalari, farzandlarini migratsiya ro‘yxatidan o‘tkazish huquqiga ega emas edilar.

“Fuqaro o‘z uyida xorijlikni ro‘yxtdan o‘tkazish huquqidan erkin foydalana olmagan vaqtida u turli noqonuniy yo‘llarni qidiradi. Ya’ni agar xorijlik bir manzil bo‘yicha yashaydi, migratsiya ro‘yxatidan esa boshqa joydan o‘tgan. Bu ma’muriy qonunbuzarlik. Bu ro‘y bermasligi uchun aynan bu qonun ishlab chiqilgan”, - deya tushuntiradi Kazakova.

Jinoyatchilik avj olishining oldi olindi

Rossiyada koronavirus tufayli turli cheklovlar joriy etila boshlaganda ko‘plar migrantlar o‘rtasida jinoyatchilik keskin avj olishini taxmin qilishdi. Kazakovaning fikriga ko‘ra, pandemiya davrida xorijliklar olgan imtiyozlar sabab bunday salbiy ssenariyning oldini olishga muvaffaq bo‘lindi.

Moskva vo vremya rejima samoizolyatsii jiteley - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya sharoitida migrantlar orasida jinoyatchilik ko‘paymadi

“Hayot bu qo‘rquvlar behuda bo‘lganini ko‘rsatdi. Rossiya hududida xorijliklarning qonuniylashtirish uchun o‘z vaqtida qabul qilingan choralar o‘z samarasini berdi. Xorijlik o‘zini himoyalangan deb hisoblaganda unga jinoyat sodir etishning kerak yo‘q, chunki u qonuniy ravishda bu yerda bo‘lib turibdi. Xorijlik fuqaro o‘zini ishonchsiz  his qilganda jinoyatchilik avj olishi yuzaga keladi, u ishini yo‘qotadi, hujjatlarining amal qilish muddati tugaganda u ishga joylasha olmaydi”, - deya fikr bildirdi u.

Kazakovaning so‘zlariga ko‘ra, IIVning mamlakatlar elchixonalari, xususan, O‘zbekiston va Tojikiston bilan birgalikdagi ishlari ham o‘z samarasini bergan. Diplomatik idoralar ishidan ayrilgan vatandoshlarga ishga joylashishiga yordam bergan. Qolaversa, migrantlarga Rossiyadan chiqib ketishga ko‘maklashishgan: charter reyslarini tashkillashtirilgan

Yangiliklar lentasi
0