TOShKENT, 4 avg — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Axios portaliga bergan intervyuda "Yaqin Sharqqa qo‘shinlarni yuborish - AQSh tarixidagi eng katta xato", deb aytdi.
“Biz IShID*ni yo‘q qildik... bu 100 % halifat... Biz al-Bag‘dodiy (IShID rahbari Abu Bakr), Sulaymoniy (Eron generali – tahr.)ni “yo‘q qildik”, men boshqa prezidentlar qilmagan ko‘p ishlarni qildim. Ular umuman Yaqin Sharqqa hech qachon borishi kerak emas edi”, - dedi Tramp.
"Yaqin Sharqqa borish va uning ishlariga aralashish to‘g‘risida qaror - mamlakatimiz tarixidagi yagona katta xato bo‘ldi", - dedi AQSh rahbari.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot