"Chegara bilmas reportorlar" RT va Sputnik bilan bog‘liq vaziyatni qoraladi

Obuna bo‘lish
RSF bayonotida OAVning ta’qiqi yoki yopilishi "Rossiya segodnya" bosh direktori Dmitriy Kiselovga qarshi sanksiyalarning bir qismi sifatida qabul qilinishi mumkin emasligi ta’kidlangan.

TOShKENT, 11-iyul - Sputnik. "Chegara bilmas reportorlar" Latviya va Litvadagi RT va Sputnik bilan bog‘liq vaziyatdan tashvishdaligini bildirdilar.

Pavilon kompanii RT (Russia Today) - Sputnik O‘zbekiston
RTning taqiqlanishi: G‘arb Rossiyaga qarshi ishlashni unutib qo‘ygani haqida

Xalqaro tashkilot bu ikki mamlakatga YeI sanksiyalari qanday ishlashi haqida tushuncha berishga qaror qildi, deb yozadi Sputnik Blijnee zarubejye.

RSF bayonotida OAVning ta’qiqi yoki yopilishi "Rossiya segodnya" bosh direktori Dmitriy Kiselevga qarshi sanksiyalarning bir qismi sifatida qabul qilinishi mumkin emasligi ta’kidlangan.

"Mustaqil va ishonchli yangiliklar reportajlarini himoyalash va oldinga surish qonuniy bo‘lsada, RSF ushbu ta’qiqlarni YeI sanksiyaviy siyosatini suiiste’mol qilish sifatida baholaydi. OAVning ta’qiqi yoki yopilishi "Rossiya segodnya" bosh direktori Dmitriy Kiselevga qarshi sanksiyalarning bir qismi sifatida qabul qilinishi mumkin emas", - deyiladi RSF bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, joriy haftada Latviya va Litva RTga o‘z davlatida ta’qiq qo‘ydi. O‘tgan yil yakunida Sputnik Estoniya xodimlari respublika hukumati tomonidan bo‘lgan jinoiy ta’qib xatari tufayli redaksiya bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatishga majbur bo‘lgan edilar.

Yangiliklar lentasi
0