TOShKENT, 29 sen — Sputnik. AQSh milliy razvedkasi direktori Djeyms Klepper Sputnik va RussiaToday axborot agentliklarini, AQSh kongressmenlari so‘roviga binoan, maxsus hisobotga kiritdi, deyilgan Yahoo News xabarida.
“Rossiya tomonidan moliyalashtirilayotgan RT va Sputnik media manbaalari o‘z mushtariylari sifatida Yevropa jamoatchiligining turli xil faollardan tashkil topgan guruhlarni tanlab olgan. Ular orasida tabiatni muhofaza qiluvchilar, jomoat faollari, ultrao‘ng va ultrachap guruh vakillari bor. RT telekanali o‘z dasturlariga, tez-tez “shubhali obro‘ga ega bo‘lgan” siyosiy vakillarni taklif qilmoqda. Ushbu kanal Yevropa parlamentining radikal fraksiyalariga alohida e’tibor beradi va ularga o‘z efirining katta qismini ajratadi”, — deyilgan Yahoo News ixtiyorida bo‘lgan xatda.
Milliy razvedka hisobotida aytilishiga ko‘ra, Yevropa va Yevroosiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirishga harakat qilayotgan Moskva, o‘ziga ruhan yaqin bo‘lgan siyosiy partiyalar va nodavlat tashkilotlar bilan siyosiy va moliyaviy munosabatlarini yaxshilashga harakat qilmoqda.