TOShKENT, 31 avg - Sputnik. AQShning demokratlar tomonidan boshqaralayotgan shaharlarda zo‘ravonlikni to‘xtatishning yagona yo‘li bu kuch ishlatishdir. Bunday fikrni AQSh prezidenti Donald Tramp tvitterda bildirdi.
"Demokratlar tomonidan boshqariladigan, jinoyatchilik darajasi yuqori shaharlarda zo‘ravonlikni to‘xtatishning yagona yo‘li - bu kuch ishlatishdir!" - deb yozdi Amerika yetakchisi.
Oldinroq Tramp Amerikaning Portlend shahridagi tartibchizliklar fonida shahar meri Ted Uilerni namoyishchilarning harakatlarini qoralab, shaharga Milliy gvardiyani kiritishga chaqirdi.
Portlendda norozilik va tartibsizliklar uch oydan beri davom etmoqda. Vaqti-vaqti bilan politsiya sodir bo‘layotganlarni ison deb nomlab hibsga olishlarni amalga oshirmoqda. Portlend va AQShning boshqa bir qator shaharlaridagi tartibsizliklar Minneapolisda afroamerikalik Djorj Floyd politsiya xodimlari tomonidan o‘ldirilganidan keyin boshlandi.
AQShda 3-noyabr kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Tramp va vitse-prezident Mayk Pens demokratlar nomzodi Djo Bayden va vitse-prezidentlikka da’vogar Kamala Xarris bilan to‘qnash kelishadi.