Aleksandr Bastrikin: neonatsizm va revanshizm hozircha, aftidan, Yevropani cho‘chitmayapti

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle
Prezident RF V.Putin vruchil gosudarstvennie nagradi v Kremle - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sentabr oyida Rossiya Tergov qo‘mitasida natsizmni oqlash va tarixni soxtalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi tashkil etildi

Alohida bo‘linmaga nima sababdan ehtiyoj tug‘ildi, bu singari ishlarni taftish qilishning qiyin tomonlari nimada, tergovchilar qanday bilimlarga ega bo‘lishlari kerak va nega Rossiya chet eldagi harbiy sharaf ramzlari tahqirlanishiga munosabat bildirishga majburligi haqida Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin RIA Novostiga bergan intervyuda gapirib o‘tdi.

— Aleksandr Ivanovich, yaqinda Tergov qo‘mitasida natsizmni reabilitatsiya qilish va Vatan tarixini soxtalashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bilan shug‘ullanuvchi yangi bo‘linma tashkil etildi. Bu xabar OAV va ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in muhokamalarni yuzaga keltirdi. Aytingchi, bunday bo‘linmani tashkil etish zarurati nega yuzaga keldi?

— Barchaga ma’lumki, Nyurnberg harbiy tribunali hukmi Ikkinchi jahon urushi sabablariga baho berishda muhim bosqich bo‘lgan edi. Ikkinchi jahon urushini boshlashda va olib borishda javobgar bo‘lgan natsist jinoyatchilarining kirdikorlari jinoiy deb tan olinganini barcha yodda saqlamog‘i lozim. Shunga qaramay, bugun davom etayotgan axborot urushi sharoitida mamlakatimiz ichida kabi, chet elda ham natsizmni reabilitatsiya qilishga bo‘lgan urinishlar soni ortib bormoqda, shuningdek, biz fashizm ustidan qozonilgan g‘alabada bizning mamlakatimiz o‘ynagan rolga soxta baholar berilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Adolatni qayta tiklash maqsadida bu singari holatlarga qarshi kurash faoliyatini faollashtirish lozim. Shuningdek, jamiyatimizning Vatan himoyachilari xotirasiga hurmat bajo keltirish va tarixiy haqiqatni himoya qilishga bo‘lgan intilishi o‘zining qonuniy aksini topdi va endilikda Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasida mustahkamlab qo‘yilgan.

Prezident RF V. Putin na voyennom parade v chest 74-y godovshini Pobedi - Sputnik O‘zbekiston
Unutilgan o‘tmish saboqlari va uning og‘ir to‘lovi — Putin maqolasi

— Bu singari harakatlar hozir qanday jazolanmoqda?

— Rossiya Jinoyat kodeksining natsizmni reabilitatsiya qilish to‘g‘risidagi moddasi normalari (Rossiya JK 354.1-moddasi) hozirda natsizm ramzlar va fashizm mafkurasini tarqatishga urinmoqchi bo‘lganlarga nisbatan qo‘llanilmoqda. So‘nggi misollar sifatida "O‘lmas polk" onlayn aksiyasida sodir bo‘layotgan voqealarga munosabatimizdir: Rossiyaning bir qancha subyektlari aholisi internet-saytda natsistlar va Vatan xoinlari fotosuratlarini joylashgan. Jinoyat ishlarining bir qismi yakuniy bosqichda, ayrim figurantlar sudga tortilgan, ulardan biri, Permda yashovchi Daniil Simanov ustidan allaqachon sud hukmi o‘qildi va u 200 soatlik majburiy ishlarga jalb etilishi ko‘rinishidagi jazoni oldi. Sud tomonidan tayinlangan jazo jinoyatning ijtimoiy xavfliligiga to‘liq javob beradi, deb hisoblayman, Simanovga nisbatan e’lon qilingan hukm ham shundan dalolat beradi. Shu sababli, jinoyat qonunining ushbu normasini jazolash instrumenti sifatida qo‘llanilayotgani to‘g‘risidagi ayrim luqmalar va konslagerlar bilan bog‘lab unchalik tushunarli bo‘lmagan chiziqlarni o‘tkazilishi faqatgina taajjubni keltirib chiqarmoqda.

Aksiya Bessmertniy polk v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
"O‘lmas polk" yurishiga natsistlar suratini yuborgan fitnachilar aniqlandi

— Bunday tergov ishlarining qiyin tomonlari nimada?

— Bir qarashda jinoyatning bu tarkibida hammasi ravshan va oddiydek. Ammo bu unday emas, bu oddiylikning ham o‘ziga xos xususiyati bor. Jinoyat sodir etish holatlarini aniqlashda shunchaki u yoki bu gapning tarixiy voqealarga mos kelmasligi faktini aniqlashdan iborat emas. Ma’no aynan shaxs noqonuniy hatti-harakatlarining motivi va maqsadini aniqlashdir, va bu harakatlar SSSR faoliyati haqida qasddan yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishda o‘z ifodasini topadi.

Uzniki konsentratsionnogo lagerya Osvensim - Sputnik O‘zbekiston
RF ShHT davlatlariga natsizm ustidan qozonilgan g‘alaba maqomi to‘g‘risida taklif kiritmoqchi

Shu nuqtayi-nazardan, natsizmni reabilitatsiya qilish to‘g‘risidagi modda bo‘yicha dastlabki tergovning ba’zi xususiyatlari, uning o‘ziga xosligi, shuningdek, orttirilgan tergov tajribasi Tergov qo‘mitasi tuzilmasida alohida bo‘linma tarkib topishiga olib keldi.

Ammo, alohida tergov qilinadigan faktlar ham ko‘nikma hamda bilim o‘zaro uyg‘unligini talab etadi. Axir bu muammoning ahamiyati, bu qanchalik qayg‘uli bo‘lmasin, o‘sish tendensiyasiga ega.

— Lekin tarixning chuqur tahlilini talab qiluvchi boshqa bundanda murakkabroq jinoyatlar bo‘lishi mumkin-ku. Xodimlaringiz bunday holatlarni ham tergov qila oladimi?

— Yangi bo‘linma tarkibiga bu singari jinoyatlarni tergov qilishda tajribaga ega Tergov qo‘mitasi tergovchilari kiritiladi. Bu xodimlar, o‘z navbatida, nafaqat yurisprudensiya, xalqaro huquq, balki tarix bo‘yicha ham keng bilimlarga egalar. Ular natsiyatlar jinoyatlari haqidagi ishlarni tekshirish davomida urush va urushdan keyingi davrdagi ko‘plab miqdordagi arxiv materiallarini tahlil qilganlar, zarurat tug‘ilganida olimlarni hamkorlikka chorlaganlar.

Reyxstag ustida g‘alaba bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
SSSRning natsizm ustidan qozongan g‘alabasidan AQSh va Yevropaliklarning xabari yo‘q

Bundan tashqari, bunday ishlar bo‘yicha biz tomonimizdan zarur sud ekspertizalarini, jumladan, tarixiy ekspertizalarni o‘tkazish ta’minlanadi. Dunyo miqyosida o‘rnatilgan va tan olingan tarixiy faktlarning leksik konstruksiyalariga baho berishga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu ishning butun hajmi jinoyatni malakalash belgilarini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, ularsiz jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas. Tergovchi, shu jumladan, Nyurnberg harbiy tribunali qaroriga asoslangan xalqaro huquqning amalda mavjud normalariga tayanadi. Va albatta, bu yo‘nalishdagi ishlar, fuqarolar tomonidan amalga oshiriladigan ilmiy-tarixiy faoliyatga o‘z ta’sirini o‘tkazishi mumkin emas. Natsistlarni qahramonlashtirish, ularning insoniyatga qarshi jinoyatlarini oqlash, xalqimiz xotirasini tahqirlash bu boshqa, bu uchun jinoiy javobgarlik bor, buni puxta ilmiy faoliyat bilan taqqoslab bo‘lmaydi. Yangi bo‘linma jinoyatlarni bevosita tergov qilishdan tashqari muvofiqlashtirish markazi rolini bajaradi, u mintaqaviy tergov organlariga jinoiy ishlarni tekshirishda uslubiy-tahliliy yordam ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, ushbu faoliyat yo‘nalishida tergovchilarning mavjud tajribasi umumlashtiriladi va bunday faktlarni baholashda birlashtirilgan huquqiy yondashuv ta’minlanadi. Shuni ta’kidlashni istardimki, ishning bu yo‘nalishi bilan bir qatorda bizning boshqa jinoyatlarni tergov qilish bilan bog‘liq ustuvor vazifalarimiz doimo diqqat markazda bo‘lib qolmoqda.

— Boshqa mamlakatlarda bu singari jinoyatlar yoki natsistlar mafkurasini tarqatish bilan bog‘liq jinoyatlar uchun jinoiy ta’qib bormi?

— GFR Jinoyat kodeksida aksil-konstitutsiyaviy tashkilotlarning targ‘ibot materiallarini tarqatganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan, "mazmuni milliy sotsializm mafkurasi bilan bog‘liq bo‘lgan" materiallarni tarqatganlik uchun malakalash belgisiga ko‘ra kuchaytirilgan javobgarlik belgilanadi. Isroilda xolokostni rad etganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Belarus Respublikasida ham natsizm reabilitatsiyasi uchun jinoiy javobgarlik bor. Aytgancha, hozirda GFR yerlar adliya boshqarmasi Markaziy idorasi bilan Lyudvigsburgdagi natsional-sotsializm jinoyatlarini tergov qilish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqdamiz.

Bivshiy natsistskiy konslager Aushvis-Birkenau v Osvensime. - Sputnik O‘zbekiston
Siyosatchilar unutgan xolokostning asosiy darsi

Shu bilan birga, biz Litva, Latviya va Estoniyada faoliyati Nyurnberg tribunali tomonidan jinoiy deb topilgan SS bo‘linmalari sobiq harbiy xizmatchilari tashkilotlari qay tarzda rag‘batlantirilayotganini ko‘rapmiz. Ukrainada o‘quvchilarni tinch aholining ommaviy qatl etilishiga aloqador bo‘lgan natsistlar qabriga gulchambarlar qo‘yishga olib borishadi, gitler Germaniyasi bilan hamkorlik qilganlar qahramonlar sifatida ko‘rsatilmoqda. Yevropada revanshistlar va neonatsistlar bosh ko‘tarmoqda, jumladan, ular Avstriya, Italiya, Ispaniyada faollashmoqda. Hozircha bu singari holatlar, chamasi, bu davlatlar rahbariyatini cho‘chitmayapti, ammo kelgusida ular jamoatchilik ongiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

— Chet eldagi voqealar qaysidir ma’noda Rossiyaga tegadimi?

— Natsizmni reabilitatsiya qilish va Rossiyaning harbiy shon-sharafi ramzlarini tahqirlashga urinishlar chet ellarda qayd etilmoqda. Amaldagi jinoiy qonunchilik bizni bu singari jinoyatlarga munosabat bildirishga majbur etadi. Tergov qo‘mitasi tomonidan Ukraina milliy xotira instituti raisi Vladimir Vatrovichga nisbatan ochilgan jinoiy ish bo‘yicha tekshiruvlar davom etmoqda - u Xalqaro harbiy tribunalning "o‘q mamlakatlar" asosiy harbiy jinoyatchilarini sud qilish va jazolash to‘g‘risidagi hukmida belgilangan faktlarni muntazam ravishda rad etishda ayblanadi, Latviya Respublikasi fuqarosi, "SS Latviya legioni" veterani Visvaldis Latsisga nisbatan dastlabki tergov olib borilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 2017-yilning noyabrida Rigada uning muallifligi ostida "Latviya legioni haqiqat nuri shu’lasida" kitobi chop etilgan bo‘lib, matnda u "SS Latviya legioni" politsiya bataloni tomonidan tinch aholiga qarshi amalga oshirilgan harbiy jinoyatlarni ma’qullagan. 2020-yilning aprelida Latsis vafot etdi, ammo figurantning vafoti munosabati bilan jinoiy ishning to‘xtatishga faqatgina uning yaqin qarindoshlari roziligi mavjud bo‘lganidagina yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni uni oqlamaydigan asoslar bo‘yicha. Shu bois, jinoiy ish bo‘yicha tekshiruv davom ettirilmoqda.

Vodrujenie znamen Krasnoy armii nad Reyxstagom dostupno v formate VR-rekonstruksii   - Sputnik O‘zbekiston
Har o‘ninchi amerikalik Ikkinchi Jahon urushida AQSh Rossiyaga qarshi urush qilgan deb hisoblaydi

Joriy yil Chexiya Respublikasida Rossiyaning harbiy shon-sharafining ramzi bo‘lgan Sovet Ittifoqi marshali Ivan Konev yodgorligi buzilishi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi va tergov qilinmoqda.

Yaqinda Litva Respublikasining Jejmaray shahrida qizil askarlar birodarlar qabristoni yaqinida joylashgan, shaharni ozod qilishda halok bo‘lgan Qizil Armiya askarlari yodgorligi tahqirlanishi bo‘yicha yana bir holat qayd etildi. Shubhasizki, ushbu holatlar Rossiya TQ tergovchilari uchun munosabat bildirishga asos bo‘ldi - ayni vaqtda ushbu holat yuzasidan protsessual tekshiruv o‘tkazilmoqda.

— Pirovardida nimaga erishmoqchisizlar?

— Bizning vazifamiz — tirik va jon fido qilgan xaloskor-jangchilar, tinch aholi, natsistlar qurbonlarining ezgu nomini himoyalash. Urush saboqlarini yodga olish va bilish - ayni hozir fojialar va xatolarning oldini olish imkoniga ega bo‘lish demak. Shularni hisobga olgan holda biz tomonimizdan yaqinda Tergov qo‘mitasining qidiruv va arxiv ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha shtabi tashkil etildi, uning tarkibiga hududlarida "Muddati yo‘q" loyihasi bo‘yicha arxiv, tarix-razvedka va  qidiruv ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan boshqa idoralar va jamoat tashkilotlari vakillari, Rossiya Tergov qo‘mitasi markaziy apparati va tergov organlari bo‘linmalari rahbarlari va xodimlari kiradi.

Aksiya Svecha pamati v memorialnom komplekse Bratskie mogili v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Yodda tutmoq uchun: Toshkentda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga sham yoqildi

Urush ochishda mas’uliyatni natsist jinoyatchilari va antigitler koalitsiyasi davlatlari zimmasiga birdek ag‘darish, Natsist jinoyatchilari va ularning sheriklarini oqlashga urinish - bu shunchaki tarixni soxtalashtirish, deb bo‘lmaydi. Bu harakatlar g‘ayriqonuniy va bir vaqtning o‘zida axloq chegaralaridan chiqqan, bu dunyoni bir qarashda ayon bo‘lgan va yuridik jihatdan o‘z isbotini topgan yovuzlikdan xalos etganlar xotirasini tahqirlashdir. Aynan shu uchun ham bix tarixiy haqiqatni buzib ko‘rsatilishiga, xususan, jinoiy-huquqiy choralar bilan ham qarshilik ko‘rsatishimiz shart.

Yangiliklar lentasi
0