Qodirov CoViD-19ning yangi to‘lqinini qanday to‘xtatish mumkinligini aytdi

© Mejdunarodniy Press-klubAlisher Kadirov – Deputat Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa
Alisher Kadirov – Deputat Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida o‘ylashimiz kerak, deya taklif bildirmoqda siyosatchi

TOShKENT, 21-iyul - Sputnik. "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov CoViD-19ning yangi to‘lqinini qanday to‘xtatish mumkinligi borasida o‘z fikrini bildirdi.

Rabota medikov s bolnimi COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus qurbonlari, ikkinchi to‘lqin va niqob masalasi - SSV vakili bilan intervyu

Qodirovning aytishicha, viruslarni aniqlash va ular bilan kurashishda Isroil davlatidagi tajriba o‘rgangulik.

"Ular 2020-yilning 1-sentabrigacha barcha kiruvchilar uchun chegaralarini yopdi. Nimaga? Chunki ichkariga kirgan har bir inson virusning yangi, borayotgan joyidagi muhitga moslashmagan tipini olib kirishi mumkin. Bu yangi to‘lqin degani. Payg‘ambarimiz (s.a.s) ham “Vabo tarqalgan joyga bormangiz, agar turgan joyingizda vabo bo‘lsa u yerdan ketmangiz” deb bekorga aytmaganlar.

Xorijdan vatandoshlarimizni olib kelishni to‘xtatish, ularni turgan mamlakatlarida davolanishlarini moliyalashtirish haqida o‘ylashimiz kerak. Bu birinchi navbatda o‘sha vatandoshimizning qarindoshlariga, qolaversa butun O‘zbekistonga yaxshilik bo‘ladi", - deb yozgan partiya rahbari ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida.

Yangiliklar lentasi
0