O‘zbekistonda koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga harbiylar jalb etiladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishVrachi v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19
Vrachi v gospitale dlya lecheniya zarajennix koronavirusnoy infeksiyey COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jalb qilinayotgan tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, o‘z vaqtida haq to‘lash, ularni zarur yakka tartibdagi himoya vositalari, oziq-ovqat va yotoq bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.

TOShKENT, 28-iyul - Sputnik. Koronavirus bilan xastalangan shaxslarni samarali davolashga O‘zbekistondagi harbiylar, harbiy-tibbiy muassasalar xizmatchilari va tibbiyot mutaxassislarini jalb qilish muhim, deya ta’kidladi O‘zbekiston prezidenti kuni kecha pandemiya sharoitida aholini tibbiy yordam bilan qamrab olish ko‘lamini yanada oshirish chora-tadbirlariga bag‘ishlangan yig‘ilishda.

Medpersonal Raspredelitelnogo sentra vpervie poluchil zarplatu - Sputnik O‘zbekiston
Taqsimlash markazi shifokorlariga ilk bor oylik berildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-iyul kuni Toshkent shahrida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish, bu boradagi ishlarning samaradorligini, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish qamrovini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar hisobotini tingladi. 

Davlat rahbari epidemiologik holatni jiddiy nazoratga olib, deyarli har bir yig‘ilishda bu masalaga to‘xtalib o‘tmoqda.

Jumladan, 15-iyul kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Toshkent shahri va Toshkent viloyatidagi epidemiologik vaziyatni jilovlashdagi ishlar jiddiy tanqid qilinib, kasallarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri davolash uchun sharoit yaratish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi. 

Xususan, poytaxtda qisqa vaqtda keng ko‘lamli tashkiliy ishlar amalga oshirildi. Yunusobod tumanidagi “O‘zekspomarkaz” pavilonida, gimnastika saroyida, "Yoshlik" sport majmuasi va boshqa binolarda koronavirusga gumon qilinganlarga tashxis qo‘yish, zaruratga ko‘ra davolash uchun sharoit yaratilmoqda. Ular pandemiya talablari asosida jihozlanib, zarur tibbiy uskunalar bilan ta’minlanmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident viloyatlarda dori-darmonlarning 3 oylik zahirasini tayyorlashni topshirdi

Kasallikka chalinganlar va ayni kunlarda pnevmoniyadan aziyat chekayotganlarga amaliy yordam tariqasida 10 ta maxsus poliklinika tashkil etildi. Ularning faoliyati tunu kun yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, fuqarolar bu yerga murojaat qilish orqali malakali tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.

Prezentatsiya shaklidagi muhokamada O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, markaziy muassasalar, vazirlik va idoralar rahbarlari, mamlakatda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlashga jalb etilgan boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Xokim Tashkenta Djaxongir Artikxodjayev - Sputnik O‘zbekiston
Korona-strategiya: Toshkent hokimi prezident tanqidiga qanday javob qaytardi?

Davlat rahbari pandemiya sharoitida sog‘liqni saqlash milliy tizimini qo‘llab-quvvatlash, jumladan, poytaxtdagi sport majmualari negizida tashkil etilayotgan taqsimlash markazlari va yangi klinikalarni tibbiy xodimlar bilan ta’minlash, koronavirus bilan xastalangan shaxslarni samarali davolashga mamlakat harbiylari, harbiy-tibbiy muassasalarning xizmatchilari va tibbiyot mutaxassislarini jalb qilish muhimligiga alohida e’tibor qaratdi. 

Jalb qilinayotgan tibbiyot xodimlarining smenadagi mehnatiga har kuni, o‘z vaqtida haq to‘lash, ularni zarur yakka tartibdagi himoya vositalari, oziq-ovqat va yotoq bilan ta’minlash zarurligi qayd etildi.

Muhokama yakunida mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga bu boradagi ishlarni tashkil etish bo‘yicha aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

 

Yangiliklar lentasi
0