"Rossiya propagandasi" haqidagi hisobotga AQShdagi RF elchixonasi izoh berdi

© Sputnik Gosudarstvenniy departament SShA
 Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Avvalroq, Davlat departamenti qoshidagi Global hamkorlik markazi "Rossiya dezinformatsiyasi ustunlari" haqida hisobotni e’lon qilgan bo‘lib, unda "Rossiya targ‘iboti" konsepsiyasi tizimlashtirilgan edi.

TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Davlat departamentining "Rossiya propagandasi" haqidagi hisoboti Moskvaning AQSh bilan hamkorlikni qayta tiklash bo‘yicha takliflarini "so‘ndirish"ga mo‘ljallangan, deya bayonot berdi Rossiyaning Vashingtondagi elchixonasi.

Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Davlat departamenti "Rossiya propagandasi" asoslari haqida hisobot e’lon qildi

Avvalroq, Davlat departamenti qoshidagi Global hamkorlik markazi "Rossiya dezinformatsiyasi ustunlari" haqida hisobotni e’lon qilgan bo‘lib, unda "Rossiya targ‘iboti" konsepsiyasi tizimlashtirilgan edi. Jumladan, "propaganda" ta’rifi davlat tomonidan moliyalashtirilgan Rossiya OAVlariga nisbatan qo‘llanildi.

Dezinformatsiyalarga misol sifatida jumladan, Sputnik, RIA Novosti, RT, Birinchi kanal, Rossiya 24 va boshqa media-resurslar sarlavhalari keltirilgandi.

Diplomatik vakolatxona "AQShni tanqid qilishga jur’at qiladigan" Rossiya va xorijiy OAVlariga "ular sinchkovlik bilan tekshirilishi mumkinligi" haqida yodda tutishlari lozimligi, qolaversa ularning amerika ijtimoiy tarmoqlaridagi resurslari hech qanday tushuntirishlarsiz bloklab qo‘yilishi haqida maslahat berdi.

Telekanal Russia Today - Sputnik O‘zbekiston
"Chegara bilmas reportorlar" RT va Sputnik bilan bog‘liq vaziyatni qoraladi

Elchixona ta’kidiga ko‘ra, Davlat departamentiga "muqobil axborot manbalarining mavjudligi sira yoqmaydi". Ularni obro‘sizlantirish uchun "jiddiy resurslar jalb qilingan".

"Vashingtonga zid bo‘lgan har qanday ovoz Kreml va Rossiya maxsus xizmatlariga xizmat qiluvchi "dezinformatsiya", deya e’lon qilinadi", - degan diplomatlar Feysbukda e’lon qilingan izohlarida.

Elchixona dokladda keltirilgan mantiqsiz ta’kidlardan misol keltirgan. Xususan, AQSh tashki siyosiy idorasi "rasmiy hukumat kommunikatsiyalari" ro‘yxatiga LDPR yetakchisi Vladimir Jirinovskiy va "Govorit Moskva" xususiy radiosini qo‘shib qo‘ygan.

"Agar bu amerikalik hamkasblar tomonidan o‘ta sinchkovlik bilan qurilgan konstruksiya cho‘qqisi bo‘lsa, u holda u ko‘proq kartadan yasalgan uychaga o‘xshaydi", - degan elchixona vakillari.

RT telekanali anjumani - Sputnik O‘zbekiston
AQSh razvedkasi Sputnik va RT faoliyati bilan qiziqdi

AQSh Davlat departamenti "Rossiya tomonidan bo‘layotgan xabarlarni soxtalashtirish va propagandaga qarshi turish uchun" uchun 2021-yil uchun davlat budjetidan 138 million dollar so‘ragan. Kreml va RF TIV bundan oldin ham Rossiya nomiga dezinformatsiya bo‘yicha qo‘yilayotgan ayblovlarni ko‘plab marotaba rad etgan.

AQShda chet el bo‘yicha xabarlar davlat agentligi - "Amerika Ovozi" va Ozodlik/Ozod Yevropa radiosi bosh tuzilmasi mavjud bo‘lib, ularni RF Adliya vazirligi boshqa OAVlar bilan bir qatorda xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritgan. 1994-yildan buyon BBG deb nomlangan tashkilot 2018-yilda AQShning global OAVlari bo‘yicha agentligi (USAGM) etib qayta nomlangan. Uning doirasida faqatgina internetda uzatiladigan tele-dasturlar ishlab chiqariladi. Agentlik to‘laligicha AQSh budjetidan moliyalashtiriladi, 2017-yilda uning xarajatlari 748 million dollarni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0