Jamiyat

Oʻzbekiston maktablarida oʻquv yili qanday boshlanadi - vazir Shermatov bilan intervyu

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMinistr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov
Ministr narodnogo obrazovaniya Uzbekistana Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonda 14 sentyabrdan boshlab maktablar ochiladi. XTV gibrid stsenariyni tanlagan: bunda istagan ota-ona oʻz farzandini oʻqishga yuborishi mumkin. Yangi oʻquv yilida yana qanday yangiliklar kutilmoqda va ota-onalar nimalarga tayyor turishlari kerak - Sputnik obzorida

TOSHKENT, 25 avg - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Yangi oʻquv yili boshlanishiga sanoqli kunlar qolmoqda va tabiiyki, farzandlari maktabga boradigan ota-onalarni "Maktab qachon va qay tartibda ochiladi?" degan va shu turdagi savollar qiynamoqda.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obщeobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Markaziy Osiyoda va boshqa davlatlarda yangi oʻquv yili qanday boshlanadi?

Aynan shu masalaga bagʻishlangan matbuot-anjumanida Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov Sputnik Oʻzbekiston muxbiri bilan suhbatda, yangi oʻquv yilidagi asosiy oʻzgarishlar haqida gapirdi va ota-onalarga muhim eslatma bilan murojaat qildi.

Gibrid-stsenariy: maqsad, odamlarni rozi qilish

Vazir taʼkidiga koʻra, gibrid stsenariyning asosiy maqsadlaridan biri - ota-onalar fikrini eʼtiborga olgan holda, ular istagan asosda taʼlimni yoʻlga qoʻyish.

Deylik, pandemiya davrida maktablarda davomat soʻralmaydi. Ota-ona (uydagi sharoitidan, holatidan kelib chiqqan holda) istasa, oʻz farzandini anʼanaviy tarzda bilim olishi uchun maktabga yuborishi mumkin. Koronavirus xavfidan choʻchiydigan ota-onalar esa oʻz farzandiga xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tashkillashtiriladigan tele-darslar orqali taʼlim olishda yordam berishlari mumkin.

Proizvodstvo vaktsinы ot COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Toʻqqizta vaktsina: Oʻzbekiston koronavirusga qarshi emlash dasturiga qoʻshildi

"Butun dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasi taʼlim tizimi va uning barcha ishtirokchilari oldiga bir qator sinovlarni qoʻymoqda. Mana 5 oydirki, bolalar maktablarga bora olmasdan, oʻz tengdoshlari bilan bevosita muloqotdan uzilgan. Afsuski, bugungi sharoitda farzandlarimiz taʼlimida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan har qanday boʻshliq, ertaga bizga juda ham qimmatga tushishi mumkinligini unutmasligimiz zarur", - deydi Shermatov nega maktablarni ochish qarori qabul qilingani haqida toʻxtalar ekan.

Aytgancha, Xalq taʼlimi vazirligi avgust oyining boshida telegram kanallarda ota-onalar fikrini oʻrganish uchun "Farzandingizni maktabga yuborasizmi?" mavzusida soʻrovnoma oʻtkazgan va unda ovoz bergan respondentlarning 70%i farzandini onlayn oʻqitish tarafdori ekanliklarini bildirganlar.

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Farzandingizni maktabga yuborasizmi? XTV soʻrovda qatnashishga chorlamoqda

Shermatov fikricha, ota-onalarning bunday javob berishlariga oʻsha vaqtda koronavirus bilan bemorlanganlarning koʻpayishi va ijtimoiy tarmoqda "koronavirusdan oʻldi, virus bilan kasallandi" qabilidagi xabarlarning koʻpayib ketgani ham rol oʻynagan boʻlishi ehtimoldan holi emas.

Maktabdagi sanitariya talablari: maskada kelish shart

Yangi oʻquv yilida pandemiya tufayli maktabga kelib-ketish sharoitlari bir muncha oʻzgaradi. Cheklovlar kiritiladi.

Misol uchun, maktabga keladigan har bir oʻquvchining temperaturasi oʻlchanadi, turli sinf oʻquvchilari uchun maktabga kelish vaqtlarini har xil qilish rejalashtirilmoqda.

Provedeniye dezinfektsii v obщestvennom transporte v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Dezinfektsiya ishlari qanday olib borilmoqda - hisobot

Maktabning barcha oʻquvchilari uchun umumiy boʻlgan talab - bu bolalarning bino ichida harakati cheklanishidir. Yaʼni oʻqish bitta sinf - bitta oʻqituvchi tamoyili asosida oʻtadi (maktabga keladigan oʻquvchilar darslarni boshqa sinfga koʻchmasdan bitta sinfda oʻqishadi). Sinfxonalari va boshqa sathlar (partalar usti, stol-stullar) va oʻquvchi qoʻli tegishi mumkin boʻlgan joylar kun davomida bir necha marotaba dezinfektsiya qilinadi. Sinf xonalari muntazam shamollatiladi.

Maktablarga issiq oʻlchaydigan uskuna - pirometrlar va antiseptiklar markazlashgan holatda beriladi.

Maktab oʻquvchisining niqob taqishi - majburiy boʻladi. Oʻquvchilarni antiseptik hamda niqoblar bilan taʼminlash - ota-onalar zimmasiga yuklatiladi.

Tavsiyalar har bir maktabga tarqatiladi, deya aniqlik kiritdi Shermatov.

Sogʻliqni saqlash vazirligi qanday fikrda?

Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi koronavirus pandemiyasi vaqtida umumtaʼlim maktablarida va maxsus maktab-internatlar faoliyatini tashkil qilish, oʻqish jarayonini boshlashga doir meʼyoriy hujjat ishlab chiqdi, deydi SSV Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktor oʻrinbosari Bahrom Almatov. 

Ministr narodnogo obrazovaniya Sherzod Shermatov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Farzandingizni maktabga yuborasizmi? XTV soʻrovda qatnashishga chorlamoqda

Taʼkidlanishicha, hujjat hozirda roʻyxatdan oʻtkazish uchun Adliya vazirligiga taqdim qilingan.

SSV talabiga koʻra, maktablar har bir sinfxonalarda qoʻl yuqish, shamollatish imkoniyatlarini yaratishi kerak, shuningdek, maktabga kirish joyida, sinfxonalarning ichida qoʻllarni dezinfektsiyalash uchun maxsus antiseptik vositalar oʻrnatilishi shart. Maktabga kelayotgan har bir oʻquvchi maskada boʻlishi kerak va maska har uch soatda almashtirilishi lozim. 

Sogʻliqni saqlash vazirligi Xalq taʼlimi vazirligiga maktablarda mashgʻulotlar davomiyligini maksimal qisqartirishni - bir dars davomiyligini 30 daqiqagacha qisqartirishni, mashgʻulotlar vaqtini esa 8.30dan 15.30ga qadar etib rejalashtirishni taklif etgan, ammo XTV darslarning 30 daqiqaga qisqartirilishi taklifini maqsadga muvofiq emasligini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, pandemiya vaqtida, maktablarda ommaviy tadbirlar, yigʻilishlar, kontsertlar, musobaqalar yoki boshqa ommaviy tadbirlar oʻtkazish mumkin emas, oshxona va bufetlar faoliyat yuritmaydi, umuman, maktablarga begona shaxslar kelishi oldi olinadi.

Na avtostoyanke ryadom s Alayskim rыnkom v Tashkente sozdayutsya mobilnыe tsentrы dlya testirovaniya jiteley na COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Oloy” bozori yonida koronavirusga test topshirish punkti qurilmoqda

Almatovning taʼkidiga koʻra, agar Oʻzbekiston maktablaridagi sinfxonalarda uchtadan ortiq bolalarda bir vaqtning oʻzida kasallik aniqlansa, ushbu sinfxonasini karantinga yopishga toʻgʻri keladi. Bunday holatda kasal aniqlangan sinfning oʻqish shakli anʼanaviydan onlayn shaklga oʻtkaziladi.

Oʻqituvchilarning hammasi koronavirusga test topshiradi

XTV rahbari Sherzod Shermatovning aytishicha, respublika miqyosida oʻqituvchilarni testdan oʻtkazish masalasida Respublika komissiyasi rahbariyati tomonidan SESga vazifa yuklatilgan. Maʼlum boʻlishicha, oʻqituvchilar maktablarda dars berishni boshlashdan oldin va keyinchalik ham maʼlum intervalda test topshiradilar. 

...maktab formasi haqida eslatma!

XTV rahbari maktab formasi masalasida toʻxtalar ekan, hozirgi pandemiya sharoitida hech narsa qatʼiy talab qilinmayotganiga eʼtibor qaratdi. Maktablarning oʻz tartiblari bor, ota-onalar oʻsha tartiblarga rioya etishlari lozim, dedi u.

Avtomatchik na postu DPS v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda 15 avgustdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi

"Xabaringiz bor, majburiy formani joriy qilish haqidagi qaror ortga surilgan. Lekin maktablarning oʻziga xos talablari bor bu masalada, oʻsha talablarga amal qilish kerak. Lekin ota-onalar shuni bilishlari shart-ki, davlat maktablarining birortasi hozirgi vaqtda mana shu tsexdan mana shu formani olasan, deya majbur qilolmaydi", - deya tushuntirdi XTV rahbari.

Vazir, shuningdek, oʻz intervyusi davomida bir necha bor ota-onalarga muhim iltimos bilan murojaat qildi: ota-onalar oʻquv yili boshlanarkin, maktab boshlanarkin, degan fikrda bozorlarga farzandlari bilan borishdan imkon qadar saqlanishlari kerak.

"Karantin choralari yumshadi, degani, karantin tugadi, virus ketdi degani emas. Maktab bozori, deb hamma bozorga chiqib, yana farzandini ham yoniga olib, virusni bir-biriga yuqtiradigan boʻlsa, oqibati yaxshi boʻlmaydi. Viloyat hokimliklariga topshiriq berilgan, kerak boʻlsa, oktyabr oyiga qadar maktab-yarmarkalari ishlaydi. Shuning uchun, faqat zarurat boʻlsa, bozorga chiqing. Shunda ham ijtimoiy masofani saqlash yodingizda boʻlsin!", - deya eslatadi Sherzod Shermatov.

Yangiliklar lentasi
0