"Bu haqiqatan ham qo‘rqinchli": ekspert MH17 falokatining yangi tafsilotlar haqida

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishKrushenie malayziyskogo Boeing na Ukraine
Krushenie malayziyskogo Boeing na Ukraine - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avstraliya MH17 halokati to‘g‘risidagi ishi bo‘yicha e’lon qilingan hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqladi.

Sputnik radiosida, yuridik fanlar nomzodi, siyosiy fanlar nomzodi, Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining dotsenti Kira Sazonova ushbu vaziyatga izoh berdi.

Eksperti iz Niderlandov i Malayzii posetili mesto krusheniya Boinga v Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Hech qanday "Buk" yo‘q, lekin asorati bor. MH17 ishida nima hisobga olinmagan?

Yaqinda Niderlandiyaning Bonanza Media platformasi tomonidan nashr qilingan Donbassda 2014-yilda Malayziyaning Boing halokati bilan bog‘liq ba’zi xujjatlar haqiqiydir. Bu haqda Avstraliya politsiyasi vakili RBKga xabar berdi.

Uning ta’kidlashicha, materiallar mahkama ruxsatisiz nashr qilingan.

Shu bilan birga, politsiya vaziyat tafsilotlarini izohlashdan bosh tortdi va Niderlandiyada 9-martda boshlanadigan sud jarayonini kutishga chaqirdi. Bonanza Media platformasi ilgari MH17 ishi bilan bog‘liq bir nechta hujjatlarni e’lon qilgan, ulardan ikkitasi Avstraliya huquq-tartibot idoralari bilan bog‘liq. Nashr qilingan materiallarning birida Niderlandiya razvedkasi halokat sodir bo‘lgan joy yaqinida biron bir “Buk” zenit-raketa komplekslarining joylashuvi to‘g‘risida ma’lumotga ega emasligini tan oladi.

Sputnik radiosida, yuridik fanlar nomzodi, siyosiy fanlar nomzodi, Rossiya prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasining dotsenti Kira Sazonova ushbu vaziyatga izoh berdi.

"Men o‘z xatolarini tan olishdan qo‘rqmaydigan va yaqinda MH17 fojeasiga munosabatini sezilarli darajada o‘zgartirgan Avstraliyaning pozitsiyasini qayd etmoqchiman. Agar 2018-yilda ular Niderlandiya pozitsiyasi bilan to‘liq birdam bo‘lib, birlashgan jabhada harakat qilishgan bo‘lsa, endi ular, menimcha, o‘z ritorikasi juda to‘g‘ri yo‘nalishga o‘zgartirdi. Ya’ni, ular allaqachon Rossiya Federatsiyasiga qarshi isbotlanmagan ayblovlarni to‘htatdilar, Rossiya fojia uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishi kerakligi haqida kamroq gapirishni boshladilar. Bu katta plyus", - deydi Kira Sazonova.

Kadri s mesta krusheniya ukrainskogo samolyota v Irane - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Eronga urib tushirilgan Boeing-737 uchun sudga berish bilan tahdid qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Niderlandiyada bo‘lajak sud ko‘p savollarni vujudga keltirmoqda. Xususan, ish uchun biriktirilgan tasdiqlanmagan ma’lumotlarning ko‘pligi tufayli. Va bu juda qo‘rqinchli, deydi mutaxassis.

"Men siyosiylashtirilgan sud deb atayotgan ushbu sudning qonunga mosligi menda katta savollar va shubhalarni tug‘diradi. Ikkinchi masala: meni yaqinlashib kelayotgan sud nuqtayi nazaridan chalkashtirayotgan narsa: fojiadan keyin salkam olti yil davomida, dalil sifatida ishlatiladigan juda katta xajmdagi hujjat bazasini tasniflash mumkin edi. Bu haqiqatan ham qo‘rqinchli. Aslida hujjatlarning ozgina foizining oshkora bo‘lishi, mening fikrimcha, bugungi kunda uning haqiqiyligini to‘g‘ri tekshirish va qolganlarining ham haqiqiyligini tekshirishga imkon bermaydi. Bularning barchasi Niderlandiyada mart oyida bo‘lib o‘tadiganlarning qonuniyligini shubha ostiga qo‘yadi", - deya yakunladi so‘zini Kira Sazonova.

Amsterdamdan Kuala-Lumpurga MH17 reysi bilan uchgan Malayziyaning Boing-777 samolyoti 2014-yil 17-iyul kuni Donesk yaqinida qulab tushdi. Bortda 298 kishi bo‘lgan, ularning barchasi haloq bo‘lgan. Qurbonlarning aksariyati Niderlandiya fuqarolari bo‘lgan.

Prezident Ukraini Vladimir Zelenskiy vo vremya rabochey poyezdki v Izrail - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina kabi ittifoqdosh bo‘lsa, hech qanday raqibning keragi yo‘q

Kiyev falokatda ko‘ngilli qo‘shinlarni aybladi. Ular esa bu balandlikda havo kemasini urish imkoniyatiga ega emasligini ma’lum qilishdi.

Tergovni Niderlandiya boshchiligidagi xalqaro guruh olib bormoqda. Uning hisobotida aytilishicha, Boingni zarb etgan “Buk” zenit-raketa kompleksi Rossiyadan keltirilgan bo‘lib, keyinchalik qaytarib olingan.

Moskva tergov noxolis olib borilayotganini va uning natijalari faqat Ukrainadan olingan ma’lumotlarga asoslanganini bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0