Jamiyat

Taqsimlash markazi shifokorlariga ilk bor oylik berildi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMedpersonal Raspredelitelnogo tsentra vpervыe poluchil zarplatu
Medpersonal Raspredelitelnogo tsentra vpervыe poluchil zarplatu - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzekspomarkazda ochilgan Taqsimlash markazi 500 oʻringa moʻljallangan. Bu yerda COVID-19 gumon qilingan bemorlarga aniq tashhis qoʻyiladi navbatdagi muassasaga yoʻnaltiriladi.

TOSHKENT, 24 iyul - Sputnik. "Oʻzekspomarkaz"dagi ochilgan Taqsimlash markazi shifokorlariga ilk bor oylik berildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri. 

Eslatib oʻtamiz, "Oʻzekspomarkaz"da tashkil qilingan Taqsimlash markaziga koronavirus kasali yuqishi gumon qilingan fuqarolar olib kelinadi. Bu yerda ular toʻliq tashhisdan oʻtkazilib, uning natijasiga va bemorning holatiga koʻra shifoxonaga yoki boshqa joyga yoʻnaltiriladi. Xastalik yengil kechayotgan va uy sharoitida davolanishni maʼqul deb bilganlar esa uyida oʻz-oʻzini izolyatsiya qilgan holda davolanishga yuboriladi.

Taqsimlash markazi 500 oʻringa moʻljallangan boʻlib, bu yerda har bir bemorlar alohida toʻsiqlar bilan ajratilgan 2 kishilik bokslarga joylashtiriladi. Markazda shuningdek, bemorga birinchi yordam ham koʻrsatiladi. 

Markazda 250 nafar tibbiyot xodimlari ishlashi rejalashtirilgan. Ular orasida infektsionist, virusolog va boshqa qator tor mutaxassislar bor. Shuningdek barcha kerakli test va tahlillarni oʻtkazish uchun zarur sharoit va uskunalar jamlangan.

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaMedpersonal Raspredelitelnogo tsentra vpervыe poluchil zarplatu
Taqsimlash markazi shifokorlariga ilk bor oylik berildi  - Sputnik Oʻzbekiston
Medpersonal Raspredelitelnogo tsentra vpervыe poluchil zarplatu

 

Yangiliklar lentasi
0