TOShKENT, 19-may — Sputnik. Simli aloqa Internet tezligi jahon reytingi bo‘yicha O‘zbekiston yana bir pog‘onaga ko‘tarildi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar qildi.
Speedtest Global Index aprel oyi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston bir pog‘ona yuqorilab, 94-o‘rinni egallagan.
Ta’kidlanishicha, mamlakat bir yil davomida 37 pog‘ona ko‘tarilgan, ya’ni 131-o‘rindan 94-pog‘onaga ko‘tarilgan. Umuman oxirgi yil natijalariga ko‘ra O‘zbekistonda aniqlangan internet tezligi kariyb 2,3 barovar o‘sgan: 11,62 Mbit/s. 2019-yil mart holatiga ko‘ra 25,88 Mbit/s. gacha (yuklash) 2020-yil aprel holatiga nisbatan.
2020 yil aprel holatiga ko‘ra mamlakat aniqlangan Internet tezligi bo‘yicha bir qator davlatlardan oldinda: Turkiya (97-o‘rin) ,Gruziya (95-o‘rin), Ozarbayjon (114-o‘rin), Tojikiston (99-o‘rin), va Turkmaniston (174-o‘rin).