Germaniya TIV rahbari Rossiyaning G7 ga qaytishiga qarshi chiqdi

© AFP 2023 / DAMIEN MEYERFlagi Yevrosoyuza i stran G7
Flagi Yevrosoyuza i stran G7 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Germaniya tashqi ishlar vaziri mamlakat Rossiyaning “Katta yettilik” formatiga qaytishiga qarshi ekanini ma’lum qildi.

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Germaniya Rossiyaning “Katta yettilik” formatiga qaytishiga qarshi chiqadi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas Rheinische Post nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Diplomat Moskvani ushbu formatdan chiqarib yuborishga mamlakatga Qrimning qo‘shilgani hamda Ukrainadagi vaziyat sabab bo‘lganini ta’kidlagan.

“Ushbu masala hal qilinmagan ekan, men Rossiyani taklif etishning (G7 sammitiga - tahr.) imkonini ko‘rmayapman”, — dedi Maas. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.

Shuningdek,u AQSh prezidenti Donald Trampning G7 sammitiga Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani taklif etishga taklifiga ham qo‘shilmasligini ma’lum qildi. Vazirning so‘zlariga, Berlin uchun 11 yoki 12 ta mamlakat emas, balki aynan yettilik yoki yigirmatalik formati maqbul sanaladi.

Prezident SShA Donald Tramp vo vremya sammita G7 v Biarritse - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya dushman emas. AQSh sobiq davlat kotibi Trampning noto‘g‘ri yondashuviga ishora qildi

Shuningdek, Maas rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrovning tajribasiga yuqori baho bergan. Maas Rossiya TIV rahbari o‘z mamlakatining manfaatlarini izchil himoya qilib kelishi, biroq u bilan har doim “yechim topish” mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq Tramp G7 sammitini sentabrgacha qoldirishi va unga to‘rt davlatni - Rossiya, Hindiston, Janubiy Koreya va Avstraliyani taklif qilmoqchiligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “yettilik guruh” o‘z tarkibi bo‘yicha dunyoda sodir bo‘layotganlarni aniq aks ettirmayapti. Bu mamlakatlarning “juda eskirgan guruhi”.

Vladimir Putin o‘z navbatida, Moskva muloqotga tayyorligi va G8 formatini tiklanishini istisno etmasligi, lekin bu u uchun asosiy maqsad emasligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0