O‘zbekistonda koronavirus: 21-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishVrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo sentra
Vrachi v kabinete kompyuternoy tomografii meditsinskogo issledovatelskogo sentra - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 441 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 755 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
DTM: test sinovlarida ishtirok uchun to‘lov muddati bir kunga uzaytirildi

Bir sutka davomida 441 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 17 755  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 54 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 76 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi.

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 9 463 nafarga yetdi.

Ayni paytda 8 199 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 76 nafari og‘ir, 28 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Ispitanie vaksini ot koronavirusa v RF - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Xitoy birgalikda koronavirusga qarshi vaksina sinovini o‘tkazishi mumkin

O‘lim holatlari

Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 64 yoshli M.M. (erkak) 25-iyun kunidan 14-iyul kuniga qadar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida “O‘tkir strangulyatsion ingichka ichak tutilishi”  tashxisi bilan statsionar davolangan.

Bemorda 14-iyul kuni “COVID-19” tasdiqlangan va o‘ta og‘ir holatda Zangiota tumanidagi Ko‘p tarmoqli yuqumli kasalliklari shifoxonasiga o‘tkazilgan.

Unga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya, ingichka ichak rezeksiyasi va anastomozi operatsiyasidan so‘nggi holat tashxisi qo‘yilgan. Bemorda kasallik o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi asorati bilan kechgan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan u o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Yana bir holat: Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashagan 68 yoshli M.I. (ayol) joriy yil 25-iyundan 14-iyulga qadar Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazida davolangan.

15 iyul kuni unda “COVID-19” tasdiqlangan va u o‘ta og‘ir holatda Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas berish apparatiga ulangan.

Bemorga “COVID-19” infeksiyasining og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniyaning og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, o‘pka shishi hamda poliorgan yetishmovchiligi kabi asoratlar bilan kechgan. Shuningdek, bemor yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, infarktdan keyingi kardioskleroz, qandli diabetning og‘ir kechishi kabi hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi hamda o‘pka shishidan vafot etgan.

O‘zbekistonda jami 93 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Vaksina sinovi

O‘zbekistonlik mutaxassislar xitoylik hamkorlari bilan birgalikda koronavirusga vaksinaning uchinchi – so‘nggi bosqichini o‘tkazishlari mumkin.

Alisher Kadirov – Deputat Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Qodirov CoViD-19ning yangi to‘lqinini qanday to‘xtatish mumkinligini aytdi

Xitoy tomoni China National Biotec Group (“Sinopharm Group”) tomonidan ishlab chiqilgan inaktivlashtirilgan va rekombinant vaksina klinik sinovlarining ikki bosqichi muvaffaqiyatli o‘tganini bildirgan.

Yaqinda Xitoy aholisi o‘rtasida klinik sinovlarning oxirgi, ya’ni uchinchi bosqichi boshlangan. Korporatsiya rahbari O‘zbekiston hududida ham ana shunday sinovni o‘tkazishni taklif qildi.

Yangi to‘lqinni qanday to‘xtatish mumkin

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov CoViD-19ning yangi to‘lqinini qanday to‘xtatish mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirdi.

Qodirovning aytishicha, viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroil davlatidagi tajriba o‘rgangulik.

"Ular 2020-yilning 1-sentabrigacha barcha kiruvchilar uchun chegaralarini yopdi. Nimaga? Chunki ichkariga kirgan har bir inson virusning yangi, borayotgan joyidagi muhitga moslashmagan tipini olib kirishi mumkin. Bu yangi to‘lqin degani. Payg‘ambarimiz (s.a.s) ham “Vabo tarqalgan joyga bormangiz, agar turgan joyingizda vabo bo‘lsa u yerdan ketmangiz” deb bekorga aytmaganlar.

Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida o‘ylashimiz kerak. Bu birinchi navbatda o‘sha vatandoshimizning qarindoshlariga, qolaversa butun O‘zbekistonga yaxshilik bo‘ladi", - deb yozgan partiya rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 14,7 milliondan oshdi, 609 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (3,8 mln), Braziliyada (2,1 mln), Hindistonda (1,2 mln).

Yangiliklar lentasi
0