"Qora sxema": ichki yov Amerikani nobud qiladi, biroq Rossiyani qutqarishi mumkin

© REUTERS / Joshua RobertsPolitsiya vo vremya protestov naprotiv Belogo doma
Politsiya vo vremya protestov naprotiv Belogo doma  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni ertaga AQSh Demokratik partiyasining (onlayn-formatda o‘tadigan) yig‘ilishida sobiq vitse-prezident Jo Bayden, ehtimolki, yakka tartibda, Qo‘shma Shtatlarning bo‘lg‘usi prezidentini saylaydi. Aniqrog‘i, ayol prezidentini.

Viktor Maraxovskiy

Bilasizmi bu nima sababdan ro‘y beradi? Chunki Bayden ayni vaqtda o‘z raqibi, amaldagi amerika prezidenti Donald Trampdan, turli so‘rovlarga ko‘ra, ikki, to‘rt, sakkiz va hatto o‘n foiz ilgarilab bormoqda. So‘rovda qatnashgan amerikaliklarning aksariyati Trampni muntazam qoniqarsiz baholashmoqda. Va (agar omma oldida hatto internet va TV orqali shubhali darajada kam ko‘rinish beradigan, gaplarida tez-tez adashib ketadigan va shu bois, ko‘pchilik tomonidan ishga yaroqsiz, deya ta’riflanadigan 77 yashar Bayden, saylovlarga qadar, kutilmaganda, rostdan ham o‘zining ishga layoqatsizligini bilib qolmasa) — uning bo‘lajak prezidentligi xuddi kafolatlangandek ko‘rinmoqda.

Yuriy Rogulev  - Sputnik O‘zbekiston
Rogulev: AQSh ustunlik siyosatini davom ettirsa, muammolarga duch keladi

"Ko‘rinmoqda" va "xuddi" deyilishining boisi, Xillarining prezidentligi ham kafolatlangan edi, ammo reallik o‘zining ajabtovur tuzatishlarini kiritdi.

Shu tariqa: Jo Bayden qasamod qilishga olib kelinganida/agar olib kelinsa, u 78 yoshda bo‘ladi. U Oval kabinetni egallagan eng keksa prezident bo‘lishdan tashqari - oldingi rekordchi - 70 yashar Donald Trampdan birdaniga 10-yilga oldinlab ketadi.

Ya’ni u amerika prezidentlarining ko‘pchiligi (45 nafardan 36tasi) allaqachon dunyoni tark etgan yoshda ofisni egallaydi. Demokrat nomzodning harakatlaridagi yuqorida tilga olingan g‘alatiliklarni hisobga olganda, u bu ko‘pchilik safiga to‘ppa-to‘g‘ri mehnat majburiyatlarini bajarayotib qo‘shilishi mumkinligini hamma tushunib turibdi.

Kandidat v prezidentiSShA ot Demokraticheskoy partii Djo Bayden vo vremya debatov, organizovannix CNN / New York Times v Universitete Otterbeyn. 15-oktabrya 2019   - Sputnik O‘zbekiston
Tanazzulga uchratadi: OAVlar Bayden prezidentligining AQSh uchun oqibatlari haqida

Bunday fojiali ko‘ngilsizlik yuz bergan taqdirda prezident etib (shunchaki "vazifasini bajaruvchi" emas, balki, chinakam, yuz foiz AQSh prezidenti etib) vitse-prezident tayinlanadi — va ushbu lavozimni u Baydenning to‘rt yillik muddati yakunlanguniga qadar egallab turadi. Agar Jo ofisga ko‘chib kirganining ertasi kuni yaxshi dunyoga ravona bo‘lsa - u holda, bu dunyoda, garchi xalq tomonidan saylanmagan esa-da, ammo qonuniy bo‘ladigan prezident eng yirik g‘arb derjavasini 2025-yilga qadar boshqarishi mumkin.

Aynan shu insonni Bayden yaqin kunlarda barchaga tanishtirmoqchi.

Oldindan ma’lumi: u ayol bo‘ladi. Bayden bahorda shunday va’da bergan edi. Aynan qanday ayol bo‘lishi konvent arafasida amerika siyosati kun tartibidagi asosiy masalaga aylandi.

Rabochiy vizit prezidenta RF V. Putina v Yaponiyu dlya uchastiya v sammite Gruppi dvadsati - Sputnik O‘zbekiston
Putin va Tramp telefon orqali suhbatlashishdi

Nomi tilga olingan eng taniqli nomzodlar orasida — yil boshida demokratik partiya ichidagi poygada o‘z ovozlarini Baydenga bergan senator Elizabet Uorren; Michigan shtati gubernatori (o‘zining 48 yoshida "yosh va yangi qon" sanalmish) Gretxen Uitmer; senator Temmi Dakvort (Iroqdagi urush faxriysi, urushda ikki oyog‘idan judo bo‘lgan, kamiga yarmi taylik xitoy); kongressvumen Vel Demings (negr ayol va sobiq politsiyachi); Karen Bass (negr ayol va narkotiklarga qarshi kurashchi); Syuzan Rays (negr ayol va Obamaning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi); Kamala Xarris (yarim negr, yarim hindi ayol, Kaliforniyaning sobiq bosh prokurori). Aytgancha, nooshkor tarzda demokratik partiya poygasida aynan oxiridagi ikki ayolning vitse-prezidentlikka saylanishi imkoniyati ko‘proq, deya aytilmoqda.

Prezident Ameriki Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp: demokratlardan ko‘ra Rossiya bilan ishlash osonroq

Aytgancha, kamina, nomzodlarning irqiy ozchilikka mansubligi va ulardan birining nogironligini mavjud holatni hamma yaxshi bilgan "AQShning keyingi prezidenti bir oyoqli negr ayoli bo‘ladi" degan latifaga yaqinlashtirish uchun ezmalik ila sanab o‘tgan emasman. Gap shundaki, amerikalik tahlilchilar ushbu barcha irqiy va nogironlik xususiyatlarini jiddiy ravishda muhim hisoblaydilar.

Negr ayollarining afzalligi shundaki — Dempartiyaga ko‘ra, 2016-yilning muvaffaqiyatsizligi omillaridan biri ("2016 yil fojiasi") Klintonning, ya’ni partiyaning oq tanli nomzodining vitse-prezidentlikka nomzodi qora tanlilar tomonidan o‘ta sust qo‘llab-quvvatlangan edi. Qora tanlilar esa - AQSh aholisining 13%ni tashkil etadi. Shu bois, istiqbolli qora vitse-, sal o‘tib esa, to‘laqonli prezidentni shartli ravishda qiziqtirib, jalb qilish lozim.

Sotrudniki politsii vo vremya aksii protesta v Minneapolise - Sputnik O‘zbekiston
Amerika o‘z qahramonlariga qarshi. Nega u yerda politsiyadan qutulishni xohlashmoqda

Boston Globega o‘xshaganlar ochiqchasiga Bayden vitse-prezidentlikka qora tanli ayolni tanlashi lozimligi haqida yozmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, qora tanli ayol bunday tandemda ta’qib qilinayotgan qora ozchilik nuqtayi-nazaridan respublikachilar va Trampning irqchilik mohiyatini agressiv tarzda fosh qilishi, Bayden esa bu olishuvda chetda turib, u va Obama davrida jamiyatda bunday bo‘linish bo‘lmagani va o‘zining missiyasi - mamlakatni birlashtirish ekani haqida shivirlashi lozim.

...Lekin eng qizig‘i quyidagicha.

Bunday tandemda mamlakatni Trampdan yaxshiroq birlashtirib bo‘lmaydi, degan fikr bor. Va hatto, bu tandem bu ishni Trampdan yomonroq uddalashi taxmin qilinmoqda.

Yaqinda esga olingan Konnektikut universiteti professori Piter Turchinni misol keltirsak. U o‘n yillar oldin, 2020-yilda AQShda siyosiy beqarorlik cho‘qqisini bashorat qilgan odam sifatida to‘satdan g‘oyibdan paydo bo‘lgan edi. Ushbu beqarorlikning asosiy omillaridan biri sifatida u elitalarning haddan tashqari ko‘payishiga ishora qilgandi.

Bu haddan tashqari ko‘payish - boy odamlar foizining ortishi singari, bir qarashda ijobiy ko‘ringan holatning hiylakor oqibatidir.

Protestuyushie s plakatom i v zashitnix maskax v Minneapolise, SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh tanazzul yilnomasi: bolalar politsiyadan qo‘rqishga o‘rgatilmoqda

Biz esa bu yerda eng yomon illat - boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi tafovutning kengayishi, deb o‘ylashga odatlanganmiz.

Ammo, aftidan, yovuzlik ko‘rinishi "ijobiy" bo‘lgan o‘zgarishlarda ham yashirin. Biz avval AQShdagi 1970-yilda aholining 62%ini tashkil qiluvchi o‘rta qatlam, hozir yarmidan ham pasaygani va ular boylar qatori kambag‘al qatlam sari migratsiya qilayotgani haqida yozgan edik. Bu yerda e’tiborli jihati - oxirgi o‘n yillikda bu qatlamni tark etganlarning uchdan ikki qismi qashshoqlik sari emas, balki aynan elitalar safiga qarab yo‘l olgan.

Bundan tashqari, o‘ta boylar soni yanada ortgan: AQShning eng boy aholisining shartli "brilliant foizi" ikki foizdan oshgan. 1995 yil narxlarida o‘n million dollardan ortiq aktivlarga ega oilalar soni 1983-yildan 2010-yilgacha besh baravar ko‘paygan (hozir ular soni yanada ko‘p).

Vostokoved, jurnalist, pisatel Dmitriy Kosirev - Sputnik O‘zbekiston
Osiyoda boylar ko‘paymoqda, lekin ular odatdagidek Yevropa yoki Amerikaga ko‘chadimi?

Elitariylar soni AQShda rostdan ham sanoqsiz, millionerlar 19 millionga yaqin (bu butun boshli Ruminiya yoki Qozog‘iston degani). Detsimillionerlar soni — yarim million, hatto milliarderlar 650 ga yaqin.

Bir qarashda, bu yaxshidek ko‘rinadi, to‘g‘rimi?

Ammo noziq tomoni bor. Odamlar boyib ketgach, tabiiy ravishda hokimiyatga da’vo qilishni boshlaydilar. Ular o‘z iqtisodiy kuchini his qilgach, uni siyosiy kuchga konvertatsiya qilish istagida yonadilar. Ular shaharlar, kongress, Oq uyga da’vo qila boshlaydilar.

Ammo hukumatda o‘rinlar soni ortgani yo‘q-ku. Hatto, 450 o‘ringa ega Kongress barcha milliarderlarni sig‘dira olmaydi.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa va Amerika Rossiya tufayli jangga kirmoqda

Elitada bunday talato‘p tufayli ular orasidagi har qanday birdamlik erib bormoqda - va aksincha, o‘ta dahshatli g‘ajishuv avj olmoqda.

Aytgancha, bu yerda faqatgina boylar ishtirok etmoqda, deya o‘ylash yaramaydi.

Gap shundaki, qolganlar, ya’ni o‘sha o‘rta sinf va kambag‘allar, haqiqiy pul, kuch va farovonlik ulardan yuqoriga qarab oqib keta boshlaganini his qilgach, o‘z imkoniyatlari doirasida boylar va buyuklarning yaltiroq olamiga kirish imkoniga ega bo‘lish istagida ular ijtimoiy liftlar sari yugurishgan.

Natijada, so‘nggi yillarda AQShda yuristlar, shuningdek, siyosatshunoslar va "ijtimoiy fanlar bo‘yicha mutaxassislar" soni aholining o‘sish sur’atlaridan sezilarli darajada oshib ketdi. Ya’ni nazariy jihatdan keyinchalik siyosiy lavozimga aylantirilishi kerak bo‘lgan mutaxassisliklar egalari soni ortdi.

Protestuyushie obnimayutsya vo vremya protestov v Vashingtone  - Sputnik O‘zbekiston
Yana ruslar. Amerika g‘alayonida Moskvani ayblashdan kimga foyda

Bu odamlarning aksariyati esa siyosiy karyerani boshlash tugul, balki oddiy muvaffaqiyatga ham erisha olgani yo‘q.

Ular g‘azabnok, o‘z muvaffaqiyatsizligi obyekti deb bilganlarga nisbatan dushmanlik hissiga to‘lgan, va, umuman olganda, hozirgi Amerika lovullab alanga olishiga ham qarshi emas. Chunki kimgadir bu inqiroz bo‘lsa, kim uchundir esa imkoniyatlar darchasi.

Va ehtimolki, bu odamlar - bir-biridan ayro holda Amerikaga nisbatan vatanparvarlik hissini tuyar ham, ammo birgalikda olganda uning asosiy ichki dushmanini tashkil qiladi.

Shu bilan birga, eng murosasiz elitalar yoki elita bo‘lishni xohlagan, lekin bo‘la olmagan va Rossiyadagi fojialarni Florida yoki hech bo‘lmaganda Koloradodan, yoki hech omad kulib boqmasa, Kiyevdan turib "layk"lash uchun emigratsiya qiladigan Rossiyadan farqli o‘laroq - amerikaliklarni boradigan joyi yo‘q. Ular allaqachon Amerikada, ular muvaffaqiyatga erishish uchun hamma narsani qilgan, ammo endilikda ularga taqdim etilgan veksel bo‘yicha hisob-kitob qilishdan bosh tortishmoqda.

Sammit YeS v Brussele - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa ittifoqi bosh diplomati Amerika asri tugaganini e’lon qildi

 

Diqqat, savol: "Jo bobo" yoki qora temir xonim bu odamlarning ko‘nglini qay tarzda ovlay oladi yoki ularni qanday qilib tinchlantira oladi? Maqsadli auditoriya ko‘z o‘ngida ikki yuqori martabali mansabdor shaxsdan birining jinsi va terisi rangini  almashtirib, buni uning real qudrati tufayli erishilgan yutuq sifatida ko‘rsatishga urinib ko‘rmoqchimi? Bu elitariylar ichidagi ichki raqobat muammolariga qandaydir yechim bo‘la oladimi?

Axir hukumat xuddi avvalgi kabi, rezinalimas.

...Aytgancha, hukumat haqida.

Stanislav Pritchin - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy Osiyo ikki o‘t – AQSh va Xitoy orasida qoldi – Pritchin

Turli davlatlarda elitalar go‘yoki nimasi bilandir farqlanadi, deb o‘ylashga hojat yo‘q. Mamlakatimiz misolida ko‘rib turibmizki, yildan-yilga, biri qo‘yib ikkinchisi mahalliy boyarlarning turli qismlari muntazam ravishda hamma narsani butkul unutib, xursand tarzda tartibsizlik hujumi o‘yiniga kirishadilar - va har gal bu ish bilan, kesatib aytganda, to o‘rmonchi kelguniga qadar mashg‘ul bo‘lishadi.

Va aynan shu bois, AQShning sayyoradagi eng muhim derjavalardan biri (ustiga ustak eng yorqin ham - Amerika, o‘zining media qudrati tufayli, ustimizda go‘yoki osmondagi o‘chirib bo‘lmaydigan televizor kabi osilib turadi) sifatida hozirgi va kelajakdagi taqdiri bizning elitalarimiz uchun ham aniq saboq bo‘ladi, deb umid qilish uchun asos bor.

Bu bilan amerikaning ilg‘or tajribasi takrorlanishidan bizni qutqaradi.

Yangiliklar lentasi
0