Koronavirus ustidan g‘alabadan so‘ng AQShni "oltin asr" kutmoqda, dedi Amerika yetakchisi Donald Tramp.
Moskva davlat universiteti AQShni o‘rganish bo‘yicha Ruzvelt nomidagi jamg‘armasi direktori Yuriy Rogulevning so‘zlariga ko‘ra, Trampning so‘zlari va bayonotlari shunchaki ritorikadir, chunki faktlar bilan tasdiqlanmagan.
"U allaqanday muvaffaqiyatlarni namoyish etishi kerak, chunki saylovlar yaqinlashmoqda. U optimizmni uyg‘otishi, hammasi yaxshi ketayotganini va kelajakda bundan ham yaxshiroq bo‘lishini aytishi kerak", - dedi mutaxassis Sputnik radiosining efirida.
Rogulevning ta’kidlashicha, Tramp bunday bayonotlarni bir necha bor bergan.
Shu bilan birga, ekspert AQSh dunyo ustidan hukmronlik qilish siyosatini davom ettirsa, katta muammolarga duch kelishiga ishonch bildirdi.
"Bunday siyosatni olib borishda AQSh yanada ko‘proq qiyinchiliklarga duch keladi. Shuning uchun men buni "oltin asr", yoki aniqrog‘i, so‘nggi yillarda bu kabi olib borgan siyosati bilan AQSh uchun optimistik kelajak keladi deb hisoblamayman", - deya xulosa qildi Rogulev.