"Ruslar Trampning raqibi obro‘sini to‘kishmoqda" va ular buni juda yaxshi uddalashmoqda

© REUTERS / Jonathan ErnstKandidat v prezidenti SShA Djo Bayden
Kandidat v prezidenti SShA Djo Bayden - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jo Baydenda muammolar paydo bo‘ldi: okean orti OAVlari tayanayotgan Amerika maxsus xizmatlaridagi manbalarga ko‘ra, uni obro‘sizlantirish bilan Rossiya shug‘ullanmoqda.

Agar bu nazariyadan kelib chiqadigan bo‘lsak, Baydenning shtabi Moskvadagi raqiblar katta yutuqlarga erishganliklarini tan olishga majbur bo‘ladi.

Inauguratsiya 45-go prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Obama va Bayden "Rossiya fitnasi"da gumon qilinmoqda. Ikkovi qamalishi mumkin

Hozirda yangiliklar lentasi Bayden o‘ziga vitse-prezidentlikka nomzod sifatida qora tanli senator Kamala Xarrisni tanlagani haqida xabarlarga to‘la. Ehtimol, Baydenni shu qadamni tashlashga majbur qilishgan.

Gap shundaki, yaqinda yirik sotsiologik kompaniyalar tomonidan o‘tkazilgan ikki so‘rov natijalariga ko‘ra, Bayden va Tramp tarafdorlari o‘rtasidagi oldingi tafovut to‘satdan erib, odatiy statistik xatolardan farqlanmaydigan darajaga tushdi.

Breitbart xabar qiladi: "Chorshanba kuni e’lon qilingan Hill-HarrisX so‘rov natijalari Trampning 40 foizidan farqli o‘laroq, Bayden 43 foiz to‘plaganini ko‘rsatdi. Xuddi shu kuni e’lon qilingan Rasmussen Reports so‘rovi natijalari (Trampning) 45 foiz ovoziga qarshi Bayden 48 foiz ovoz olganini ko‘rsatdi. Ikkala so‘rovda ham Bayden ko‘rsatkichlari odatiy statistik nuqsonlardan biroz oshganligi ko‘rinib turibdi".

Protestuyushie v Vashingtone vo vremya popitki povalit statuyu Endryu Djeksona na ploshadi Lafayet u Belogo doma  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh qay tarzda Rossiya "propagandasi va soxta axborot ekotizimi"ni fosh qildi

Bir oy oldin, Amerika axborot maydonida Tramp raqibidan 10-12 foiz ortda qolayotganini ko‘rsatgan so‘rovlar faol muhokama qilingandi. Agar shunday davom etsa, demokratlar nomzodi shtabi alami ichida qolgan tarafdorlariga Amerika saylovlariga bu kabi shafqatsiz aralashgan rus agentlarining ismlari, joylashuv joyi va familiyalari ro‘yxatini zudlik bilan taqdim etishiga to‘g‘ri keladi. Bu, ehtimol, amalga oshirilar ham, lekin agar haqiqiy saylovchilar kayfiyatlarini afsonaviy rus aralashuvi bilan bog‘lab ko‘rsak, juda kulgili manzara namoyon bo‘ladi.

Bir tomondan, Baydenning reytingini Chikago va Nyu-Yorkdagi tartibsizliklar bilan bog‘liq vaziyat ezmoqda. Misol uchun, Chikagoda o‘tkazilgan ijtimoiy adolat uchun kurashning eng so‘nggi misoli quyidagicha: "Chikago politsiyasi dushanba kuni erta tongda Chikagoning Magnificent Mile savdo hududida va shaharning boshqa qismlarida yuzlab odamlar oynalarini sindirib, do‘konlarni talon-taroj qilib, politsiya bilan to‘qnashuvlarda qatnashganidan so‘ng 100 kishi hibsga olingani va 13 nafar politsiya xodimi jarohatlangani haqida xabar berdi", - deya xabar beradi USA Today gazetasi.

Ikonka prilojeniya Twitter - Sputnik O‘zbekiston
Twitter Tramp kampaniyasi akkauntini vaqtincha blokladi

Chikago va Nyu-York shahar merlari prezidentning ommaviy tartibsizliklarni bostirish uchun federal kuch tuzilmalaridan foydalanilishiga qarshi chiqayotgani va vandalizm va ommaviy talonchiliklarni “tinch namoyishlar” deb atab, ularga qarshi kurash uchun hech bo‘lmaganda qandaydir qat’iy choralar ko‘rishni rad etayotgan taniqli demokratlar ekanligini hisobga olgan holda, elektoratning salbiy reaksiyasi Trampning reytingini oshishiga va Bayden reytingining pasayishiga aylanmoqda. Muammo shu qadar jiddiyki, u nafaqat ijimoiy  so‘rovlarda, balki real voqelikda ham o‘z aksini topmoqda: Nyu-Yorkdan soliq to‘lovchilar tom ma’noda qochib ketmoqdalar (shahardan ko‘chirish bilan shug‘ullanadigan kompaniyalar xizmatlarining narxlari osmonga ko‘tarilib ketdi) va mer (o‘zi ham demokrat va Bayden tarafdori) isonchilardan himoyani emas, balki ularga o‘z hisobidan ichimlik va’da qilib, qaytib kelishlarini o‘tinib so‘ramoqda.

Predvibornoe vistuplenie D. Trampa v Mayami - Sputnik O‘zbekiston
Tramp AQSh tarixida yo‘l qo‘yilgan eng katta xatoni aytdi

To‘g‘ri, tartibsizliklar va talonchiliklardan aziyat chekayotgan shahar va shtatlarning merlari va gubernatorlarini Kreml foydasiga ishlayotganliklariga da’vo qilsa bo‘ladi, ammo ularning partiyaviy mansubligini hisobga olgan holda, bu ish berishi dargumon. Rossiyani Chikagoga do‘konlarini talon-taroj qilgani provokatorlarni jo‘natganlikda ayblashga urinib ko‘rsa bo‘ladi (bu hech qanagasiga merning beparvoligiga sabab bo‘la olmaydi), ammo hibsga olingan Chikagolik qaroqchilarning terisi rangi hisobga olinsa, ularning kelib chiqishi Rossiyadan ekanligi haqidagi versiyasi juda shubhali ko‘rinadi.

Baydenning reytingi bilan bog‘liq muammolarning boshqa manbai uning sog‘lig‘idir. Yaqinda Rasmussen Reports o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, "AQSh saylovchilarining 59 foizi vitse-prezident (Bayden bilan birga saylovda qatnashadigan - tahr.) bu kuzda g‘alaba qozonsa, o‘zining to‘rt yillik vakolat muddati tugashidan oldinoq prezident bo‘lishiga ishonadi, shu bilan birga  39 foizning bunga ishonchi komil".

Kandidat v prezidentiSShA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannix CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15-oktabrya 2019   - Sputnik O‘zbekiston
Tanazzulga uchratadi: OAVlar Bayden prezidentligining AQSh uchun oqibatlari haqida

Qo‘pol qilib aytganda, bo‘lajak saylovlarda ovoz bermoqchi bo‘lgan amerikalik saylovchilarning aksariyati Djo Baydenni siyosiy jihatdan emas, balki  biologik jihatdan tirik murda deb atashadi,  va bu uning reytingiga bosim o‘tkazmay qo‘ymaydi, va saylovchilarning hammasi ham Oq uyga deyarli katafalkda kirib borishi va o‘z lavozimini vitse-prezidentga meros sifatida qoldirishi mumkin bo‘lgan  nomzodga ovoz berishga tayyor emas.

Baydenning o‘zi yaqin kelajakda vitse-prezidentlikka nomzodini taqdim etishni va’da qildi va bu (zamonaviy siyosiy moda ruhida) albatta latofatli ayol bo‘lishini ta’kidladi. Ushbu ko‘lamli qadamni uning ko‘plab tarafdorlari dastlab rejalashtirilganidan ham kengroq talqin qilishdi va natijada Demokratik partiya elektoratining eng radikal qismi bu nafaqat shunchaki ayol, balki irqiy ozchilikning vakili bo‘lishiga ishonch hosil qilishdi.

Politsiya vo vremya protestov naprotiv Belogo doma  - Sputnik O‘zbekiston
"Qora sxema": ichki yov Amerikani nobud qiladi, biroq Rossiyani qutqarishi mumkin

Ammo Baydenning siyosiy texnologlari, ehtimol, saylovchilar qora tanli ayolni deyarli prezidenti sifatida faqatgina irqiy va jinsiy xususiyatlari tufayli saylashga tayyor emaslar deb taxmin qilishdi va matbuotga ehtimoliy vitse-prezident bo‘lishi mumkin bo‘lgan oq tanli ayol – Michigan shtati gubernatori shtabga kelib-ketgani haqida xabarlar tarqatildi. Bunga munosabat o‘zini ko‘p ham kuttirmadi: "Dam olish kunlari Michigan gubernatori Gretxen Uitmer, oq tanli ayol, Bayden bilan vitse-prezidentlikni muhokama qilish uchun uchib kelgani haqida xabar paydo bo‘lganidan keyin, qora tanli ayol-demokratlar, shu jumladan, ayol yashaydigan shtatning ayrim yashovchilari tushkunlik va umidsizlikka tushishdi", deb xabar beradi Politico.

Va endi - qora tanli faollar bosimi ostida va to‘kilayotgan reytingdan qo‘rqib, tanlov o‘zgartirildi va Bayden Kaliforniya sobiq bosh prokuror Kamala Xarrisning sherigi va ehtimol vorisi deb e’lon qildi.

Brifing prezidenta SShA Donalda Trampa - Sputnik O‘zbekiston
Bu mamlakat jarlikka qarab ketmoqda. Prezident do‘stini qamoqdan saqlab qoldi

... Ushbu janjalning tashkilotchilariga Baydenning reytingini zil keltirganligi uchun medal bilan taqdirlasa ham bo‘lar edi, ammo bir lekini bor: demokratlar nomzodning yoshi Rossiya maxsus xizmatlarining provokatsiyasi emas, uning vitse-prezidentlikka nomzodni tanlashi atrofidagi PR-halokatni esa o‘z siyosiy texnologlari uyushtirgan, va ulardan hech biriga Rossiya agenti tamg‘asini bosib bo‘lmaydi.

Bundan kelib chiqmoqdaki, bizning okean orti hamkorlarimiz eski, sinahta taktikalarga murojaat qilishlari hamda amerika ijtimoiy tarmoqlarida millionlab amerikaliklarni aqldan ozdirib, elektoral preferensiyalarni o‘zgartirib yuborayotgan afsonaviy rus trollari haqida uydirmalarni o‘ylab topishlariga to‘g‘ri keladi. Taqdirning qaltis hazili shundaki, bu ayblovlarning ilgari surilishi Baydeng reytingiga yanada ko‘proq bosim o‘tkazadi: amerikalik saylovchilar, o‘z nuqsonlariga qaramay, ularni ahmoq, deb o‘ylashlarini yoqtirishmaydi.

Yangiliklar lentasi
0