Pandemiyadan keyin dunyo yetakchilarining birinchi yirik uchrashuvi noyabr oyining oxirida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tadi - albatta, “Katta yigirmalik” sammiti nazariy jihatdan keyinga qoldirilishi mumkin, ammo, ehtimol, yuzma-yuz muloqotni sog‘ingan davlat rahbarlari, bunday dramatik va og‘ir yil oxirida uchrashish imkoniyatidan bosh tortishmaydi. Sammitga 84 yoshli qirol Salmon mezbonlik qiladi, ammo aslida mezbonlikni uning o‘g‘li va merosxo‘ri 34 yoshli Muhammad amalga oshiradi. Mehmonlardan biri esa Vladimir Putin bo‘ladi, u uchun bu safar Saudiya Arabistoniga uchinchi tashrif bo‘ladi.
Saudiya Arabistoni va Rossiya o‘rtasidagi geosiyosiy yaqinlashuv so‘nggi yillarda eng muhim tendensiyalardan biri hisoblanadi. Uning eng yorqin dalillari - bu neft bozoridagi hamkorlik: 2016-yil oxiridan boshlab amalda bo‘lgan OPEK+ kelishuvi (bu yerda asosiy o‘yinchilar aynan saudiyaliklar va ruslar). Joriy yilning mart oyida tomonlar uni uzaytirish parametrlari bo‘yicha kelisha olmadilar va shartnoma tuzmadilar - ammo aprel oyida, neft narxining o‘ta keskin pasayishidan so‘ng, yangi shartnomani imzoladilar. Ammo neft - Rossiya-Saudiya yaqinlashuvining bir qismidir va uning me’morlari sifatida Putin va Muhammad chiqishmoqda. Besh yil davomida ular ko‘p narsalarga erishdilar va hozirda barchasi qanday boshlangani haqidagi juda qiziqarli tafsilotlar namoyon bo‘lmoqda.
Yo‘q, salkam bir asrlik ba’zida notekis Saudiya-Rossiya munosabatlarida emas. SSSR yosh qirollikka (shu jumladan, neft ta’minoti bilan) faol ravishda yordam bergan 1920-1930 yillarda ko‘tarilishdan boshlab, ular deyarli yarim asrga uzilib qoldi. Saudiya monarxiyasi AQShning eng yaqin ittifoqchisiga aylandi, SSSR bilan esa diplomatik aloqalarni uzdi. Amerikaliklar dindor saudiyaliklarda har tomonlama sovet dahriylardan qo‘rquvlarini kuchaytirdi - va arab dunyosini qamrab olgan dunyoviy antimonarxistik inqiloblar to‘lqini va "arab sotsializmi"ni qurishga o‘tish shubhali saudiyaliklarni ruslarning hiyla-nayranglariga ishontirdi. 80-chi yillarda Afg‘onistondagi sovet qo‘shinlariga qarshi urushda mujohidlarga yordam berish saudiyaliklar uchun kofirlar bilan muqaddas urushga aylandi, keyinchalik neft narxining qulashi esa deyarli ularning G‘arbning SSSR bilan kurashiga qo‘shgan hissasi sifatida taqdim etildi. Ammo SSSR yo‘q bo‘lib ketdi, Ar-Riyodga sotsialistik tahdid endi yo‘q edi - ammo muammolar saqlanib qoldi va hattoki yangi, ancha jiddiylari paydo bo‘ldi. 90-chi yillarning boshlarida Moskva bilan munosabatlarni tiklagan saudiyaliklar 2000-chi yillarda Yaqin Sharqdagi pozitsiyalarini tiklay boshlagan shimoliy derjavaga diqqatini oshira boshladi.
Amerikaliklar Iroqni tor-mor qilib, Afg‘onistonni bosib olayotgan paytda, Saudiya Arabistoni Moskvaga nisbatan turli xil harakatlarni amalga oshirdi – ammo shu bilan birga asosan Eron mavzusiga e’tibor qaratdi. Ar-Riyod uchun Eron-Rossiya yaqinlashuvining oldini olish juda muhim edi, chunki aynan Tehron asosiy tahdid va asosiy dushman sifatida qabul qilingan. U paytda saudiyaliklarning asosiy muammolari eronliklar bilan emas, balki amerikaliklar bilan, aniqrog‘i, ularning Yaqin Sharqdagi siyosati bilan bog‘liq edi.
2001 yil 11-sentabr teraktlaridan so‘ng amerikaliklar Yaqin Sharqqa o‘rnashib oldilar, ammo saudiyaliklar bunga uncha xursand bo‘lishmagan. Chunki Islom dunyosida va ayniqsa, vahhobiylik vatanida, ya’ni Saudiya Arabistonida aksil-Amerika kayfiyatlarining javobiy o‘sishini taxmin qilish qiyin emas edi. Amerikaliklar qo‘g‘irchog‘i obro‘si Saudiya sulolasiga juda katta muammolar keltirib chiqarishi mumkin edi: u arab va islom dunyosining yetakchisi maqomiga da’vo qilayotgan edi, va shunchaki cho‘l bo‘roni bilan uchirilib ketishi mumkin edi. Va Ar-Riyod Yaqin Sharqning amerikalik strateglar tomonidan tuzilgan yangi xaritalarini ham yodda tutar edi. AQShga qaramlikni susaytirish va umuman G‘arbdan uzoqlashish kerak edi.
2000-chi yillarning o‘rtalaridan boshlab Saudiya Arabistoni rahbarlari, xususan Vashingtondagi sobiq elchi va razvedka xizmati rahbari shahzoda Bandar Moskvaga tez-tez tashrif buyura boshladilar. 2007-yilda Rossiya prezidenti Ar-Riyodga birinchi bor tashrif buyurdi va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar tez orada yangi bosqichga ko‘tariladigandek tuyuldi. Ammo Saudiya Arabistoni rahbariyatida ikki strategiya o‘rtasidagi kurash davom etdi: Amerikaga moyil va Amerikaga qarshi. Amerikaga qarshi kurash AQSh bilan aloqalarni uzishga chaqirmagan - uning tarafdorlari Amerikaga pasangi sifatida Xitoy va Rossiya bilan munosabatlarni kuchaytirishni targ‘ib qilishgan. 2011-yilda boshlangan “arab bahori” qirollik uchun xavflarni oshirdi: birin-ketin arab dunyosi mamlakatlari o‘t olgan. Qaddafi singari raqib-dushmanlarni yo‘q qilinishi “Musulmon-birodarlar”* hokimiyatga kelgan Misr yo‘qotishlarini, qo‘shni Yamandagi tartibsizlik va qo‘shni Suriyadagi urushni qoplab bermadi. Amerikaliklar, ular vaziyatni o‘z qo‘liga olmasa-da, hech bo‘lmaganda yordam berishadi degan umid tezda puchga chiqdi. 2013-yilda saudiyaliklar amerikaliklar ularga yolg‘on gapirishayotganini angladilar - buni anglash, Asad go‘yo barcha qizil chiziqlarni kesib o‘tganiga qaramay, Obamaning Suriyaga raketa- bombardimon hujumini boshlashdan bosh tortganidan keyin vujudga keldi. Aynan Vladimir Putin Obamani ko‘ndirdi, aniqrog‘i, u o‘zi boshini tiqvogan tupikdan chiqarishga yordam berdi. Saudiyaliklar Vashingtondan shunchalik xafa bo‘lishdiki, o‘sha paytning o‘zida, 2013-yil sentabr oyida, ular BMT Xavfsizlik Kengashidagi ikki yillik o‘rinlaridan voz kechib eshikni qattiq yopib chiqib ketdilar.
Ular hamon Suriyada Asadga qarshi muxolifatni qo‘llab-quvvatlashda davom etishardi - ammo Asadning qulashi o‘rniga ular Suriya va Iroqda IShIDning* kuchayishini kuzatdilar. O‘zini "xalifalik" deb e’lon qilganlar vaqti kelib Makka va Madinani ozod qilish niyatida ekanligini yashirmadi - saudiyaliklar kimga ishonishlari kerak edi? Amerikaliklargami? Ammo "xalifalik" ularning Iroqdagi nodon harakatlarining natijasi edi - agar AQSh tartibsizlikdan foydalanib, shu vaqtning o‘zida Saudiya Arabistonini ham qayta tartibga solishga qaror qilsa-chi?
Va shu payt Ar-Riyodda qirol Abdulloh vafot etdi - 2015-yil yanvar oyida taxtga uning ukasi Salmon o‘tirdi. Ammo aslida 29 yoshli shahzoda Muhammad bin Salmon birinchi shahsga aylanadi - u mudofaa vaziri va merosxo‘r o‘rinbosari lavozimini oladi. Yozda Salmon Rossiyaga keladi va Putin bilan uchrashadi. Keyingi yillarda u mamlakatimizga doim kelib turadi, ba’zan yiliga ikki marta, ammo birinchi uchrashuv asosiysi bo‘ldi. Uning ba’zi tafsilotlari yaqinda The Guardian nashrida paydo bo‘ldi, unda Kanadaning bir fuqarosi tomonidan Vashingtondagi federal sudga berilgan da’vo haqida hikoya qilingan. Nima uchun aynan u yerda? Chunki o‘sha yillardagi Saudiya razvedkasi rahbarlaridan biri shahzoda Muhammadga qarshi sudga da’vo qilgan. Saad al Jabri ancha vaqt oldin Kanadaga qochgan va endi esa shahzoda uni o‘sha yerda ham o‘ldirmoqchi bo‘layotganlikda ayblamoqda (2018 yil oktabr oyida Saudiya Arabistonining Istambuldagi konsulligida o‘ldirilgan jurnalist Jamol Xashogi o‘limidan bir necha hafta o‘tgach). Shahzoda Jabrini nima sababdan o‘ldirmoqchi bo‘lgan? Markaziy razvedka boshqarmasi unga shahzoda Muhammadning Suriyaga ruslarni taklif qilish rejalaridan noroziligini yetkazgani uchun. Axir qanday qilib, 2015-yil sentabr oyida Suriyadagi operatsiyamizning boshidanoq, bizga "Rossiya aralashuvi" Saudiya Arabistoni boshchiligidagi butun sunniy dunyoni bizga qarshi qaratishini aytib kelishganku. "Saudiyaliklar qo‘zg‘olonchilarni qo‘llab-quvvatlab kelishgan, ular Asadni deyarli mag‘lubiyatga uchratdilar ham, shunda uni qutqargani ruslar keldi - tamom, endi Rossiyaga qarshi jihod bo‘ladi!"
O‘sha paytning o‘zida bu kulgili edi, ammo aniqlanishicha, haqiqat bundan ham qiziqroq bo‘lishi mumkin edi ekan. Shahzoda Muhammad Suriyada ruslarning bo‘lishiga va hatto ular u yerda paydo bo‘lishidan oldin ham e’tiroz bildirmagan va Saudiya Arabistoni amerikaliklarning e’tirozlariga e’tibor bermay, Rossiya tomon burildi:
"Saudiya Arabistonining valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon 2015-yil yozida mamlakatning tashqi siyosatini o‘zgartirdi va Rossiyaning Suriyadagi harbiy operatsiyalariga yashil chiroq berdi". Bu haqda Kanadaga qochib ketgan razvedka sobiq xodimi Saad al Jabri tomonidan berilgan da’vo arizasida yoziladi. Vashington Federal sudiga taqdim etilgan hujjatda Jabri Moskvaning Suriyadagi harakatlariga ijobiy munosabat, MRBning o‘sha paytdagi direktori Djon Brennanni xavotirga solganini ta’kidlagan.
Sud da’vosiga ko‘ra, 2015-yil iyul va avgust oylarida Jabri bilan suhbatda Brennan “Salmon Rossiya Suriyaga hujumini Rossiya Suriyadagi urushning bir qismi bo‘lmagan paytda ham qo‘llab-quvvatlaganiga” ishora qilgan.
Saudiya sobiq razvedkachisining ta’kidlashicha, MRB boshlig‘ining xavotirlari to‘g‘risida ma’lumotni valiahd shahzodaga yetkazganida, Salmon "o‘ta g‘azablangan" bo‘lgan. Jabrining fikriga ko‘ra, aynan Brennan bilan uchrashuvlar uning ishdan bo‘shatilishi va qirollikning razvedka xizmatidagi ishini yo‘qotishi, keyinchalik mamlakatdan Kanadaga ko‘chib ketishi bilan bog‘liq”.
Bundan tashqari, Muhammadning yo‘nalishini o‘zgartirishga uning adashi - Birlashgan Arab Amirliklarining deyarli hukmdori, shayx Muhammad ibn Zaid undagan (u 2012-yildan beri Putinning oldiga muntazam ravishda kelib turgan):
"G‘arb diplomatlarining aytishlaricha, shahzoda Muhammad mudofaa vaziri bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, otasi 2015-yil yanvarida qirol Abdulloh vafotidan keyin taxtga o‘tirgandan so‘ng, unga Abu-Dabining valiahd shahzodasi shayx Muhammad bin Zaid katta ta’sir ko‘rsatgan. <...> 2015-yilgi voqealari bilan tanish bo‘lgan manba shahzoda Muhammad va Shayx Muhammad fevral oyida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan Idex qurollar yarmarkasida uchrashganliklari haqida xabar berdi: "Bu Muhammad bin Salmonning ambitsiyalari, qarashlari va e’tiqodlarida burilish nuqtasi bo‘ldi". Shayx Muxammadning ta’kidlashicha Suriyada "Musulmon-birodarlar"* inqilobi tahdidi Fors ko‘rfazi monarxiyalari nuqtayi nazaridan Asadning omon qolishidan ko‘ra yomonroq edi. Shayx Muhammad shahzodaga Suriyadagi "Musulmon-birodarlar"* inqilobining katta tahdidi va ularga AQSh yordam berayotgani haqida gapirib bergan...
Shayx u yangi ittifoqlar qurishni boshlashi kerakligini, Xitoy va Rossiya tomon burilishi kerakligini aytdi. Ta’kidlanishicha, shayx Muhammad bin Zaid go‘yoki prezident Vladimir Putin bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan".
Saudiya shahzodasi 2015-yil 18-iyunda Putin bilan suhbatlashgandan so‘ng, bu haqda AQSh xabar topib, Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Brennan al Jabriga o‘z noroziligini bildirdi. Jabri bu haqda Muhammadga aytganda, shahzoda Amerika bosimidan g‘azabga keldi va ehtimol al Jabrini ikki tomonlama o‘yinda gumonladi. Jabri razvedkadagi lavozimidan mahrum bo‘ldi va keyinchalik Kanadaga qochib ketdi.
Albatta, maxsus xizmat qochqin rahbariga ishonish qiyinroq, ammo bu holatda shahzoda Muhammadning Rossiya tomon burilishi haqidagi voqea haqiqatga o‘xshaydi. Uning tafsilotlarini oshkor qilinishi (ruslarning Suriyaga kirishi uchun "yashil chiroq") Saudiya shahzodasi uchun juda foydasiz, ammo agar amerikaliklar unga shu tarzda bosim o‘tkazishga qaror qilsalar, ular mutlaqo teskari natijaga erishadilar.
Bu yil bahorda anglo-sakson ommaviy axborot vositalarida Putin va Muhammadning OPEK+ yangi shartnomasi borasida telefon suhbati paytida go‘yoki janjallashgani, - go‘yoki shahzoda Rossiya prezidentiga deyarli baqirgani haqida "sizma ma’lumot" chop etilgan edi. Bundan tashqari, Vashingtonni ham bu voqeaga aralashtirishgan edi: go‘yoki Trampning kuyovi Saudiya shahzodasining niyatlaridan - Moskva bilan qattiq suhbatdan xabardor bo‘lgan, lekin uni to‘xtatib qolmadi. Ushbu provokatsion "ma’lumotlar sizib chiqishi" Moskva va Ar-Riyod o‘rtasida kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishga qaratilgan bo‘lgan, ammo bu natija bermadi, chunki tez orada Putin va Muhammad yangi neft bitimi to‘g‘risida kelishib oldilar. Rossiya va Saudiya Arabistonining milliy manfaatlari bizning mamlakatlarimizni bir-biriga yaqinlashtirmoqda, amerikaliklarga bo‘lgan ishonchsizlikni esa tuzatishning iloji yo‘q. Noyabr oyida Ar-Riyodda Putin va Muhammad ularni bir-birlari bilan urishtirishning navbatdagi urinishlar ustidan ancha kulishadi.
* Rossiyada taqiqlangan terroristik tashkilotlar.