Qurbon hayiti bu yil o‘zgacha o‘tadi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrazdnik Kurban-Bayram v Moskovskoy Sobornoy mecheti
Prazdnik Kurban-Bayram v Moskovskoy Sobornoy mecheti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Payshanba kuni, quyosh botishi bilan, butun dunyo musulmonlari Islom taqvimining ikkita asosiy hodisalaridan birini - Qurbon Hayitini yoki “qurbonlik bayramini” nishonlashni boshlaydilar.

TOShKENT, 30-iyul - Sputnik. Payshanba kuni, quyosh botishi bilan, butun dunyo musulmonlari Islom taqvimining ikkita asosiy hodisalaridan birini - Qurbon Hayitini yoki “qurbonlik bayramini” nishonlashni boshlaydilar. Bu yil, koronavirus sharoitida bayram Rossiyada qanday nishonlanadi - RIA Novosti materialida.

Saudiya Arabistonida mavsumiy Haj ziyorati boshlandi.  - Sputnik O‘zbekiston
Haj ziyorati qanday o‘tmoqda - foto

"Afsus"

Odatda ish kunlarida moskvalik Timur Batrov masjidga uncha ko‘p kelolmaydi, lekin katta bayramlarda albatta keladi. Bir yilda esa ular atigi ikkita: Iyd al-Fitr (arab tilida) yoki Ro‘za-Bayram (turkiy tilda) va Iyd al-Adha yoki Qurbon Bayrami.

Bunaqa kunda odatda masjidlar gavjum. Eng asosiysiga - Mir shoh ko‘chasidagi jo’me masjidiga 100 mingdan oshiq odam keladi. So‘nggi yillar statistikasi muvofiq Qurbon hayiti Ro‘za Hayitidan mashhurroqdir: masjidlarga ko‘proq odam tashrif buyurishmoqda. Namozdan keyin sayllar uyushtiriladi - masjidlar yaqinida yoki bog‘larda.

"Bayramlarda doim yangi tanishlar paydo bo‘ladi. Men uchun, biznesmen sifatida bu foydali", - deydi Batrov.

Bu yil hammasi o‘zgacha. Ramazon hayiti kuni, 24-may kuni, musulmonlar uylarida, o‘z-o‘zini yakkalagan holatda ibodat qilishdi. Ammo ular Qurbon Hayitini dindoshlari bilan kutib olishga umid qilishgan.

Xadj v Mekku - video - Sputnik O‘zbekiston
Makkada Haj ziyorati boshlandi

"Shu kunlarda men, bayramga masjidga kirishga ruxsat berilmasligini bildim. Tushunaman, koronavirus. Baribir, biroz xafaman", - deb tan oldi Timur.

Odamlar soni iloji boricha kamroq

Rossiyada pandemiya pasayib bormoqda, ammo ba’zi cheklov choralari hamon amalda. Moskvada ommaviy tadbirlar taqiqlandi. Qurbon hayitida har yili 300 mingga yaqin musulmon shaharning to‘rtta masjidida va meriya tomonidan ajratilgan uchta maydonda namoz o‘qiydilar.

"Mavjud vaziyatni va Rospotrebnadzorning tavsiyalarini inobatga olgan holda, bayram namozi eng minimal odamlar: imomlar, muftiylar va masjid xodimlari ishtirokida o‘tkaziladi. Jami bo‘lib o‘n-o‘n beshta odam", - deydi Moskva shahar muftiysi Ildar Alyautdinov.

Qurbon bayrami Rossiyaning barcha mintaqalarida shu tarzda nishonlanadi.

Dindorlarga Moskva Jo’me masjididan tanslyatsiyani ochib qo‘shimcha bayramona namozni o‘qishlari maslahat berildi. Namozdan oldin Musulmonlar diniy boshqarmasi va Rossiya muftiylar kengashi rahbari shayx Ravil Gaynutdin nutq so‘zlaydi.

Asosiy marosim

Namozhonlar nima bo‘lmasin baribir Xudoga duolari orqali murojaat qilishlari bilan tasalli topadilar. Ular bayramning asosiy marosimi – qurbonlikni amalga oshiradilar.

Uni Bibliyada tasvirlangan voqea xotirasiga amalga oshiriladi. Xudo Avraamga (musulmonlarda - Ibrohim) o‘g‘li Ismoilni (yahudiy-nasroniylik an’analarida - Isoqni) qurbon qilishni buyurdi. Buyuk payg‘ambarlardan biri itoatkorlik bilan bolani qurbonlikka olib bordi. U pichoqni tortdi - lekin Xudo mo‘’jizaviy ravishda pichoqni o‘tmas qilib qo‘ydi.

Prezentatsiya kulinarnogo konkursa na luchshee prigotovlenie uzbekskogo plova - Sputnik O‘zbekiston
"Uch kunlik tinchlik": "Tolibon" Qurbon bayram vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishga qaror qildi

"Va o‘rniga Ibrohimga bir qo‘chqorni berdi. Bu bilan U shuni ko‘rsatdiki: Xudoga yaqinlashish uchun insonni qurbon qilish kerak emas, hayvonlar esa odamlarga itoatkorlik bilan xizmat qilishga chaqirilgan", - deb tushuntiradi muftiy Ildar Alyautdinov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu voqea hali ham dindagilar uchun dolzarbdir.

"Biz yangi sharoitlarga ko‘nikmoqdamiz, sog‘liq va umrlarni himoya qilish choralarini ko‘rmoqdamiz. Ammo dunyoda nimaiki bo‘lmasin, insonning Xudoga bo‘lgan ishonchi mustahkamligicha qolmoqda", - deb ta’kidlaydi Islomiy diniy yetakchi.

Muhtojlarga yordam

Siz qurbonlikni o‘zingiz yoki maxsus tayyorlangan odamlarning yordami bilan - uyga buyurtma berish orqali amalga oshirishingiz mumkin. Asosiysi - jamoat joyida bo‘lmasligi.

Bu yil Rossiya Muftiylar Kengashi qurbonlik narxini musulmon xayriya jamg‘armalariga o‘tkazishni tavsiya qiladi - ular ommaviy qurbonlikni va go‘shtni muhtojlarga markazlashgan holda tarqatishni tashkillashtiradilar.

Mirziyoyev zaslushal otchet o borbe s koronavirusom COVID-19 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: kasallarni davolashga ham, iqtisodiyotni ishlatishga ham majbur va mas’ulmiz

"Ehson qilguvchi niyatni aytib, mablag‘larni yuboradi va uning nomidan qurbonlik marosimi amalga oshirilishini so‘raydi", - deyiladi Kengash bayonotida.

Ruhoniylar musulmonlarga go‘shtni Islomning ko‘rsatmasiga binoan uch qismga bo‘lish kerakligini eslatadi: birini o‘ziga, ikkinchisini - dinidan qat’i nazar qo‘shnilari, qarindoshlari va do‘stlariga. Uchinchisini - muhtojlarga.

"An’anaga ko‘ra, Musulmonlar diniy boshqarmasi qoshidagi "Zakot" xayriya jamg‘armasi "Qurbon bayrami har bir uyda" aksiyasini o‘tkazadi. Qurbonlik qilingan hayvon go‘shti kam ta’minlanganlarga, invalidlarga, veteranlarga, nafaqaho‘rlarga, bolalar uylari, jamoatchilik tashkilotlari, ijtimoiy ta’minot markazlariga yetkaziladi.

Oziq-ovqat to‘plamlari Suriya va Falastinlik qochqinlarga, Afrika mamlakatlaridagi dindoshlarga yuboriladi. Muftiyning so‘zlariga ko‘ra, musulmonlar hatto pandemiya davrida ham Rossiyadagi hamda chet ellardagi qiyin ahvolga tushganlarga yordam berishadi.

Yangiliklar lentasi
0