AQSh super quroli o‘z aholisiga qarshi qo‘llanildi: natija?

© REUTERS / Leah MillisPrezident SShA Donald Tramp
Prezident SShA Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQShda ommaviy media yordamida real hayotni o‘zgartirishga qilinayotgan urinishlar aksil natija bermoqda: saylovchilar demokratlardan tobora bezib, Tramp tomoniga o‘tmoqda.

Ayni damda AQShda oldin hech qachon bo‘lmagan eksperiment amalga oshirilmoqda. Unda AQSh saylovchilari tajriba quyonchalari sifatida ishtirok etmoqda.

Tajriba shundan iborat-ki: saylovchilarga ayni damda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealarning 2xil siyosiy tavsifi berilmoqda. Birinchi, meynstrim jurnalistlari, Gollivud hamda NBA yulduzlari va Demokratik partiya siyosatchilariga ko‘ra – AQShda politsiya zo‘ravonligiga, irqchilik va teng huquqlilikni talab qiluvchi tinch namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov vo vremya aksii protesta v Minske - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Yevropa mamlakatlari Belarus bo‘yicha qo‘shma bayonot matnini e’lon qilishdi

Haqiqatda esa, OAV va millioner-basketbolchilarga ishonmaydigan amerikaliklar ko‘z oldida – AQShda hozir barchaning ko‘z oldidan ommaviy tartibsizliklar yuz bermoqda. Unda “haqiqat va teng huquqlilikni talab qilayotganlar” magazinlarni yoqib yubormoqda, ko‘chada yurgan fuqarolarni do‘pposlamoqda. Demokratik partiya vakillari bo‘lgan mer va gubernatorlar politsiyadan aralashishni so‘rashmoqda.

Bo‘layotgan voqealar va ular haqidagi xabarlarni CNN telekanalining sujetlaridan birida shunday ko‘rsatildi: yonayotgan bino  aks etgan video ostida “Qaynoq, lekin umuman olganda tinch namoyish” degan yozuv bilan izoh berilgan edi.

Ushbu vaziyatda demokratik partiyasi mantiqi shundan iborat-ki, politsiyadan ushbu namoyishchilarni to‘xtatishda aralashishni talab qilish noto‘g‘ri, chunki “tinch namoyishchilar” – Dempartiyaning siyosiy aktivlaridan biridir. Ikkinchidan, norzilik namoyishlari, kelajakda qo‘rquv ostida saylovchilarni Tramp uchun ovoz berishdan voz kechishiga olib kelishi kerak.

Press-podxod D. Trampa pered otletom v Detroyt - Sputnik O‘zbekiston
AQShdagi tartibsizliklarni faqat kuch ishlatish bilan to‘xtatish mumkin - Tramp

Uchinchidan, Demokratik partiyaning OAVda juda faol bo‘lgan radikal qanoti Tramp va politsiyachilarni doimiy irqchilikda ayblashmoqda. Shu sababli ham politsiyani qo‘llab quvvatlash mumkin emas, aks holda mahalliy politsiya budjetini qisqartirgan mer va gubernatorlar noqulay vaziyatda qoladi.

Qolaversa Bayden shtabi nazorati ostida Yer sharining eng kuchli media mashinasi ishlamoqda. Aynan ana shular bir necha yil oldin Kiyevdagi qurollangan neonatsistlarni “tinch namoyishchilar”  deb atagan edi. Ushbu media mashina shu vaqtga qadar dunyoning turli burchaklarida yaxshi ishlashini ko‘rsatgan edi. Endi esa o‘z ona yerida ishlamoqda.

Kichik magazinlar, pissaxona va AYoQShlar hamda ularning oddiy ishchilariga nisbatan amalga oshirilayotgan zo‘ravonliklar mahalliy hukumat va eng yuqori doiralarda  “tinch namoyishlar” deb atalishini faqat shunday tushunish mumkin. Nomzod Baydenning tarafdorlari televizor va ijtimoiy tarmoqlarni kim nazorat qilsa – real hayot va sog‘lom fikrni o‘zlari istagandek talqin qilishlari mumkin deb o‘ylashmoqda.

Mening ushbu fikrlarim surbetlikdek tuyulishi mumkin, ayniqsa “Rossiya propagandasi” tomonidan aytilayotganini hisobga olganda, lekin ayrim amerikalik jurnalistlar ham xuddi shunday fikrda.

Brifing prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQSh va Xitoy iqtisodiyotini "ajratib yuborish"ni istisno qilmadi

Ayni damda demokratik liderlar Kenoshi shahri (tartibsizliklar dastlab boshlangan) meridan boshlab prezident nomzodiga qadar, yuz berayotgan zo‘ravonliklar miqyosini kamaytiribroq ko‘rstishga, yoki uni sezmay qolishga harakat qilishmoqda.Ular, shuningdek, tartibsizliklar o‘z-o‘zidan to‘xtashiga ishonch bildirmoqdalar.

Demokratik partiya va Amerikaning boshqa ayrim yuqori doiralari Trampga ovoz bermoqchi bo‘lgan saylovchilarni o‘zlarining Ukrainada sinovdan o‘tgan “O‘ng qanot”* (Rossiyada ta’qiqilangan ekstremistik tashkilot) va boshqa ayrim metodlari bilan qo‘rqitib olishga umid qilishgandi. Lekin hozir ularda muammo paydo bo‘ldi. Media reallikni hayotiy haqiqatdan ustun ko‘rsatish tajribasi muvaffaqiyatsizlikka uchradi.

Djo Baydenga yaqin bo‘lgan Axios portali xabariga ko‘ra, hozir Amerika shaharlarida sodir bo‘layotgan talonchilik va zo‘ravonliklar Trampga yordam berishi mumkin. Turli shtatlarda o‘tkazilgan so‘rovlar uning tarafdorlari ko‘payayotganini yaqqol namoyish qilmoqda.

Predvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami - Sputnik O‘zbekiston
Tramp Oq uy oldidagi otishma sabab matbuot anjumanini tark etdi – video

2016 yilda Xillari G‘alabasini bashorat qilgan meynstrim prognozlar va matematik modellar, hozir bir ovozdan Djo Bayden g‘alabasini bashorat qilishmoqda. Jamiyatni kuch bilan qo‘rqitish hamda media yordamida manipulyatsiya qilish demokraratik partiya uchun navbatdagi yoqimsiz surpriz bo‘lishin.

Balkim oyog‘i yerdan uzilgan jurnalistlar va ekrspertlar uchun yoqib yuborilgan oilaviy kafe – bu Tramp uchun qilingan kuchli reklama ekanligini tushunish shunchalik qiyindir. Yoki namoyishchilar ataylab etnik kamchilikka tegishli bo‘lgan bizneslarni yo‘q qilayotganida esa, ularning irqchilikka qarshi va teng huquqlar uchun kurashayotganiga ishontirish juda qiyin,buning uchun CNN va NBA birgalikda harakat qilsa ham.

Minneapolisda yo‘q qilingan Vyetnam taomlari restorani  egasi Yum Nguyen jurnalistlarga shunday dedi:

“Maroderlar bizning oilaviy restoranni vayron qilayotganini ko‘rib turish – juda ham yurakni ezib yuboradi. Yana ular buni kulib va istehzo bilan qilishmoqda. Rostini aytsam, bugun men bir odamni otib tashlashimga sal qoldi. U bizning oilaviy fotosuratga mana bu toshni otib mening yuzimga tikilib qaradi. Mening ko‘zimdan yosh oqib chiqdi. Men bunga ortiq chiday olmayman...”

Ikonka prilojeniya Twitter - Sputnik O‘zbekiston
Twitter Tramp kampaniyasi akkauntini vaqtincha blokladi

Demokratik siyosatchilar boshqaradigan Minneapolisda bosqinchini otib tashlash – bu hech qanday odil sudsiz o‘zini qamoqqa tiqish degani. Buni yo‘q qilingan Vyetnam restorani egasi ham yaxshi tushunadi.

Lekin bir narsa shubhasiz-ki, har safar ana shunday voqea sodir bo‘lganda, amerkia jamiyatining bir burchagida, hech bo‘lmasa Tramp uchun ovoz berish istagi paydo bo‘ladi. Agar bu yetarli bo‘lmasa – qo‘lda qurol bilan Vashington ko‘chalarida o‘z huquqlarini himoya qilish istagi paydo bo‘ladi.

Bularning barchasi ikkita muhim xulosa chiqarish kerak.

Birinchisi: ommaviy medianing qo‘llidan hamma ish kelmaydi va media propagandasini hayot globusiga hadeb “kiydiraverish”  oxir oqibat hayotning o‘zgarishiga emas, balkim media bo‘lgan ishonchning tilka pora bo‘lishiga olib keladi.

Ikkinchisi va muhimrog‘i: agar amerika elitasi o‘zaro munosabatlarni qo‘lda qurol, talonchilik va oddiy fuqarolarni terror qilish bilan hal qilayotgan bo‘lsa, oldimizda dunyo gegemoni emas, balkim oddiy “bantustan”. (Bantustan – Afrika qit’asida tashkil etilgan nomiga mustaqil lekin aslida JARga qaram bo‘lgan davlatlari). Afsuski bugun ushbu davlat qo‘lida yadroviy qurol hamda dunyo moliya tizimining muhim elementlari nazorati bor.

Ushbu nuqta nazardan qarganda AQSh qolgan dunyo uchun qanchalik katta xavf solayotganini ko‘rish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0