AQSh kongressi Rossiyaning G7 sammitiga qo‘shilishi bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi

© Sputnik / Igor Mixalev / Mediabankka o‘tishFragment Kapitoliya - zdanie Kongressa SShA v Vashingtone
Fragment Kapitoliya - zdanie Kongressa SShA v Vashingtone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi Rossiyaning “Katta yettilik” uchrashuvlarida ishtirok etishiga qarshi qaror qabul qildi.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. AQSh kongressi vakillar palatasining tashqi ishlar bo‘yicha qo‘mitasi  Rossiyaning “Katta yettilik” uchrashuvlarida ishtirok etishiga qarshi qaror qabul qildi. Bu haqda RIA Novosti hujjat mualliflaridan biri bo‘lgan kongressmen Albio Sayres so‘zlariga tayangan holda xabar qilmoqda.

Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Zaxarova Zelenskiyning Rossiyaning G8᾽ga qaytish ehtimoli haqidagi so‘zlariga baho berdi

Hujjatda yozilishicha, Rossiya “o‘z qo‘shnilari hududiy yaxlitligini hurmat qilib, demokratik jamiyat meyorlariga amal qilmagunga qadar” G7᾽ga qo‘shilmasligi kerak.

“Katta yettilik” tarkibiga Germaniya, AQSh, Kanada, Yaponiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya kiradi.

1998 yil Rossiya ham unga a’zo bo‘lgan edi, biroq 2014 Qrim qaytarilgandan so‘ng klub a’zolari Sochidagi sammitga kelishdan bosh tortishgan. “Katta sakkizlik” yana “Katta yettilik”ka aylangan.

Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Tramp G7 yetakchilari bilan Rossiya tufayli janjallashib qoldi

Avvalroq Donald Tramp Vladimir Putinni 2020-yilda AQShda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan G7 sammitiga taklif qilishni va’da qilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, ko‘plab xalqaro masalalarni Rossiya bilan muhokama qilish kerak.

Keyinchalik Fransiya prezidenti Emmanuel Makron “Katta yettilik”ka a’zo mamlakatlar oxirgi sammit chog‘ida Rossiyani klubga taklif qilish masalasi borasida kelishuvga erisha olmaganliklarini ma’lum qilgan edi.

O‘z navbatida Vladimir Putin Moskva muloqotga tayyorligini bildirgan va “Katta sakkizlik” formatining qayta tiklanishini istisno qilmagan. Biroq bu Rossiyaning ko‘zda tutgan maqsadi emas.

Yangiliklar lentasi
0