Yevropa va Amerika Rossiya tufayli jangga kirmoqda

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishStroitelstvo gazoprovoda "Severniy potok-2" v Leningradskoy oblasti
Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Shimoliy oqim-2" qurib bitkazilishi arafasida Yevropa rahbariyatiga AQShning po‘pisali ovozi yoqmayapti, ular keskin javob choralari kiritishga tayyor. AQSh va YeI orasida sanksiyalar jangi boshlanishi mumkin.

“Shimoliy oqim – 2” haqidagi ko‘p qismli hikoya kutilmagan ravishda o‘z davomiga ega bo‘ldi. AQShning Rossiya gaz quvurini ishga tushirishni to‘xtatish borasida amalga oshirayotgan urinishlari, Yevropa tomnidan nafaqat qo‘llab-quvvatlanmasligi balkim YeIda AQSh sanksiyalaridan himoyalanish tizimi paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin, deb yozadi RIA Novosti kolumnisti.

“Shimoliy oqim – 2” tufayli AQSh manfaatlariga yetayotgan zarar bilan Yevropada sanksiyalarga qarshi tizim paydo bo‘lishidan kelayotgan zararni hisoblasa – Rossiya gaz quvuri bularning oldida arzimas narsaga aylanib qoladi. Xususan Vashington Brusselga yoki Yevropa kompaniyalariga bosim o‘tkazishdan mahrum bo‘lsa – bu amerika tashqi siyosati uchun planeta miqyosidagi falokatga aylanadi.

AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanksiyalar bilan dag‘dag‘a qilmoqda

O‘tgan haftada Davlat Departamenti va Yevrokomissiya orasidagi mojaro yana o‘tkirlashdi.Ikkala tomon diplomatlari o‘zaro tanqidli, keskin va tahdidli bayonotlar bilan almashishdi.

Mayk Pompeo Tillerson shartini yo‘q qilishni va’da berdi,  ya’ni “Shimoliy oqim – 2” qurishda ishtirok etgan Yevropa kompayanilarga qarshi sanksiyalar kiritish bilan po‘pisa qildi. Tillerson sharti - AQSh qonunchiligida Rossiya va Gazpromga qarshi birinchi sanksiyalar kiritish paytida paydo bo‘lgan edi. Tillerson (o‘sha vaqtdagi AQSh davlat kotibi) Yevropaning yirik neft va gaz kompaniyalarini jazolash – bu yaxshi ish emasligini tushungan holda Pompeoning Yevropaga safari oldidan ularni bekor qilgan edi. Yevropa kompaniyalari uchun sanksiyalarni– shunchaki qo‘rqitish uslubi deb tushunish kerak edi.

Endi bo‘lsa AQSh Davlat departamenti rahbari “Shimoliy oqim – 2” da ishtirok etayotgan barcha kompaniyalarni darhol uni tark etishga yoki sanksiyaga tushishi bilan qo‘rqitdi. Amerikancha sanksiyalar esa ular uchun - amerikadagi biznesidan mahrum bo‘lish, dollar tizimidan chiqarish,  aktivlarni musodara qilish va rahbariyat uchun AQShga tashrif buyurish ta’qiqlanishdan iborat bo‘lishi mumkin.

Truboukladochnoe sudno Soliter - Sputnik O‘zbekiston
Mutaxassis “Shimoliy Oqim-2” qachon bitishi mumkinligini aytdi

Undan tashqari Amerikaning zarbasi ostiga Yevropaning minglab kichik korxonalari ham tushib qolishi mumkin. Masalan, port xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar, sug‘urta xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar. Lekin bizning fikrimizcha, ayrim G‘arb OAVlari ham bunga qo‘shiladi, Davlat Departamenti “Gazprom”ning eng yirik yevropalik hamkorlarini jazolamoqchi, Wintershall, OMV, Engie, Shell va Uniper.

Bir tomondan bu Vashingtonning “Shimoliy oqim-2”ni bloklashga qaratilgan qarashlarining naqadar jiddiy ekanini ko‘rsatadi. Boshqa tomondan esa – bunday yo‘l bilan nimalarga erishish mumkin – axir Gazpromning yevropalik hamkorlari loyihaga allaqachon pullarini tikib bo‘lgan, quvurning o‘zi esa Rossiya kompaniyasi tomonidan qurib bitkazilmoqda. Gazprom hozir gaz quvurining xo‘jayini kompaniyaning yagona aksioneridir.

Shunday qilib, xorijiy kompaniyalar ayni damda loyihadan chiqmoqchi bo‘lishsa ham buning iloji yo‘q, chunki poyezd allaqachon ketib bo‘lgan. Demak, Yevropa kompayanilariga qarshi kiritilgan sanksiyalar, bu - gaz quvurini bloklash nuqtayi nazaridan hech qanday ma’noga ega bo‘lmagan,  qasos. Albatta Vashington Yevropada Rossiya gazi xaridorlariga nisbatan sanksiyalar kiritishga harakat qilib ko‘rishi mumkin, lekin unda u qator texnik muammolarga va tashqi siyosiy xatarlarga duch keladi.

“Gazmprom” gazini shunday sotish tizimini yaratish mumkin-ki, unda yakuniy xaridorlarkimligini aniqlash juda mushkul bo‘lishi mumkin. Ana unda AQSh sanksiyalar samarasiz ekanini tan olishga yoki barcha kompaniyalar uchun yoppasiga sanksiya kiritishga majbur bo‘ladi. Kelajakda bunday ssenariy amalga oshishi mumkin, albatta, lekin uning oqibatlari Vashingtonga xush kelishi amri mahol.

Pribitie truboukladchika Akademik Cherskiy v port Kaliningrada - Sputnik O‘zbekiston
Daniya “Shimoliy Oqim-2”ni yangi kemalar yordamida bitkazishga ruxsat berdi

YeI tashqi siyosat va xavfsizlik bo‘yicha vakili Jozep Borrel o‘zining yozma bayonotida AQShning Yevropa Ittifoqiga ta’sir qilishga urinishlarini qoralab chiqdi:

“Men Yevropa kompaniyalari va manfaatlariga qarshi AQSh tomonidan kiritilayotgan sanksiyalar va po‘pisalarning soni o‘sishidan chuqur xavotirdaman. Biz ushbu choralar tobora keng qo‘llanilishi oqibatlarini Eron, Kuba, Xalqaro jinoiy sud  va yaqinda “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” misolida guvoh bo‘ldik. Yevropa siyosati uchinchi tomonlar tomonidan emas, mana shu yerda, Yevropada hal qilinishi kerak.

AQSh va YeI tashqi siyosati va xavfsizligi maqsadlari yagona bo‘lganda, sanksiyalarni muvofiqlashtirish juda muhimdir. Biz buning ijobiy natijalarini ko‘p marotaba ko‘rganmiz va bu tajribani davom ettiramiz. Siyosiy kelishmovchiliklar mavjud bo‘lgan hollarda esa, Yevropa Ittifoqi muhokamaga doim tayyor. Lekin ushbu muhokamani sanksiyalar po‘pisasi ostida olib borilishi kerak emas”.

Bir tomondan buni hech qanday oqibatga olib kelmaydigan oddiy “diplomatning bezovta uylari” va Vashington bunga e’tibor bermaydi deb qabul qilish mumkin. Lekin yaqinda AQSh biznesining muhim axborot manbaalaridan biri bo‘lgan Bloomberg, Germaniya tomonidan AQShning “Shimoliy oqim-2”ga kiritgan sanksiyalariga javob sanksiyalari kiritilishi mumkinligi va shu bilan kelajakda Qo‘shma Shtatlarni Yevropa energetika siyosatiga aralashmaydigan qilib qo‘yishi mumkinligi habar qilingan edi.

 Germaniya “Shimoliy oqim-2” ni to‘xtatishga urinish uchun AQShga sanksiyalar bilan tahdid qilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya “Shimoliy oqim-2”ni to‘xtatishga uringani uchun AQShga sanksiyalar bilan tahdid qildi

Yaqinda Borrel fransiyalik deputatning amerika sanksiyalari haqidagi savoliga javob berarkan shunday degan edi:

“Komissiya (Yevrokomissiya) kuchaytirilgan sanksiyalar kiritish uchun sharoit yaratmoqda. Ushbu choralar Yevropa uchinchi tomonlar kiritadigan tashqi sanksiyalariga nisbatan mustahkamligini oshiradi”.

Borrel ushbu mexanizm qanday bo‘lishini va u qachon kiritilishini aniq xabar qilmagan, deb yozgan edi 2 hafta oldin Britaniyaning “Reyter” agentligi.

AQShning barcha sanksiyalar siyosatini yo‘qqa chiqaruvchi eng oddiy mexanizm, ularning Yevropada sotilayotgan suyultirilgan gaziga qarshi bo‘lishi mumkin. 25 %li boj yoki uning Yevropaga importini ta’qiqilash “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalarini yo‘qa chiqarishi mumkin. Undan tashqari bunday choralar Respublikachilar partiyasiga homiylik qiladigan Amerika energetika kompaniyalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyaviy zarar yetkazishi mumkin. Imzolangan shartnomalarni bekor qilish – bu jiddiy yo‘qotishdir. Amerika kompaniyalari senator Mayk Pompeo va boshqa rusofob senatorlarning geosiyosiy abmitsiyalari uchun o‘z pullaridan mahrum bo‘lishni istamaydi. Albatta Yevropa diplomatlari boshqa muqobil yo‘llarini ham topishlari mumkin.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Ekspert: AQShning "Shimoliy oqim-2"ga qarshi sanksiyalari YeIni suverenitetidan mahrum qiladi

AQShning biznesining Yevropa bozorida og‘riqli nuqtalari yetarlicha bor. Agar Yevropa diplomatiyasining yo‘nalishi o‘zgarmasa va AQSh vanihoyat Brussel sanksiyalariga duch kelsa, “Shimoliy oqim-2”ning qurib bitkazilishi hech kim kutmagan natijalarga olib kelishi mumkin.

Yevropaga gaz yetkazib berish ishonchliligi ortishi bilan bir vaqtda, AQSh va YeI orasidagi munosabatlar sanksiyalar urushi bosqichiga o‘tishi mumkin. Bunday xavfdan qutilish uchun Davlat Departamenti, hozirning o‘zida Yevropa energetik gigantlariga nisbatn po‘pisalarini to‘xtatishi kerak. Lekin buning iloji bo‘lmasa kerak, chunki to‘xtatish – Yevropa suverenitetini tan olishni anglatadi. AQSh elitasi esa buni mutlaq o‘ziga ep bilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0