O‘zbekistonda 15-avgustdan keyin qaysi karantin cheklovlari saqlab qolinadi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomatchik na postu DPS v Tashkente
Avtomatchik na postu DPS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15-avgustdan keyin bir qator karantin cheklovlari saqlab qolinadi.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekistonda 15-avgustdan boshlab karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi. Shu bilan birga, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan qator cheklovlar saqlab qolinadi.

Quyidagi karantin cheklovlari (taqiqlar) 2020-yil 15-avgustdan keyin ham saqlab qolinishi belgilandi:

  • fuqarolarning jamoat joylarida ijtimoiy masofani (2 metr) saqlashi, tibbiy niqobda bo‘lishi. Sanitar talablar buzilgan taqdirda qat’iy choralar (jarimaga tortish) ko‘riladi;
  • tana harorati 37°S va undan yuqori bo‘lgan yoxud infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan fuqarolarning jamoat joylariga chiqmasligi;
  • davlat organlari, tashkilotlarida yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqlash, zarur hollarda yig‘ilishlarni videokonferensaloqa rejimida o‘tkazish;
  • tomosha, madaniy-ko‘ngilochar (teatr, kinoteatr, konsert zallari, to‘yxonalar, faoliyati) va ommaviy tadbirlar o‘tkazish;
  • parklar va istirohat bog‘laridagi attraksionlar faoliyati;
  • umumiy ovqatlanish obyektlari (restoran, kafe, oshxona, choyxona) faoliyati (ochiq havoda xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish obyektlari bundan mustasno);
  • tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik;
  • 65 yoshdan oshgan shaxslarning “o‘zini o‘zi yakkalash” hayot tarzida yashashini tavsiya etish va ogohlantiruvchi targ‘ibot ishlarini amalga oshirish;
  • yo‘nalishsiz taksilarda yo‘lovchi tashish uchun avtotransport vositasi salonida haydovchi o‘rindig‘i yo‘lovchilar o‘rindig‘idan shaffof plastik yoki maxsus plonka bilan to‘silgan bo‘lishi, haydovchi va yo‘lovchi tibbiy niqobda bo‘lishi (tibbiy niqobsiz yo‘lovchini tashish taqiqlanadi), yo‘lovchilarni avtotransport vositasi saloni orqa o‘rindig‘iga o‘tkazilishi hamda faqat o‘z (avtotransport vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) hududida harakatlanish.

Davlat organlari va muassasalarining binolari, shu jumladan, xizmat xonalari mavjud sharoitlardan kelib chiqib, havoni zararsizlantirish tizimi bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.

Yangiliklar lentasi
0