"Uch kunlik tinchlik": "Tolibon" Qurbon bayram vaqtida o‘t ochishni to‘xtatishga qaror qildi

© SputnikPrezentatsiya kulinarnogo konkursa na luchshee prigotovlenie uzbekskogo plova
Prezentatsiya kulinarnogo konkursa na luchshee prigotovlenie uzbekskogo plova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Tolibon" radikal harakati shu bilan birga, Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari hujum uyushtiradigan bo‘lsa, jangarilar javob harakatlarini amalga oshirishlari mumkinligi haqida ogohlantirgan.

TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. "Tolibon" radikal harakati Afg‘onistonda Qurbon hayiti bayrami vaqtida uch kunga o‘t ochishni to‘xtatish qarorini qabul qildi. Bu haqda harakat bayonotida aytilgan.

Chleni terroristicheskogo dvijeniya Taliban v Afganistane - Sputnik O‘zbekiston
Pentagonning "Tolibon" bilan "birodarligi" qanday yakun topadi

"Vatandoshlarimiz baxtiyor baramni osuda va quvonch bilan o‘tkazishlari uchun "Islom amirligi"ning barcha jangchilariga Qurbon hayiti ayyomining uch kunu uch tuni davomida o‘zlari tomondan dushmanga qarshi hech qanday operatsiyalarni o‘tkazmaslikka ko‘rsatma beriladi", - deyiladi toliblar bayonotida.

Shu bilan birga, "Tolibon" Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari hujum uyushtirgan taqdirda, jangarilar javob harakatlarini amalga oshirishlari mumkinligidan ogohlantirgan.

Amerikancha “Tolibongeyt” - bu fitnaning maqsadi nima? >>>

Ilgariroq, "Tolibon" harakatining Qatardagi siyosiy ofisi vakili Suxayl Shaxin toliblar Qurbon-bayrami kechasiga qadar barcha afg‘on asirlarini ozod etishga va modomiki o‘zaro asirlar almashinuvi ro‘y bersa, bayram tugashi bilan afg‘onlararo muzokaralarni boshlashga tayyor ekanliklarini ma’lum qilgan edi.

Qobul toliblar iskanjasida: Afg‘oniston MOda qanday qilib "tayanch nuqta"ni topa oladi >>>

Eslatib o‘tamiz, musulmonlarning muqaddas bayrami- Qurbon hayiti sanasi etib joriy yil 31-iyul e’lon qilindi.

Fevral oyi oxirida Qatardagi tadbir davomida AQSh va "Tolibon" 18-yil deganda birinchi marta tinchlik bitimi imzoladi. Hujjat 14 oy davomida Afg‘onistondan chet el qo‘shinlari olib chiqilishi va o‘zaro asirlar almashuvidan so‘ng afg‘onlararo muzokaralar boshlanishini nazarda tutadi.

Yangiliklar lentasi
0