Lavrov ODKB nomidan BMT Bosh Assambleyasida chiqish qildi

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishGlava MID RF Sergey Lavrov
Glava MID RF Sergey Lavrov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF TIV rahbarining ta’kidlashicha hozirda, "qoidalarga asoslangan dunyo tartiboti" singari konsepsiya va standartlarni kuch bilan o‘tkazish, bir vaqtning o‘zida davlatlarning ichki ishlariga aralashishga urinish holatlari ko‘rinish bermoqda.

TOShKENT, 22 sen - Sputnik. Dunyo ajratuvchi chiziqlardan toliqdi, qurolli mojarolar, xalqaro jinoyatchilik va yangi chaqiriqlar har tomonlama ko‘mak va hamkorlikni kuchaytirishni talab qilmoqda, deb bayonot qildi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov BMT Bosh Assambleyasi oliy haftaligida KXShT (ODKB) nomidan qilgan videomurojaatida.

Generalnaya assambleya OON prinyala rezolyutsiyu, razrabotannuyu Uzbekistanom - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ishtirok etadi

"Bugun, taassufki, dunyoning turli mintaqalarida qurolli mojarolar avj olishda davom etmoqda. Unga: xalqaro terrorizm, narko- va kiberjinoyatchilik, iqlim o‘zgarishi kabi zamonamizning o‘tkir tahdidlari kelib qo‘shilmoqda. Joriy yilda bu ro‘yxat ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa sohalarda jiddiy inqiroz holatlarini keltirib chiqargan yana bir xavfli chaqiriq: koronavirus pandemiyasi bilan to‘ldirildi", - dedi Lavrov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, global muammolarga javob qaytarish yildan yilga, ayniqsa, hozirgi, dunyo hamjamiyatining bir-biriga nisbatan adovati o‘sib borayotgan bir sharoitda tobora murakkablashib bormoqda. Bunday holatlar ayrim davlatlarning boshqa davlatlar qonuniy manfaatlari bilan hisoblashishni istamasligi bilan bog‘liqdir, deb qayd etdi Lavrov.

Begun peresekayet ploshad pered Kapitoliyem SShA, proxodya mimo flagov, okrujayushix monument Vashingtonu v Vashingtone. - Sputnik O‘zbekiston
AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar uchun nishonlar ro‘yxati deyarli tugadi

Tashqi ishlar vaziri ta’kidlaganidek, "qoidalarga asoslangan dunyo tartiboti" singari konsepsiya va standartlarni kuch bilan o‘tkazish, bir vaqtning o‘zida davlatlarning ichki ishlariga aralashishga urinish, BMT Xavfsizlik Kengashi huquqlariga zid ravishda bir tomonlama sanksiyalar qo‘llash, murosasizlik va nafrat ko‘rinish bermoqda.

"Ammo tarixning tabiiy borishini sindirib bo‘lmaydi. Bugungi kunda xalqaro maydonda iqtisodiy taraqqiyotning yangi markazlari kuchaymoqda, qurolli mojarolarni faqatgina tinchlik vositalari bilan bartaraf etishga zarurat kuchaymoqda, o‘zaro bog‘liqlik o‘sib bormoqda. Dunyo ajratuvchi chiziqlardan, davlatlarni "o‘zimizniki" va "begonalarga" bo‘lishlardan charchadi, dunyo hartomonlama o‘zaro yordam va hamkorlikni oshirishni talab qilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, BMT tashkil topgan vaqtda, 75-yil oldin o‘rtaga tashlangan maqsadlar tobora ahamiyatliroq bo‘lib bormoqda2, - deb qayd etdi vazir.

Prezident RF V.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Aleksandr Bastrikin: neonatsizm va revanshizm hozircha, aftidan, Yevropani cho‘chitmayapti

Lavrov, shuningdek, tarixni qayta ko‘rib chiqib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabala hal etuvchi hissani qo‘shgan xalqlar rolini pasaytirishga bo‘layotgan urinishlarni bema’nilik, deya atadi. U tarix saboqlarini yodda saqlashga, xaloskor-jangchilar jasoratiga hurmat ko‘rsatishga, ularning sharafiga qad rostlangan yodgorliklarning butligini ta’minlashga chaqirdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy sharoitlarda BMT o‘z ustaviga qat’iy muvofiq ravishda ish olib boradigan samarali tuzilma bo‘lib qolishi kerak, BMT tizimi asosiy organlari mandatlarini xiralashtirib, ular vakolatlarini takrorlashlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak, bu faqat kerakli maqsadlarga erishishni kechiktiradi.

Boysi OMONa na aksii protesta storonnikov oppozitsii v Minske - Sputnik O‘zbekiston
"Oqibati yomon bo‘ladi": AQSh Rossiyani Belarusdagi voqealarga aralashmaslikka chaqirdi

Jahon hamjamiyatining asosiy vazifalaridan biri: mojarolarni xalqaro miqyosda tan olingan muzokaralar formatlari doirasida, xalqaro huquq normalari asosida faqat tinchlik, siyosiy va diplomatik vositalar bilan hal etish bo‘lib qolishi kerak, bunda terrorizmga va xalqaro uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirish so‘zsiz ustuvorlikni kasb etishi lozim, deya ta’kidlaydi Lavrov.

Shuningdek, global barqarorlikni saqlab qolish uchun qurol-yarog‘, qurolsizlanish va qurolni tarqatmaslik nazorati tizimini zaiflashtirishga urinishlarni cheklash dedi vazir.

Yangiliklar lentasi
0