Rossiya nima sababdan “Katta yettilik”ka qo‘shilishni istamaydi?

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishPrezident SShA Donald Tramp i kansler Germanii Angela Merkel
Prezident SShA Donald Tramp i kansler Germanii Angela Merkel - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vashington va Berlin Moskvani “Katta yettilik” sammitiga taklif qilish-qilmaslik borasida bahslashmoqda.

TOShKENT, 29-iyul - Sputnik, Galiya Ibragimova. Vashington va Berlin Moskvani “Katta yettilik” sammitiga taklif qilish-qilmaslik borasida bahslashmoqda. Donald Tramp muzokaralarda Vladimir Putinni ko‘rishni istaydi, Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas esa Ukraina muammosi tufayli Rossiya yetakchisi bilan aloqa qilishning iloji yo‘qligini ta’kidlaydi. Kreml umuman G7ga intilmayotganini va BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy besh a’zosi bo‘lgan “yadroviy beshlik” uchrashuvini afzal ko‘rishini ma’lum qildi. Voqealarning rivojlanishining eng ehtimoliy ssenariysi - RIA Novosti materialida.

“Xavfsizlik - bu tovar emas”

Germaniya Federativ Respublikasi va AQSh bu yil diplomatik munosabatlarning 65-yilligini nishonlamoqda. Vashington va Berlin ittifoqi yevroatlantika xavfsizligining kafolati hisoblanadi. Biroq yubiley buzilishi mumkin.

Yozning boshida, AQSh prezidenti hiyla qilmayotgani va haqiqatan ham 9500 amerikalik harbiylarini Germaniyadan olib chiqishga tayyorlanayotgani aniq bo‘ldi. Asosiy sabab - Germaniya hukumatining Shimoliy Atlantika ittifoqiga xarajatlarni ko‘paytirishdan bosh tortayotgani. Berlin Amerika tovarlariga bojlarni kamaytirishdan bosh tortayotgani ham Oq uyga nomaqbul.

Flagi Yevrosoyuza i stran G7 - Sputnik O‘zbekiston
Germaniya TIV rahbari Rossiyaning G7 ga qaytishiga qarshi chiqdi

“Tramp NATOni savdo tashkiloti bilan adashtirmoqda. Xavfsizlik tovar emas va u faqat o‘zaro bo‘lishi mumkin”, - deb Amerika yetakchisiga e’tiroz bildirmoqchi bo‘ldi Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauyer. Lekin behuda.

“Agar nemislar bizning himoyamiz ostida bo‘lishni istasalar, qarzlarini to‘lashsin va NATO budjetiga to‘lovlarini oshirishsin”, - deya Amerikaning Berlindagi sobiq elchisi Richard Grenell davom ettirdi. Tramp uning so‘zlariga qo‘shildi.

Yevroittifoqining energiya xavfsizligi masalasida ham birlik yo‘q. Amerikaliklar “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” yevropaliklarning Rossiya gaziga qaramligini oshiradi va siyosiy xavflarni tug‘diradi deb ta’kidlashni davom ettirmoqdalar.

Nemislar bunga rozi emas, ularga Vashingtonning aralashuvi yoqmayapti. Amerikaliklar Rossiyaning energetik loyihalarida ishtirok etayotgan yevropalik ishtirokchilarga qarshi yangi sanksiyalarni joriy etish orqali o‘zlarining  aytganida turibdilar.

“Xitoyga qarshi ittifoq”

Ko‘rinishidan Berlin va Vashington Moskva borasida konsensusga ega: Qrimni Rossiya bilan birlashishini tan olmaslik, Ukrainaning janubiy-sharqidagi mojaroda Kiyevni qo‘llab-quvvatlash. Ammo boshqa masalalar bo‘yicha yaqinda ziddiyatlar paydo bo‘ldi.

Davlat departamenti o‘tgan hafta Xitoyga qarshi ittifoq tuzish rejalarini e’lon qildi. Bunda Mayk Pompeo bu masalada Moskvani ham jalb qilishni taklif qildi. Prezident Tramp esa Vladimir Putinni sentabr oyida bo‘lajak G7 sammitiga taklif qilish g‘oyasini esladi. Garchi “Katta sakkizlik”ni qayta tiklash haqida gap bormasa-da, ammo bu Xitoyga qarshi ittifoqni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyatdir - ehtimol, Vashingtonda shunday deb o‘ylashdi.

Germaniyada esa boshqacha mantiq. Angela Merkelning fikriga ko‘ra, Xitoy nafaqat AQSh, balki Yevropa uchun ham “tashqi siyosatdagi eng katta muammoga” aylanib bormoqda. Biroq, GFR kanslerining so‘zlariga ko‘ra, hozircha hech bir davlat Xitoyga bardosh bera olmaydi.

Sammit G20 v Gamburge - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G7 sammitini sentabrga ko‘chirdi va unga Rossiyani taklif qilish niyatida

“G7ning Xitoyga qarshi ittifoqqa aylanishi Berlinning manfaatlariga to‘g‘ri kelmaydi”, - dedi Merkel. U hali ham pandemiya avjiga chiqqan AQShga, sammitiga borishga arziydimi, degan savolga hali ham ikkilanmoqda.

Germaniya TIV rahbari Xayko Maas Trampning Putinni sammitga taklif qilish niyatiga mutlaqo qarshi.

“Qrim va Ukrainaning janubiy-sharqidagi harbiy qarama-qarshilik Rossiyaning G8dan chiqarilishiga ta’sir ko‘rsatdi. Bu muammolar hal etilmaguncha, Moskvaning ushbu formatdagi a’zoligini tiklanishiga hech qanday sababni ko‘rmayapman”, - dedi u.

Va qo‘shimcha qildi: bu muloqotga o‘rin yo‘qligini anglatmaydi. Maasning ta’kidlashicha, Rossiyasiz Ukraina, Suriya va Liviyadagi mojarolarni hal qilishda hech qanday rivojlanishga erishib bo‘lmaydi.

“Beshlik sammiti” bo‘yicha konsensus

Moskva ham muhokamaga o‘z munosabatini bildirdi. Tashqi ishlar vazirligi va Federatsiya kengashi har qanday Xitoyga qarshi uyushmalarda ishtirok etilishini rad etib, Xitoy bilan hamkorlik Rossiya uchun ustuvor yo‘nalish ekanligini ta’kidladi.

“Yettilik guruhi” G‘arb dunyosining birligini namoyish qilish vositasiga aylandi, ammo yangi yechimlarni ishlab chiqishni to‘xtatdi. Rossiya doim har qanday formatdagi muloqotga tayyor, lekin barcha ishtirokchilarning teng huquqliligi shartidagina”, - dedi Federatsiya Kengashining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev.

Fragment Kapitoliya - zdanie Kongressa SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
AQSh kongressi Rossiyaning G7 sammitiga qo‘shilishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi

Prezidentning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Moskva G7-ga qaytishga intilmayotganini tasdiqladi.

“Rossiya zamonaviy iqtisodiy voqelikka jiddiyroq javob berayotgan “Katta yigirmalik”ning samaradorligidan mamnun”, - deya tushuntirdi Peskov.

Buni G7-da ham tan olishgan. Vladimir Putinning BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari bo‘lgan besh davlatning sammitini tashkil etish tashabbusi ham katta qiziqish uyg‘otdi.

“Xalqaro ishlarda ko‘plab noaniqliklar to‘planib qolgan, ular dunyoning yetakchi davlatlari, yadroviy derjavalari e’tiborini talab qiladi. Shuning uchun bu kabi uchrashuv, mening fikrimcha, o‘z vaqtida, talabgir va foydali bo‘lardi”, - deya izoh berdi Rossiya prezidenti o‘z g‘oyasiga.

“Beshlik sammiti”ning formati va kun tartibi haqida uzoq munozaralarni chetlab o‘tishga muvaffaq bo‘lindi. AQSh, Fransiya, Xitoy va Buyuk Britaniya Rossiyaning taklifini qo‘llab-quvvatladilar va ular muhokama qilinishi kerak bo‘lgan holatlar borligiga qo‘shilishdi.

Dastlab “beshlik sammiti” sentabr oyida rejalashtirilgan edi. Pandemiya tufayli videokonferensiya shaklida bo‘lishi istisno etilmayapti. Hozirda muhokama qilinadigan mavzular doirasi aniqlanmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, e’tibor markazida mojaroli mintaqalardagi vaziyat, strategik qurollar nazorati va terrorizmga qarshi birgalikda kurash masalalari.

Rossiyaga pragmatik qarash

Dorj Marshall nomidagi Yevropa xavfsizlik tadqiqotlari markazi mutaxassisi Pal Dunay RIA Novosti-ga bergan intervyusida shoshilinch xulosalardan ogohlantirmoqda. Mutaxassis ko‘plab xalqaro masalalar bo‘yicha joriy AQSh-Germaniya ziddiyatlarni, shu jumladan Rossiyani G7-dagi ishtiroki bo‘yicha ham, shunchaki “so‘zlar urushi” deb atadi.

“Berlin Vashington bilan oshkora janjallardan chetlanishga harakat qilmoqda. Nemis rahbariyati Trampning hozirda barcha xatti-harakatlari Amerika saylovoldi kampaniyasi bilan bog‘liqligini tushunadi. AQSh prezidenti NATO ittifoqchilariga, hatto bu yevroatlantika xavfsizligiga zarar yetkazsa ham o‘z qat’iyatligini namoyish qilishga harakat qilmoqda. Ammo asosiy masalalar bo‘lgan “Shimoliy oqim-2”, Germaniyada Amerika harbiylarining joylashtirilganligi, Rossiya bilan hamjihatliklarda - GFR hukumati o‘z pozitsiyasini aniq ifoda etmoqda”, - deya tushuntiradi Dunay.

Mutaxassis yaqinlashib kelayotgan G7 sammiti atrofidagi o‘yinlarni uydirma deb hisoblaydi. U e’tiborni “yettilik”ning deyarli barcha a’zosi Xitoy, Hindiston, JAR, Braziliya kabi mintaqaviy derjavalarsiz global muammolarni hal qilish befoyda ekanligini bir necha bor tan olganiga qaratadi. YeI, shuningdek, Rossiyaning Yaqin Sharqdagi qator mojarolarni hal qilishdagi muhim rolini yaxshi tushunadi, deya ta’kidlaydi Dunay.

Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Zelenskiyning Rossiyaning G8᾽ga qaytish ehtimoli haqidagi so‘zlariga baho berdi

“Yevropa Rossiyaga pragmatik nigoh bilan qaraydi, buni Amerika to‘g‘risida gapirib bo‘lmaydi. Trampning Putinni G7 sammitiga taklif qilish haqidagi gaplari populistik harakatlardan boshqasi emas. Germaniyani esa Moskva bilan  hech bo‘lmasa energetika bog‘lab turipti. Va bu yerda Berlinning pozitsiyasi ravshan: Vashingtonning bosimiga qaramay, nemislar “Shimoliy oqim-2”dan voz kechmaydilar. Hatto kechikish bilan tugatilsa ham”, - deya ta’kidlaydi Dunay.

Rossiya xalqaro ishlar bo‘yicha kengashi (RSMD) bosh direktori Andrey Kortunov ta’kidlashicha, G7 hozirda uncha yaxshi bo‘lmagan holatda va Rossiya ziddiyatlarning yagona sababi emas.

“Yettilik guruhi” doim o‘zini “Katta yigirmalik” (G20) bilan taqqoslashga majbur. Shu bilan birga o‘z foydasiga emas. Ammo Moskvaning bo‘lajak sammitdagi ishtiroki borasida munozara hamon qiziq. Bu shuni ko‘rsatadiki, G‘arbda Xitoy bilan qarama-qarshilik muqarrarligini anglashmoqda. Rossiyaning ushbu formatga qaytishi esa uning G‘arbga tegishli ekanligini tasdiqlashi mumkin edi. Va bu, biz hamon Shimoliy Atlantika sivilizatsiyasining qadriyatlariga intilayotganimizni anglatar edi. Ammo Rossiya bunday geosiyosiy moslashuvga rozi bo‘lishi dargumon”, - deydi Kortunov.

Mutaxassislar ichki qayta qurish va maqsadlarni anglash bosqichi G8ni qayta tiklash uchun eng maqbul vaqti emas degan fikrga kelishdi. “Beshlik sammiti” undan ko‘ra istiqbolliroq. BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari har doim ham munozaralarda bir-birini tinglashmaydi. Davlat rahbarlarining shaxsiy uchrashuvi vaziyatni o‘zgartirishi mumkinligi ehtimoldan xoli emas.

Yangiliklar lentasi
0