Juma kuni Britaniya rasmiy ravishda Yevropa Ittifoqini tark etdi. Toʻgʻri, Londonda boʻlayotgan voqealarga qaraganda, qirq yetti yillik "Bryussel diktati"dan ozod boʻlish na quvonch, na baxt va na milliy birlikka olib keladi. Britaniya poytaxtidagi "Brekzit oqshomi"ni katta tantanalar bilan oʻtkazganlar bilan bir qatorda Britaniya endi "katta, kuchli va demokratik Yevropaning" bir qismi emasligi bilan koʻnika olmayotganlarning norozilik namoyishlari boʻlib oʻtdi. Ikkinchilari oʻta vatanparvar boʻlmagan vatandoshlaridan qasos olish istagida boʻlishgan, mamlakatning Yevropa Ittifoqidan chiqishini tashkillashtirgan siyosatchilarni gapirmasa ham boʻladi.
Qolaversa, Yevropa Ittifoqidan chiqish tarafdorlari tomonidan boshlangan parchalanish jarayoni Buyuk Britaniyada ham, Yevropa Ittifoqining oʻzida ham toʻxtamasligi mumkin va kelajakdagi tarixchilar Buyuk Britaniyaning referendumini Yevropaning umumiy siyosiy va iqtisodiy tizimining qulashi muqarrarligiga olib keluvchi palla sifatida esga olishadi.
Agar narsalarga beparvolik bilan qaralsa, unda vaziyat oxirga paytdagi SSSRni eslatadi va boshqa oʻxshashliklar osongina ayanchli kelajakka olib kelishi mumkin. Biroq, soʻnib borayotgan Sovet Ittifoqi rasmiylarining munosabati va rasmiy Bryusselning parchalanish boshlanishiga munosabati oʻrtasida bitta jiddiy farq bor: Yevropa komissiyasining va Yevropa parlamentining barcha tuzilmalari oʻta murakkab va samarasiz byurokratiyaning astronomik darajasi bilan, xarakter va "yevropa loyihasini" har jihatdan himoya qilish nuqtai nazaridan farq qiladi. Bryussel amaldorlari real va uydirma gunohlari uchun Londondan kechirim soʻramoqchi emaslar. Yevropaning kata oilasini tiklash umidida Londonni har xil sovgʻalar bilan yumshatishni gapirmasa ham boʻladi. Bunga ishonch hosil qilish uchun Yevropa komissiyasining raisi (yaʼni "Yevropa Ittifoqining deyarli Bosh vaziri") Ursula fon der Lyayenning soʻzlariga eʼtibor qaratish kifoya. Aksincha: yuzidagi eng xushmuomalalik bilan tabassumni saqlagan va abadiy doʻstlik haqida gapirishni unutmagan holda Bryussel qasos oladi. Shunqangi qasos oladiki, toki boshqa biror bir mamlakat Britaniyaning "ozodlikka sakrashini" takrorlash toʻgʻrisida churq eta olmasin.
Agar SSSR va Yevropa Ittifoqini Brekzit nuqtai nazaridan taqqoslasak, aqlga keladigan tabiiy taqqoslash "Buyuk Britaniya - bu Yevropaning Boltiqboʻyisi" formulasiga toʻgʻri keladi va bu tabiiy, ammo notoʻgʻri taqqoslash boʻladi. Brekzit tarafdorlari nimaga umid qilishayotganiga kelsak, mustaqil va magʻrur Buyuk Britaniya koʻproq Yevropa Ukrainasiga oʻxshaydi. Gap shundaki, agar siz dunyoga va Yevropaga Londondan qarasangiz, unda London xuddi tom maʼnoda goʻyo yer oʻqiga oʻxshaydi va buning uchun juda kuchli moliyaviy dalillar mavjud: Buyuk Britaniya tom maʼnoda "qarzga botib oʻtiribdi" - xuddi Ukraina kabi. Faqat London shahri orqali oʻtadigan "quvur" orqali gaz emas, balki pul - yiliga oʻnlab trillionlab yevro, dollar va funt. London - Eski qitʼaning yetakchi moliyaviy markazidir va agar Yevropa kompaniyasi dunyoning turli burchaklaridan kapital jalb qilishni, xalqaro maydonga chiqishni va hokazolarni istasa, u oʻz ulushlarini yoki obligatsiyalarini Frankfurtda, Parijda yoki Milanda emas, balki Londonda joylashtiradi. Bundan tashqari: Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, yevro bilan valyuta operatsiyalarining taxminan 80 (!) foizi Londonda amalga oshiriladi (garchi Buyuk Britaniyaning oʻzi hech qachon yevroga oʻtmagan boʻlsa ham).
Eng sodda hisob-kitoblarga koʻra, Britaniya moliya institutlari tomonidan Britaniya banklarida va Britaniya yurisdiktsiyasida boshqariladigan taxminan yetti trillion yevro (umumiy Yevropa hajmining 37 foizi) mavjud va bu pulning katta qismi Yevropa kompaniyalari va investorlariga toʻgʻri keladi. Koʻpincha paradoksal holat yuzaga keladi: Frantsiya yoki Germaniyadan yevropalik investorning puli Frantsiya yoki Germaniyadan Yevropa kompaniyasiga etib borishi uchun ular avval Londondan oʻtib, banklarga, investitsiya fondlariga, London fond birjasiga, yuridik firmalarga va auditorlik firmalariga sezilarli komissiyalar qoldiradilar. Agar ushbu vaziyatga Britaniya hayot tarzining ustunligi, iqtisodiyotni tashkil etish va milliy xususiyatni boshqa barcha Yevropaliklarga nisbatan (yevropalik boʻlmaganlarni nazarda tutmasak) bu nohaq tushunchaning qatʼiy tarafdori nuqtai nazaridan qaralsa, Buyuk Britaniya har qanday sharoitda ham shunchaki Yevropa Ittifoqini ushlab turgandek tuyulishi mumkin, va u yerda pul topadi, Yevropa qonunlaridan va Yevropa Komissiyasining taʼsiridan qutulish vaziyatni yaxshilaydi, va London mavjud vaziyatdan barcha bonuslarni saqlab qoladi va koʻp iqtisodiy va siyosiy masalalar boʻyicha Yevropa Ittifoqi qarorlariga rioya qilish zarurligi bilan bogʻliq yoʻldosh muammolarni yoʻq qiladi. Brekzitning koʻplab tarafdorlari eʼtiborini jalb qilgan asosiy ramz bu “Temzadagi Singapur”, va bu koʻp narsani anglatadi.
Ushbu nazariya va ushbu ramz bilan bogʻliq muammo shundaki, bu kontinental Yevropa rahbarlarining mutlaq irodasizligini nazarda tutib, ular ushbu stsenariyda Britaniya moliya tizimining buyukligiga bosh egib, Sitining janoblariga boʻyin qisib oʻlpon toʻlashda davom etishlari kerak.
London haqidagi soʻnggi maʼruzasida Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen, yaʼni koʻp maʼmuriy taʼsirga va "Angela Merkelning Yevropa hukumati boshqaruvidagi ishonchli vakili" norasmiy yuqori maqomga ega boʻlgan siyosatchi, bu taxminlar haqiqat emasligini aniq tushuntirib berdi. London Iqtisodiyot maktabi tomonidan nashr etilgan stenogramma buning dalolatdir:
"Savol: Temzadagi-Singapurni yaratish gʻoyasi Buyuk Britaniyada muhokama qilindi. Siz buni Yevropa Ittifoqi manfaatlariga qanchalik tahdid deb bilasiz va bu borada nima qilishga tayyorsiz?"
Javob: ... Moliyaviy xizmatlarning muhim sohasini koʻrib chiqaylik. Hozirda, bitta Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatning banki boshqa aʼzo mamlakatda osongina ishlashi mumkin. Bu Buyuk Britaniya uchun oʻzgaradi. Hammasi tugadi".
Buyuk Britaniyada kamchilik haqiqatan ham, kontinental Yevropa Londonni chetlab oʻtib, oʻz muqobil "pul quvurini", yaʼni Ukrainani chetlab oʻtadigan rus gazining "oqimi" kabi yaratishni xohlaydi va qila oladi deb ishonadi. Ammo Yevropadagi pullar Londondan asta-sekin oqib chiqayotganligini (har holda buning ustidan Britaniyaning biznes-nashrlarning flagmani Financial Times shikoyat qilmoqda) va yevropalik amaldorlarning jangovar bayonotlariga koʻra, kontenental Yevropa unzing "Pul oqimi-1" va "Pul oqimi-2"larini qiyin, qimmat va uzoq boʻlishini anglagan holda baribir qurishni rejalashtirmoqda.
Frantsiya prezidenti Emmanuel Makron Brekzit oqshomida Yevropaning kelajagi haqida gapirib, Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi Yevropa Ittifoqi uchun "tarixiy ogohlantirish" ekanligini va Yevropa loyihasi jiddiy islohotlarni talab qilishini aytdi.
Amaliyot shuni koʻrsatadiki, asosiy islohot koʻproq psixologik va yomon odatlarga qarshi kurashni eslatishi kerak - yaʼni Londonga Yevropa pullariga hisobiga pul ishlash imkoniyatini berish kabi juda yomon odat.
Yomon odatdan voz kechish paytida noqulaylik odatiy holdir va Rossiyaning Ukrainadagi (va yaqin orada nafaqat Ukrainada) tajribasi shuni koʻrsatadiki, natija albatta bunga loyiqdir.