TOShKENT, 29-iyul - Sputnik. Tarixda birinchi marta Haj ziyorati muqaddas Ka’ba toshiga teginilmasdan va chet ellik ziyoratchilarsiz o‘tmoqda.
Joriy yil pandemiya tufayli faqat odatdagi 2,5 million o‘rniga faqat mingga yaqin kishilargina ushbu ziyoratda ishtirok eta oladi.
Shuningdek, ziyoratchilardan ibodatlar vaqtida niqob taqish va ijtimoiy masofani saqlash talab qilingan.
Ziyorat olti kun davom etadi va 2-avgustda nihoyalanadi.