Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 15-dekabrgacha imtiyozlar beriladi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu vaqt oralig‘ida fuqarolarga nisbatan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Rossiyada o‘zbekistonlik mehnat migrantlariga 2020-yil 15-dekabrgacha imtiyozlar beriladi, deb xabar qildi Tashqi migratsiya agentligi matbuot-xizmati.

Rabochie vo vremya stroitelstva - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya qurilish maydonlarida migrantlar yetishmayapti - bosh vazir o‘rinbosari

Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida mehnat migratsiyasi sohasida bir qator masalalar yuzasidan muzokaralar o‘tkazish va aniq kelishuvlarga erishish maqsadida O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi M.Xayriddinov boshchiligidagi delegatsiyaning tashrifi doirasida Rossiya Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, politsiya general-polkovnigi A.Gorov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi hududidagi o‘zbekistonlik mehnat migrantlarining holati, xususan, Rossiya Federatsiyasi Prezidentining amal qilish muddati uzaytirilishi rejalashtirilayotgan 2020-yil 18-apreldagi "Rossiya Federatsiyasidagi xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holatini yangi koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan tartibga solish bo‘yicha vaqtinchalik chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmoniga alohida urg‘u berildi.

Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar haqida yangi qonun nimaga olib keladi? - ekspertlar fikri

Rossiya tomonining ma’lum qilishicha, ushbu farmonga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi hududida nolegal bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ro‘yxatdan o‘tish va ruxsat beruvchi boshqa hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan (15 martgacha yoki undan keyin) qat’i nazar yashash manzili bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi IIV organlariga murojaat qilib, 2020-yilning 15-dekabriga qadar mamlakatda bo‘lishni qonuniylashtirish mumkin.

Fuqarolarga nisbatan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish, ilgari berilgan vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnoma, yashash uchun ruxsatnoma, ishlash uchun ruxsatnoma va patentni bekor qilish, shuningdek Rossiyaga kirishni taqiqlash kabi choralar qo‘llanilmaydi.

Shu munosabat bilan, Rossiya hududida nolegal holatda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini berilgan huquqlardan foydalanib, mamlakatda bo‘lishini qonuniylashtirishga chaqiramiz, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0