TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Agar Moskva Belarusdagi vaziyatga kuch bilan aralashsa, Rossiya va AQSh munosabatlari yomonlashadi, deb bayonot qildi Davlat kotibining Yevropa va Yevroosiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Jorj Kent.
"Vashington, Moskva va Venada o‘tkazilgan muzokaralar vaqtida o‘z pozitsiyamizni Rossiya tomoniga yetkazdik. Agar ular Amerika - Rossiya munosabatlari oxirgi to‘rt yil davomida murakkab kechgan bo‘lsa, bundan keyin yanada yomonlashadi", - deya tushuntirdi diplomat.
Kent, Belarusda yuzaga kelgan holat - "bu Sharq va G‘arb yoki AQSh va Rossiya o‘rtasidagi geosiyosiy musobaqa emasligini", balki respublika hukumati va fuqarolar hal etishi lozim bo‘lgan muammo ekanligini qo‘shimcha qildi. Siyosatchiga ko‘ra, Belarus uchun bu sharoitda faqatgina YeXHT (Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotigina) "tabiiy vositachi" bo‘lishi mumkin.
Ilgariroq OAVlar, agar Moskva Belarusdagi voqealarga aralashish maqsadida kuch ishlatsa, AQSh Rossiyaga qarshi qo‘shimcha sanksiyalar kiritishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.
Belarusdagi vaziyat
Belarusdagi ommaviy protestlar 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi, deya hisoblaydi. Tixanovskayaning o‘zi mamlakatni tark etishga qaror qildi va Litvaga yo‘l oldi.
Aksiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.
Rasmiy ma’lumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi qurbon bo‘lgan.