Buyuk Britaniya YeIga qarshi: kurash davom etmoqda, natijasi noma’lum

© Sputnik / Justin Griffiths-Williams / Mediabankka o‘tishUchastniki aksii protiv Brexit u zdaniya parlamenta Velikobritanii v Londone
Uchastniki aksii protiv Brexit u zdaniya parlamenta Velikobritanii v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YeIning Brexit masalalari bo‘yicha bosh muzokarachisi Mishel Barnye Britaniya bilan savdo bitimiga erishishni “ehtimoli past” deb atadi.

U bunda orol hukumatini aybladi, aniqrog‘i, ularning “ochiq va adolatli raqobatga va muvozanatlashtirilgan baliq ovlash bitimiga tarafdor bo‘lishdan bosh tortishini”.

YeI va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi norasmiy musobaqaning yana bir turi qit’a Yevropasi g‘alabasi bilan yakunlandi deb hisoblash mumkin.

Eslatib o‘tish joiz, oldingi turda - olti oy oldin - London yorqin g‘alabani qo‘lga kiritgan edi. Unda, 2019-yil dekabr oyida Buyuk Britaniyadagi parlament saylovlarining g‘olibi Konservatorlar partiyasi, aniqrog‘i shaxsan Boris Jonson bo‘ldi, u o‘z saylovoldi dasturining asosiy bobi sifatida britaniyaliklarga chaqmoqni singari Brexitni va’da qilgan edi. Va u so‘zida turdi.

Goroda mira. Manchester - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya hukumati Vladimir Putinga xizmat qilishga tayyorlanmoqda

Bu orqali, u Brussel bilan bir necha yil davomida o‘ta qattiq muzokaralar olib borilishidan mamlakatining cheksiz tahqirlanishiga chek qo‘ydi. Shu bilan birga, Jonson dunyo oldida Yevropa Ittifoqdan boshqa yo‘l yo‘q degan taqiqini puchga chiqardi, bu uning o‘tmishdoshlari radikal qadamlar qo‘yishga jur’at etolmaganliklarining sabablaridan biri edi.

Bu, shubhasiz, birlashgan Yevropa uchun juda jiddiy zarba bo‘ldi, ham g‘oyaviy, ham moddiy zarba: Buyuk Britaniyaning umumiy Yevropa budjetiga qo‘shgan hissasi shunchalar kattaki, uning yo‘qotilishi og‘riqsiz bo‘lmay qolmaydi.

Va hozir, yetti oy o‘tgach, navbatdagi natijalarni sarhisob qilish vaqti keldi va bu safar g‘alaba YeI tomomnida. Ammo, faqat “ochkolar bo‘yicha” va orqasidan achchiq ta’mni qoldiradi.

Brussel London bilan muzokaralarda tanlangan qat’iy chiziq bo‘yicha harakatlanishda davom etmoqda - endi muhokama qilinadigan mavzu bu joriy yil 31-dekabrdan keyin tomonlar o‘rtasidagi savdo qoidalari. Barnyening bayonoti The Telegraph nashrining yaqinda olingan ma’lumotini tasdiqlaydi, unga ko‘ra YeIning Britaniyaga yon berishdan bosh tortishi “hech qanday kelishuv” bo‘lmasligini va yangi yildan boshlab ular o‘rtasidagi savdo munosabatlari JST qoidalari bilan tartibga solinishini anglatadi – bu esa albatta Birlashgan Qirollik uchun foydasizdir.

Jiteli Uxanya yedut na parome cherez reku Yanszi - Sputnik O‘zbekiston
AQSh va Britaniya Xitoydan virus uchun "tovon" talab qilishga shaylanmoqda

Boshqa ko‘plab sohalarda, London uchun ham istiqbollar unchalik yaxshi emas. G‘arb OAVlari mamlakat duch kelayotgan muammolar haqida faol yozishmoqda. Bloomberg agentligining “Boris Djonsonning global Buyuk Britaniyasi global voqelikka duch kelmoqda” nomli zaharli sarlavhasi ostidagi maqolasi ushbu ma’noda juda xarakterlidir. Mualliflarning odatda Rossiyaga qarshi jurnalistikaga hos usulni qo‘llaganlari o‘zicha kulgili. Ularning fikriga ko‘ra, boy berilgan derjava buyukligi nostalgiyasida bo‘lgan London, mamlakat uchun juda muhim bo‘lgan ichki zaifliklarga e’tibor bermay, faol ravishda o‘zini ta’sirli geosiyosiy kuch sifatida ko‘rsatishga harakat qilmoqda. Muammolar ro‘yxati esa haqiqatan ham hayranatlanarli.

Buyuk Britaniya butun asr davomidagi eng yomon retsessiyani boshdan kechirmoqda. Milliy valyuta shu qadar beqarorki, Amerika banki funtni rivojlanayotgan bozor valyutalariga taqqoslab, uning tebranishlarini “eng yaxshi vaziyatda nevrotik, eng yomonida esa aql bovar qilmas” deb baholadi. Britaniyaning asosiy FTSE 100 fond indeksi 17 foizga tushib ketdi, investorlar esa ochiqchasiga orolni tark etmoqdalar. Ko‘zni qamashtiruvchi manzara COVID-19 dan o‘limlarning yuqori darajasi bilan yanada murakkablashmoqda.

Bunday fonda, Ittifoq iqtisodiyoti ham og‘ir davrlarni boshdan kechirayotgan bo‘lsa-da, YeI yanada ilhomlantiruvchi ko‘rinadi. Yevroning mavqeyi shu qadar mustahkamlanganki, Credit Agricole i Mizuho International Plc. tahlil agentliklarining fikriga ko‘ra, yaqin kelajakda u hatto dollarni asosiy zahira valyutasi maqomidan mahrum qilishi mumkin.

Biroq, YeIga a’zo davlatlar rahbarlarining strategik kelishuvlarga erishishi so‘nggi kunlarning asosiy yangiliklari bo‘ldi: ittifoqning 2021-2027 yillarga mo‘ljallangan budjeti haqida va eng muhimi, iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha inqirozga qarshi ulkan choralar rejasi (750 milliard yevro) haqida kelishuvlar.

Velikobritaniya vishla iz YeS - Sputnik O‘zbekiston
Britaniya YeIdan chiqdi. Endi uni kechirishmaydi va qasos olishadi

Umuman olganda, manzara bir qarashda bir xil ma’noga ega: britaniyaliklar real muammolarni e’tiborsiz qoldirib, ​​YeI bilan munosabatlarda eski chuqurlar bo‘ylab ishonch bilan harakat qilib tashqi siyosatda arazlab o‘tirgan bir paytda, qit’ali Yevropa o‘zining birdamligi va tog‘larni tolqon qilishga tayyorligini namoyish qilmoqda.

Ishbilarmonlikka oid OAVlar Yevropa iqtisodiyotiga juda katta miqdordagi pullarning kirib kelishiga xursand bo‘lganidan vaziyatni aynan shu tarzda talqin qilishmoqda.

Ammo siyosatchilar bunday bo‘ronli quvonchni ko‘rsatmayaptilar. Garchi Emmanuel Makron kelishuv kunini “tarixiy” deb atagan bo‘lsa-da, aksariyat hamkasblari unga qaraganda shashdi pastroq. Yevropa Markaziy banki raisi Kristin Lagardning so‘zlariga ko‘ra, kelishuv “yaxshiroq bo‘lishi ham mumkin edi”, Angela Merkel buni “og‘riqli, ammo mas’uliyatli murosa” deb atadi.

Bunday vazminlikni tushunsa bo‘ladi. Sammit rejalashtirilgan ikki kun o‘rniga to‘rt kun davom etdi va ishtirokchilar orasida shu qadar jiddiy qarama-qarshiliklarni ko‘rsatdiki, ba’zi paytlarda kelishuvlarga erishishning iloji yo‘qday tuyuldi. Oxir-oqibat qabul qilingan qarorlar ulkan g‘alabaga emas, balki chuqur jarohatga bir amallab yopishtirilgan plastirga o‘hshaydi. Hamma noroziligicha qoldi: moliyaviy yordamga muhtoj, ammo ko‘prog‘iga umid qilgan Janubiy Yevropa mamlakatlari ham, hamda “banket uchun to‘lashiga to‘g‘ri keladigan” va yanada kamroq zarar ko‘rishni umid qilgan shimolliklar ham.

Stroitelstvo gazoprovoda Severniy potok-2 v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Yevropa va Amerika Rossiya tufayli jangga kirmoqda

Natijada, faqat ishbilarmonlik olami juda og‘ir kunlarni boshdan kechirayotgan jahon iqtisodiga yaqinlashayotgan moliyaviy yomg‘irdan hayajonlanmoqda, siyosiy tahlilchilar esa birlashgan Yevropaning taqdiri to‘g‘risida umidsizlikka tushib qolgan.

Aslida, Buyuk Britaniya va YeI o‘rtasidagi raqobatda tizimli inqiroz sharoitida davlatning harakatlariga mutlaqo turlicha strategik yondashuv aks etadi. Britaniyaliklar ohir-oqibat buni amalga oshirish osonroq kechadi degan umidda yakka suzib chiqishga qaror qilishdi. O‘z navbatida, kontinental Yevropa esa qiyinchiliklarga jamoaviy qarshilik ko‘rsatishni afzal ko‘rdi. Ammo hozirdanoq ayon bo‘lib turiptiki, ichki birlikni saqlab qolish uchun ko‘p harakat talab etiladi.

Demak, Britaniya-Yevropa munozaralari natijasi hali aniqlanmagan va g‘olibni e’lon qilishga hali erta.

Manba: RIA Novosti

Yangiliklar lentasi
0