AQSh va Yevropa mamlakatlari Belarus bo‘yicha qo‘shma bayonot matnini e’lon qilishdi

© Sputnik / Iliya Pitalev / Mediabankka o‘tishSotrudniki pravooxranitelnix organov vo vremya aksii protesta v Minske
Sotrudniki pravooxranitelnix organov vo vremya aksii protesta v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Qo‘rqitishni va siyosiy motivlar bilan ta’qib qilishni to‘xtatish zarur", - deyiladi qo‘shma bayonot matnida. Hujjat Minskdagi Yevropa ittifoqi vakolatxonasi saytida e’lon qilingan.

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. Yevropa Ittifoqi, AQSh, Buyuk Britaniya va Shveysariya diplomatik vakillari o‘zlarining qo‘shma bayonotlarida Belarus hukumati noroziliklar ishtirokchilarini qo‘rqitishni, zo‘ravonlikni, va ularni siyosiy motivlar bilan ta’qib qilishni bas qilishga chaqirdi.

Miting v podderjku deystvuyushego prezidenta Belorussii A. Lukashenko v Minske - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko bayonoti: ODKB, jangarilar va rangli inqiloblar haqida

Diplomatlar "kuchlar noproporsional qo‘llanilayotgani" haqida ta’kidlab, Belarus hukumatini "o‘z fuqarolariga qarshi zo‘ravonlik va harbiy kuchni ishlatishni to‘xtatishga, shuningdek, adolatsiz tarzda hibsga olingan barcha odamlarni zudlik bilan va hech qanday shartlarsiz ozod qilishga" chaqirdilar.

"Qo‘rqitishni va siyosiy motivlar bilan ta’qib qilishni to‘xtatish zarur", - deyiladi qo‘shma bayonot matnida. Hujjat Minskdagi Yevropa ittifoqi vakolatxonasi saytida e’lon qilingan.

Bayonot mualliflari "insonlarning asosiy huquqlari va erkinliklariga amal qilinishini" talab qilayotgan Belarus aholisi bilan birdam ekanliklarini ta’kidlab o‘tganlar. G‘arb davlatlari diplomatik vakillari huquqni muhofaza qilish xodimlari tomonidan kuchlarning noproporsional qo‘llanilgani va "jiddiy jarohatlar yetkazilgani borasida ko‘plab dalillar mavjudligi" hamda qo‘pol munosabatlar haqida bayonot berishgan.

Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin Belarusdagi prezident saylovlarini qonuniy deb tan oldi

"Biz Belarus hukumatini inson huquqlari va asosiy demokratik erkinliklarga amal qilish bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarishga chaqiramiz. Biz aybdorlarni javobgarlikka tortish maqsadida barcha taxminiy jinoyatlar va suiiste’mollar to‘g‘risida surishtiruvlar to‘laligicha va shaffof o‘tkazilishini kutmoqdamiz. Faqat shu orqali milliy ochiq muloqot asosida inqirozni tinch yo‘l bilan hal etish imkoniyatini yaratishi mumkin", - deyiladi matnda.

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ilgariroq, mamlakatdagi ko‘cha protestlari chet eldan, xususan, Polshadan boshqarilayotgani haqida bayonot qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, "beqaror qo‘shnilar" nafaqat mamlakatdagi takroriy saylovlar haqida ochiqcha gapirmoqda, balki mamlakat ichki ishlariga aralashishga va unga bosim o‘tkazishga harakat qilmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yevropaliklar va amerikaliklarga qaraganda Rossiya Belarusdagi voqealarga nisbatan o‘zini ancha bosiq va betaraf tutayotganini ta’kidlagan edi. Rossiya Belarusdagi barcha muammolar tinch yo‘l bilan hal qilinadi degan fikrdan kelib chiqadi, dedi prezident.

Prezident RF V.Putin provel rossiysko-belorusskie peregovori - Sputnik O‘zbekiston
Putin saylovdan bir kun oldin Lukashenkoga qo‘ng‘iroq qildi

Belarusdagi ommaviy protestlar 9-avgust kuni, prezident saylovlarida oltinchi marotaba Lukashenko g‘alaba qozongach boshlangan edi. MSK ma’lumotlariga ko‘ra, u 80,1 foiz ovoz olgan. Oppozitsiya saylovlarda Svetlana Tixanovskaya g‘alaba qozondi, deya hisoblaydi. Aksiyaning ilk kunlarida kuch tuzilmasi xodimlari protest qatnashchilariga nisbatan ko‘z yosh chiqaruvchi gaz, vodomet, shovqin granatalari, rezina o‘qlarni ishlatishgan. So‘ngra, huquq tartibot organlari mitinglarni tarqatishni va kuch metodlaridan foydalanishni to‘xtatishdi.

Rasmiy ma’lumotlarga, ilk kunlarda 6,7 mingdan ziyod qo‘lga olingan. IIV xabariga ko‘ra, tartibsizliklar davomida yuzlab odamlar jabrlangan, jumladan, 120dan ortiq kuch xodimlari ham. Belarus hukumati ma’lumotiga ko‘ra, uch kishi qurbon bo‘lgan.

Yangiliklar lentasi
0