Tramp: demokratlardan ko‘ra Rossiya bilan ishlash osonroq

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishPrezident Ameriki Donald Tramp
Prezident Ameriki Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Demokratik partiya vakillari biroz telba, dedi Donald Tramp Viskonsin shtatidagi harbiy kemasozlik zavodida so‘zlagan nutqida.

TOShKENT, 26-iyun — Sputnik. Demokratlar bilan ishlagandan ko‘ra Rossiya, Xitoy va KXDR bilan ishlash osonroq dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.

“Mening bir do‘stim, juda aqlli kishi... mendan so‘radi: “Qanday millat bilan ishlash qiyinroq – Xitoy yoki Rossiya? Balkim Shimoliy Koreya? Men unga: Ishlash eng og‘ir bo‘lgan millat – bu AQSh demokratlari. Ular bilan ishlash har qanday millat bilan ishlashdan ko‘ra og‘irroq. Ularning aqli past va ular biroz telbaroq. Sizlarning ishinglar menikiga qaragandan ancha osonroq. Men bular (demokratlar) bilan qanday kechinmalarni boshimdan o‘tkazganimni bilmaysizlar ”, - dedi AQSh prezidenti kemasizlik zavodi ishchilariga.

Fincantieri Marinette Marin  - dunyoda eng yirik kemasizlik zavodlaridan biri bo‘lgan Italiyaning Fincantieri korxonasining AQShdagi sho‘’basi. Zavod 1942-yilda AQSh Ikkinchi jahon urushiga kirishgan vaqtda qurilgan.

Yangiliklar lentasi
0