Yevropa va AQSh Saudiya neftidan voz kechmoqda - OAV

© MinenergoXranilishe nefti - illyustrativnoe foto
Xranilishe nefti - illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevropa va AQSh neft omborxonalari to‘lishi munosabati bilan Saudiya Arabistoni neftidan voz kechmoqda - OAV.

TOShKENT, 27 mar - Sputnik. AQSh va Yevropadagi neftni qayta ishlash zavodlari, narxlar pasayganiga qaramay, Saudiya Arabistonidan qo‘shimcha hajmdagi neft sotib olishni rad etishmoqda, deb xabar beradi RIA Novosti The Wall Street Journal nashriga tayanib.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni shu sababdan yangi xaridorlarni topishda qiynalmoqda. Buning sababi, mijozlar omborxonalarning yetishmasligi muammosiga duch kelmoqdalar, bu esa ularga yoqilg‘ining yangi hajmlarini sotib olishini qiyinlashtirmoqda.

Birja sotuvchilarning so‘zlariga ko‘ra, Hindistonda ham neftga talab pasaygan, bu ham koronavirus atrofidagi vaziyat bilan bog‘liq. Takidlanganidek, shu paytning o‘zida, Rossiya o‘z mahsulotini neftga bo‘lgan talab ortib borayotgan Xitoyga yo‘naltirishga muvaffaq bo‘ldi.

Neft bozoridagi inqiroz OPEK+ bitimining buzilishi va Saudiya Arabistonining qazib olishni kuniga 13 million barrelgacha oshirish haqidagi va’dasidan keyin yuz berdi. Yil boshidan beri neft narxi ikki baravar arzonladi.

The Wall Street Journal ta’kidlashicha, narxlarni pasaytirish bilan, Ar-Riyod bozorning Rossiya ulushini, ayniqsa Yevropaning ba’zi qismlaridagi ulushini tortib olishga umid qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0