AQSh Davlat departamenti "Rossiya propagandasi" asoslari haqida hisobot e’lon qildi

© Commons.wikimedia / AgnosticPreachersKidGosudarstvenniy departament SShA
Gosudarstvenniy departament SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, "Rossiya dezinformatsiyasi"ga uyushgan sa’y-harakatlar qarshi qo‘yilgan bo‘lib, AQSh ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan

TOShKENT, 6 avg - Sputnik. Davlat departamenti chorshanba kuni "Rossiya dezinformatsiyasi va propagandasi ekotizimi asoslari" haqida hisobotni e’lon qildi, unda u o‘zining "rus targ‘iboti" haqidagi konsepsiyasini tizimlashtirgan bo‘lib, xususan, "propaganda" tushunchasiga - davlat tomonidan moliyalashtiriladigan Rossiya OAVlari kiritilgan.

Pavilon kompanii RT (Russia Today) - Sputnik O‘zbekiston
RTning taqiqlanishi: G‘arb Rossiyaga qarshi ishlashni unutib qo‘ygani haqida

"Rossiyadagi xabarlarni buzib ko‘rsatish va targ‘ibot ekotizimi - bu rasmiy, qo‘l ostidagi, alohida belgilari bo‘lmagan kommunikatsiya kanallari va platformalari yig‘indisi bo‘lib, Rossiya ulardan soxta voqealarni yaratish va ular ta’sirini kuchaytirish uchun foydalanadi. Ushbu ekotizim besh asosiy ustundan iborat: rasmiy hukumat kommunikatsiyalari, davlat tomonidan moliyalashtiriladigan global eshittirishlar, qo‘l ostida mavjud resurslar kultivatsiyasi, ijtimoiy tarmoqlardan qurol sifatida foydalanish va kibermakondagi faoliyat orqali soxta ma’lumotlar tarqatish. Kreml ushbu taktika va platformalar kultivatsiyasi uchun bevosita javobgar - bu uning ma’lumotlardan qurol sifatida foydalanish bo‘yicha dasturining bir qismidir", deyiladi hisobotda.

Povsednevnaya jizn v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Tashviqot yangilikka qarshi: G‘arb matbuoti nima sababdan yutqazmoqda

Dezinformatsiyalarga misol sifatida jumladan, Sputnik, RIA Novosti, RT, Birinchi kanal, Rossiya 24 va boshqa media-resurslar sarlavhalari keltirilgan. Xususan, RIA Novostining "(Buyuk Britaniya bosh vaziri) Jonsonga o‘pkaning sun’iy ventilyatsiyasi o‘tkazilishi" haqidagi maqola dezinformatsiya deya atalgan. Bu dezinformatsiya ekanligini tasdiqlovchi hech qanday dalil keltirilmagan.

Davlat departamenti bayonotiga ko‘ra, "Rossiya dezinformatsiyasi"ga uyushgan sa’y-harakatlar qarshi qo‘yilgan bo‘lib, AQSh ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan.

"Rossiya kultivatsiya qilishda davom etayotgan ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish va targ‘ibot ekotizimi o‘z raqiblaridan xoli emas. Unga ushbu taktikaga toqat qilishdan bosh tortayotgan hukumatlar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, olimlar, matbuot, xususiy sektor va fuqarolarning dezinformatsiyaga qarshi bo‘lgan rivojlanayotgan hamjamiyati qarshi chiqmoqda. Davlat departamenti ushbu hisobotni qo‘shma sa’y-harakatlarga qo‘shayotgan hissa sifatida taqdim etmoqda", - deyiladi hujjatda.

Rukovoditel Sputnik Estoniya Yelena Cherisheva  - Sputnik O‘zbekiston
Sputnik Estoniya bosh muharriri OBSEga OAVga bosim haqida so‘zladi

AQSh Davlat departamenti "Rossiya tomonidan bo‘layotgan xabarlarni soxtalashtirish va propagandaga qarshi turish uchun" uchun 2021-yil uchun davlat budjetidan 138 million dollar so‘ragan. Kreml va RF TIV bundan oldin ham Rossiya nomiga dezinformatsiya bo‘yicha qo‘yilayotgan ayblovlarni ko‘plab marotaba rad etgan.

AQShda chet el bo‘yicha xabarlar davlat agentligi - "Amerika Ovozi" va Ozodlik/Ozod Yevropa radiosi bosh tuzilmasi mavjud bo‘lib, ularni RF Adliya vazirligi boshqa OAVlar bilan bir qatorda xorijiy agentlar ro‘yxatiga kiritgan. 1994-yildan buyon BBG deb nomlangan tashkilot 2018-yilda AQShning global OAVlari bo‘yicha agentligi (USAGM) etib qayta nomlangan. Uning doirasida faqatgina internetda uzatiladigan tele-dasturlar ishlab chiqariladi. Agentlik to‘laligicha AQSh budjetidan moliyalashtiriladi, 2017-yilda uning xarajatlari 748 million dollarni tashkil etdi.

Yangiliklar lentasi
0