TOShKENT, 10-avgust - Sputnik. Rossiyaga qarshi o‘ta ko‘p sanksiyalar joriy qilindi, shu sababli ular uchun yangi nishonlar deyarli qolmadi. Buni AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Robert O'Brayen CBS telekanaliga bergan interyusida tan oldi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning oldingi ma’muriyatlarining hech biri "hozirgisi kabi Rossiyaga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lmagan", chunki Trampning Oval kabinetda bo‘lgan davrida AQSh Rossiyaning yuzlab tashkilotlari va jismoniy shaxslariga cheklovlar joriy etdi.
"Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qo‘llashimiz mumkin bo‘lgan deyarli hech kim qolmadi ... Biz Rossiyaga qarshi o‘ta ko‘p sanksiyalar joriy etdik – alohida shaxslar, kompaniyalar, hukumat. Ruslarga (sanksiyalar joriy etishga imkoniyatlar) uncha qolmadi, ammo biz ularga signallar yuborishda davom etamiz", - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Amerika saylovlariga aralashish haqida gapirganda, O'Brayen, AQSh bir qator davlatlarning ularga ta’sir o‘tkazishga urinishlaridan xabardor ekanligini yana bir bor ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, agar Vashington chet eldan saylov jarayoniga yangi aralashuvlarni qayd etsa, hukumat "Xitoy, Rossiya yoki Eron bo‘lishidan qat’i nazar" eng qat’iy choralarni ko‘radi.
"Ularning rahbarlari prezident sifatida Trampnimi yoki Djo Baydenni afzal ko‘rishlaridan qat’i nazar, farqi yo‘q", - deya qo‘shimcha qildi AQSh prezidentining maslahatchisi.