O‘zbekiston bo‘ylab maktablar ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda: tafsilotlar

© Sputnik / Yevgeniy Yepanchinsev / Mediabankka o‘tishPustoy klass v shkole
Pustoy klass v shkole - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda davlat maktablari o‘z faoliyatini 14-sentabrdan boshlaydi. O‘tkazilgan maxsus so‘rovnoma natijasi ota-onalarning 76 foizi ta’lim maktabga qatnagan holda, ya’ni an’anaviy shaklda olib borilishi tarafdori ekanliklarini bildirganlar

TOShKENT, 29 avg - Sputnik. O‘zbekiston maktablarida yangi o‘quv yili 14-sentabrdan boshlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarida o‘quv yili qanday boshlanadi - vazir Shermatov bilan intervyu

So‘rovnoma natijalari

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maktablarni ochish borasida alohida so‘rovnoma e’lon qilingan edi. So‘rovda 5 million 500 ming nafar ota-ona ishtirok etgan. Ularning 76 foizi ta’lim jarayonini maktabga qatnagan holda, ya’ni an’anaviy shaklda olib borish tarafdori ekanliklarini bildirganlar, qolgan 24 foizi esa masofaviy shaklda – teledarslar orqali davom ettirishni ma’qul ko‘rishgan.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya davrida maktablarga qo‘yiladigan sanitariya talablari e’lon qilindi

Shundan kelib chiqqan holda, maktablarda ta’lim an’anaviy, shu bilan birga masofaviy shaklda yo‘lga qo‘yilishi belgilandi.

Harakatlar sxemasi

Ayni vaqtda harakatlar sxemasini ishlab chiqib, tajribadan o‘tkazish bo‘yicha topshiriq berilgan. Tajriba asosida o‘quvchilarni maktabda kim kutib olishi, qaysi sinf qaysi eshikdan kirishi, sinfxonalarning havosi qachon almashtirilishi kabi har bir qadam aniq belgilab olinadi.

Pandemiya davrida maktab direktori, sinf rahbari va ota-ona o‘rtasidagi muloqotni har qachongidan ham kuchaytirish maqsadida uydan ta’lim oladigan o‘quvchilarning o‘zlashtirishini kundalik monitoring qilib boriladi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
Pandemiya va aholi daromadi - viloyatlar kesimida

Eslatib o‘tamiz, pandemiya davrida maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish - qabul qilinishi juda qiyin bo‘lgan masalalardan biridir. Shu kunlarda Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesus dunyoda koronavirus kasalligi yana ikki yilgacha davom etishi mumkinligini bildirdi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterrish pandemiya sababli ko‘p davlatlarda to‘xtab qolgan ta’lim jarayoni oqibatlari kelgusida dunyo hamjamiyati uchun o‘ta og‘ir bo‘lishi mumkinligini aytdi. Bu degani "barchamiz pandemiya sharoitida koronavirus bilan yashash, ishlash va farzandlarimizni o‘qitishga tayyor bo‘lishimiz kerak".

Birlamchi vositalar bilan hokimliklar ta’minlaydi

Ayni vaqtda tuman va shahar hokimlari, sektor rahbarlariga maktablarni sanitar talablarga muvofiq, birlamchi vositalar bilan to‘liq ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Sanitariya xizmati markazlari 5-sentabrga qadar o‘z hududidagi maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik holatini o‘rganib, jamoaga qo‘shimcha o‘quv-treninglar o‘tadi. Bundan maqsad – maktablarga amaliy yordam ko‘rsatib, ota-onalarning ko‘nglini xotirjam qilishdir.

Mahalliy xalq deputatlari kengashlari o‘z tumanidagi epidemiologik sharoitdan kelib chiqib, maktablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli qaror qabul qiladi.

"Maktab" tarif rejasi va internet masalasi

Videodarslarni sifatli tayyorlash, bu jarayonga davlat va nodavlat telekanallarini faol jalb etish, 3 ta telekanalda doimiy efirga uzatib borish zarurligi qayd etildi.

Setevoe oborudovanie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston internet tezligi bo‘yicha dunyo reytingida yana yuqoriladi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga joylarda raqamli televidenie signali va internet tezligini ta’minlash, chekka hududlardagi kommunikatsiya tizimlarini to‘liq testdan o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi. O‘quvchilar uchun internetdan foydalanishda imtiyozli "Maktab" tarif rejasi joriy etilishi aytildi.

Ta’lim muassasalaridagi tozalik va ozodalikni saqlash, sinfxonalar va atrofni dezinfeksiya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Har bir maktabga ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlari biriktirilib, tartibni saqlash va karantin talablariga rioya etilishini nazorat qiladi.

O‘quvchilar sog‘ligidan doimiy xabardor bo‘lish maqsadida hududiy poliklinika yoki vrachlik punktlaridan kamida bir nafardan tibbiyot xodimi jalb etiladi.

Tadqiqotlar yosh bolalarda virus yengil kechishini ko‘rsatmoqda. Biroq o‘quvchilar infeksiyaning tashuvchisiga aylanib qolishlari mumkin. Ular o‘zlari bilmagan holda ustozlari yoki oila a’zolariga, ayniqsa yoshi ulug‘ kishilarga yuqtirishi xavfini ham inkor etib bo‘lmaydi.

Yangiliklar lentasi
0