TOShKENT, 27-iyul - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi 2020-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda aholining real daromadi qanday o‘zgargani haqida rasmiy ma’lmotlarni tarqatdi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu yilning birinchi yarmida aholi daromadi o‘sish sur’ati o‘rtacha 15,8 %ga oshgan, lekin bu ko‘rsatgich inflyatsiyani va iste’mol narxlari o‘sishini hisobga olmaydi. Inflyatsiya ko‘rsatgichlaridan biri bo‘lgan – Iste’mol narxlari indeksini (INI) qo‘llagan holda hisoblaganda aholi daromadi o‘sishi miqdori atigi - 101,5 %ni tashkil etgan.
Jon boshiga hisoblaganda yanvar-iyun oylarida aholi o‘rtacha umumiy 5,2 mln so‘m daromad olgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 %ga ko‘p, lekin inflyatsiyani hisobga olganda jon boshiga real daromadi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan - 99,6 %ni tashkil qilgan. Ya’ni 0,4 %ga kamaygan.
Daromadlar eng ko‘p o‘zgarishi qarda bo‘lgan ?
Eng katta o‘rtacha umumiy daromad Toshkent shahrida – 10,5 mln., Navoiy viloyatida – 8,3 mln., Buxoroda – 6,4 mln., Toshkent viloyatida 5,5 mln. so‘m.
Eng kam daromadlar esa – Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 3,8 mln., Namangan viloyati – 3,9 mln., Farg‘ona – 4 mln., Qashqadaryo – 4,3 mln., Samarqand – 4,4 mln. viloyatlarida qayd etilgan.
Pandemiya vaqtida aholining real daromadlari sezilarli o‘sishi O‘zbekiston bo‘yicha faqat Navoiy viloyatida (+5,2 %) va Jizzax viloyatida (+4,1%) kuzatildi.
Farg‘ona, Sirdaryo, Surxondaryo, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Toshkent viloyatlarida – jon boshiga olingan umumiy daromad miqdori deyarli o‘zgarmagan: ko‘rsatgichlar 99 – 101 % atrofida.
Toshkent shahri (-4,8 %) va Andijonda (-1,5 %) aholi jon boshiga real daromadi pasayishi kuzatilgan.
Davlat Statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisining deyarli 70 % mehnat faoliyatidan va mustaqil bandlikdan olingan daromadlar hisobiga yashaydi. 25 % aholi – transfertlar (turli pul o‘tkazmalari) hisobiga yashaydi.
Transfertlar (pensiya, nafaqa va stipendiyalar) hisobidan yashaydigan aholi eng ko‘p hududlar Qoraqalpog‘iston (32,7 %), Samarqand (32,2%), Xorazm (30,4 %), Andijon (29,3%), Namangan (28,3 %), Surxondaryo (28 %) va Farg‘ona (27,8 %) viloyatlarida ekani qayd etilgan.
Shuningdek o‘zidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va mol mulkidan olingan daromadlar hisobiga yashovchi aholi miqdori eng ko‘pi Toshkent shahrida qayd etilgan – 16,3 %.
Qayerda xorijiy pul o‘tkazlari miqdori ko‘p?
Respublika tashqarisidan kelib tushgan daromadlar miqdori o‘tgan davr mobaynida 9,2 %ga o‘sishi kuzatilgan. Aholi umumiy daromadi tarkibida xorijiy pul o‘tkazmalari ulushi eng ko‘p bo‘lgan hududlar quyidagilar ekani aniqlandi:
- Samarqand viloyati – 20,3 %
- Xorazm viloyati – 20,1 %
- Andijon viloyati – 18,5 %
- Qoraqalpog‘iston – 17,3 %
- Surxondaryo viloyati – 17,1 %
- Namangan viloyati – 15,8 %
- Qashqadaryo viloyati – 14,8 %
- Farg‘ona viloyati – 14,5 %
- Buxoro viloyati – 13,9 %
Qolgan viloyatlarda aholi daromadi tarkibida xorijiy pul o‘tkazmalari 10 %dan kam miqdorni tashkil qilmoqda. Xususan xorijiy o‘tkazmalar eng kam bo‘lgan hudud bu Navoiy viloyati – 4,2 %, Toshkent viloyati – 5,2 %, Jizzax – 6,9 % va Toshkent shahri – 9,4 %.