Vladimir Kornilov
Turli maxfiy Rossiyaga qarshi nazariyalar mualliflarining Kremlning u yoki bu mojarolarga katta ehtimol bilan aloqadorligini anglatuvchi gap-so‘zlari qachon tugaydi, juda qiziq. Biz allaqachon highly likely ("katta ehtimol bilan" — Skripallar ishida), almost certainly ("deyarli aniq" - "vaksina o‘g‘rilanishi" munosabati bilan yog‘dirilgan ayblovlar) singari iboralarni o‘rganib bo‘ldik. Endi navbatdagisi — probably ("ehtimol")ga ko‘nikishimizga to‘g‘ri keladi, deb yozadi RIA Novosti muallifi.
Bu gal The Washington Post tufayli Vladimir Putinning shaxsan o‘zi AQSh prezidentligiga nomzod Jo Baydenni diskreditatsiya qilish (obrshsizlantirish) bo‘yicha maxfiy operatsiyaga "probably, rahbarlik qilayotgani"dan xabar topdik. Bu haqda nashr SRUning super-maxfiy dokladiga tayangan holda xabar bergan - hujjatning maxfiylilik darajasi shu qadarki, WP jurnalistlari undagi kontekst bilan bir necha shaxslarning hikoya qilib berishlari orqali tanishishga muvaffaq bo‘lishgan.
Bunday paradoksal xulosa uchun asoslar hayratlantirmay qo‘ymaydi: ma’lum bo‘lishicha, u allaqanday analitiklar tomonidan "ochiq, maxfiylikdan chiqarilgan va maxfiy razvedka manbalari" asosida tayyorlangan.
Dokladning birinchi qatorida go‘yoki shunday deyilgan: "Bizning fikrimizcha, prezident Vladimir Putin va Rossiyaning yuqori martabali amaldorlarining aksariyati xabardorlar va, ehtimol (xuddi o‘sha probably. — Muallif) noyabrdagi AQSh saylovlari oldidan AQShning sobiq vitse-prezidentini obro‘sizlantirish, AQSh prezidentini qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda ixtilofni keltirib chiqarishga qaratilgan Rossiya ta’sir operatsiyalarini boshqaradilar".
Vitse-prezidentni obro‘sizlantirayotgan aslida kimligini ham bilib oldik! Baydenga, kulgili xatoliklarga to‘la, aytilgandan sshng uning salomatligi holati haqida o‘ylashga majbur etadigan nutqlarni kim yozib berayotgani ham nihoyat, oydinlashdi. Ehtimol, shaxsan Putinning o‘zi shu kunlarda Baydenga "uning nutqi yakunida dunyoda koronavirusdan 200 million kishi o‘lishi" haqidagi matnni tiqishtirgan bo‘lsa kerak. Chunki Baydenni bundan ortiq darajada hech kim obro‘sizlantira olmas edi.
Amerikaning ko‘plab OAVlari Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan go‘yoki "ichki foydalanish uchun" chiqarilgan (va shu paytning o‘zida ko‘plab axborot saytlarida paydo bo‘lgan) shunga o‘xshash hisobotga e’tibor qaratdilar. Hisobot: "Rossiya, ehtimol (bu safar shunchaki likely, highlysiz. — muallif.), 2020-yildagi saylovlarga ta’sir o‘tkazish uchun amerikalik nomzodlar salomatligini diskreditatsiya qilmoqda", degan sarlavha bilan chop etilgan edi. E’tibor bering, "nomzodlar" so‘zi ko‘plikda qo‘llanilgan. Endi esa, amerikaning aksariyat mass-medialarining ushbu "sensatsiya" borasidagi sarlavhalari bilan solishtirsak - agar ularga ishonsak, gap "Baydenning mental sog‘lig‘iga qarshi Rossiya tomonidan uyushtirilayotgan hujum" haqida bormoqda.
Va bu bulletenlarda eronlik va xitoylik aktorlarning Donald Trampning ruhiy holatiga o‘tkazayotgan hujumlari ham yodga olingan bir vaqtda ro‘y bermoqda. Ammo bu, o‘zingiz tushungandek, amerika demokratik OAVlarini mutlaqo qiziqtirmaydi. Amerikaning amaldagi prezidentini shizofrenik deb atash - bu umuman aralashuvga kirmaydi. Biroq Bayden haqida bunday gapirib bo‘lmaydi.
Har nega qaramay, Rossiya-Xitoy-Eron makri ish berayotgan ko‘rinadi. Agar yaqinda 2020-yil saylov kampaniyasining eng muhim shtatlarida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ishonsak, u yerdagi saylovchilarning 51 foizi Trampni prezidentlikka "mental yaroqsiz" hisoblaydi. 52 foiz saylovchilar esa Bayden haqida xuddi shunday fikrda. Ya’ni AQSh prezidentligiga ikki nomzodning aqliy holatini shubha ostiga olayotgan amerikalik saylovchilarning ulkan miqdori, - bu "Rossiya dezinformatsiyasi" natijasi, shundaymi? Tramp va Bayden esa o‘zlarining ajabtovur xatti-harakatlari, yumshoq qilib aytganda, bahsli iboralari bilan bu yerda zinhor hech qanday rol o‘ynamaydi. Odatdagidek, hammasiga ruslar aybdor. Probably.
Xuddi shu tarzda o‘ta dahshatli darajada maxfiy bo‘lgan SRU dokladi asosida WP chop etgan maqola ham — shunga o‘xshaydi.
Maqolaning birinchi qatorida, AQSh prezidentligiga nomzodning diskreditatsiyasi kampaniyasiga shaxsan rahbarlik qilayotgan Putin haqida aytib o‘tilgach, gapning qolgan qismi Ukraina parlamenti a’zosi Andrey Derkach kirdikorlari haqida boradi. U Petr Poroshenko va Jo Bayden suhbatlari audiofragmentlarini muntazam ravishda ommaga e’lon qilishi tufayli mashhur.
Uning "Putin bilan aloqalari" hali bu hech narsa degani emas.
Amerika OAVlari "Derkach plonkalari" haqida gap boshlaganlarida ular faqatgina ikkita dalilga ega bo‘lishadi, agar mumkin bo‘lsa bu haqda quyidagicha aytish mumkin: a) to‘qsoninchi yillar boshida u Moskvada KGB oliy maktabini tugatgan, demakki, o‘z-o‘zidan "Kreml agenti" hisoblanadi; b) u tomonidan taqdim etilgan yozuvlar "tahrirlangan". Bo‘ldi, xuddi mana shu asosda demokratik OAVlar "plonkalar"dagi ma’lumotlarni muhokama qilishdan bosh tortadilar, ular haqida eshitishgan vaqtlarida esa quloqlarini berkitib olishni odat qilishgan. Holat shungacha yetib bordiki, Twitter "Derkach plonkalari haqidagi" tvit yozgan va undan Tramp iqtibos keltirgan foydalanuvchining uchet zapisini shu ondayoq blokladi.
Bu yerda hech qanday senzura yo‘q. Axir "Kreml agenti" xuddi o‘sha Kreml buyurtmasiga binoan "dezinformatsiyani" tarqatapti, deyildiku. Tegishli tartibda, bu ma’lumotlarni tekshirish butkul ta’qiqlangan.
Shu munosabat bilan 2014-yilning iyulida, Donbassda Malayziya "Boing"i qulaganidan so‘ng, Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Valentin Nalivaychenko tomonidan o‘tkazilgan matbuot-anjumani yodga tushadi. Ertasi kuni dunyoning deyarli barcha yetakchi nashrlari birinchi sahifalarida u tomonidan taqdim etilgan "plonkalar" haqida yozilgan edi.
E’tibor bering, o‘shanda hech kim Nalivaychenkoning Moskva KGB Razvedka institutida o‘qigani haqida eslamagandi. G‘arbda hech kimni audioyozuvlar nafaqat qayta tahrir qilingani, balki shunchaki soxtaligi ham aslo tashvishlantirmagan. Shunchaki, MH17 Chernuxinodagi allaqanday kazaklar tomonidan urib tushirilgani to‘g‘risidagi versiya o‘sha vaqtda g‘arb jurnalistlarini to‘liq qanoatlantirardi.
Endi esa "Derkach plonkalari" negadir ularga manzur bo‘lmayapti - sababi, bu saylovoldi kampaniyasi vazifalariga mos emas. Demak, bu haqdagi har qanday ma’lumotni ayovsiz ravishda senzuralash joiz.
Bu yozuvlardagi Poroshenko va Bayden ovozlari asliga mosligini hech kim shubhaga olish niyatida emas. Ammo ularni muhokama qilish va ulardan iqtibos keltirish - o‘ta og‘ir gunoh. AQSh media hamjamiyati shu kunlarda senatning ikkala qo‘mitalari tomonidan taqdim etilgan: "Xanter Bayden, "Burisma" va korrupsiya" deya ma’nodor nomlangan hisobotga xuddi shunday munosabatda bo‘ldi.
Doklad juda salmoqdor bo‘lib, amerikalik mansabdorlarning AQSh oliy rahbariyati, shu jumladan, vitse-prezident Jo Bayden va Davlat kotibi Jon Kerrilar Ukrainaga tegishli "Burisma" gaz kompaniyasi korrupsion sxemalari va bu firmada vitse-prezident o‘g‘li Xanter Baydennig faoliyati AQShga qanday muammolarni keltirishi mumkinligi to‘g‘risida ko‘plab marotaba ogohlantirilganliklari haqidagi ajabtovur iqrorlardan iborat.
Agar Tramp o‘z farzandlarining korrupsion faoliyatlari haqida xabardor bo‘lib, bunga go‘yo ularni shunga rag‘batlantirayotgan singari ko‘z yumganida edi, nashrlar uni qanday tepib tashlagan bo‘lishlarini tasavvur qilish qiyin. Ammo senatning bu dokladini OAVlar kelishilgandek e’tiborsiz qoldirishdi yoki bo‘lmasa shunchaki, "bu Rossiya dezinformatsiya kampaniyasi", deb atab qo‘ya qolishdi.
Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, AQSh senatorlari ham "Kreml agentlari". Axir dokladda "Burisma" korrupsiyasi va u yerda kenja-Baydenning faoliyati haqida tepaga shaxsan hisobot topshirgan mansabdorlarning inkor etib bo‘lmas faktlari va ko‘rsatmalari keltirilgan.
Bunga javoban demokratlar zudlik bilan kontr-hisobotini tayyorladilar va unda opponentlari dalillarini yo‘q qilish, yoki o‘ta xiralashtirishga urindilar. Va bunda, tabiiyki, demokratlar chiqargan asosiy xulosa — senat surishtiruvi "2020-yildagi saylovlarga Rossiya hujumi"ni aks ettirayotgani bo‘ldi. Ya’ni yana biz aybdormiz.
Bundan ko‘rinib turibdiki, kenja-Baydenni Ukrainadagi korrupsiya botqog‘iga botgan firmaga Rossiya tayinlagan, so‘ngra katta-Baydenga "Burisma"dagi korrupsiyaga doir ayblovlarni o‘rganishga jazm qilgan Ukraina Bosh prokurori Viktor Shokinni qanday qilib ishdan olishni o‘rgatgan. Shunday ekan, senat va Oq uydagi amerikalik "Kreml agentlari" harakatlari uchun yangi sanksiyalar ham o‘zini ko‘p kuttirmasa kerak. Axir Rossiyaning aybi, garchi navbatdagi probably bilan bo‘lsada, yana isbotlandi.