Tramp AQSh va Xitoy iqtisodiyotini "ajratib yuborish"ni istisno qilmadi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishBrifing prezidenta SShA Donalda Trampa
Brifing prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida, prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, AQSh va Xitoyning iqtisodiyotini "ajratib yuborishi" mumkinligini aytdi.

TOShKENT, 24 avg - Sputnik. AQSh Prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida, prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, AQSh va Xitoyning iqtisodiyotini "ajratib yuborishi" mumkinligini aytdi.

Jurnalist Amerika yetakchisidan, agar u saylovlarda g‘olib bo‘lsa, XXRga nisbatan qanday siyosat olib borilishini so‘radi. Tramp, bugungi kunga qadar AQSh "Xitoydan hech narsa olmaganini, faqat pullarni behuda yo‘qotganini" aytdi.

"Siz mendan (AQSh va Xitoy iqtisodlarini) ajratishga va Xitoy bilan biznes yuritishni to‘htatishga tayyorligimni so‘rayapsizmi? Bu juda qiziq savol. ... Ular bizga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lishmoqda. Men bu haqda o‘ylab ko‘raman", - dedi AQSh prezidenti.

AQSh va Xitoy o‘rtasidagi iqtisodiy masalalar bo‘yicha ziddiyatlar o‘tgan yildan "savdo urushi" rivojlanishi bilan faol ravishda davom etib kelmoqda.

AQSh va Xitoy savdo bitimining birinchi qismi bo‘lgan vaqtincha ikki yillik savdo bitimini imzoladilar. Unda XXR AQShdan sotib olinadigan tovarlar hajmi yana 200 milliard dollarga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, Xitoyning umumiy qiymati 250 milliard dollarlik tovarlariga 25 foizlik belgilangan bojlar o‘z kuchini yo‘qotmadi.

Avvalroq Sputnik radiosi Tramp Xitoy bilan savdo bitimini bekor qilish haqidagi ma’lumotni rad etgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0