TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. O‘zbekistonlik mutaxassislar xitoylik hamkorlari bilan birgalikda koronavirusga vaksinaning uchinchi – so‘nggi bosqichini o‘tkazishlari mumkin. Bu haqda “Dunyo” AA xabar qilmoqda.
Bu haqda O‘zbekistonning Xitoydagi elchisi Baxtiyor Saidov va “Sinopharm Group” boshqaruvi raisi Lyu Szinchjen o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida ma’lum qilindi. Uchrashuvda koronavirus pandemiyasiga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, Xitoy tomoni China National Biotec Group (CNBG bo‘linmalaridan biri – “Sinopharm Group”) tomonidan ishlab chiqilgan inaktivlashtirilgan va rekombinant vaksina klinik sinovlarining ikki bosqichi muvaffaqiyatli o‘tganini bildirgan.
“Yaqinda Xitoy aholisi o‘rtasida klinik sinovlarning oxirgi, ya’ni uchinchi bosqichi boshlangan. Korporatsiya rahbari O‘zbekiston hududida ham ana shunday sinovni o‘tkazishni taklif qildi”, - deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, bir paytning o‘zida vaksina sinovlari Birlashgan Arab Amirliklarida ham o‘tkaziladi. Unda 15 ming nafar odam ishtirok etadi.
Mazkur vaksina inson tanasiga yuborilganidan keyin inaktivlashtirilgan ta’sir qilish muddati 2-yil va undan ko‘proq muddatni tashkil qiladi. Bugungi kunda Xitoy hududida 50 mingdan ko‘proq odam ushbu vaksinani qabul qilgani ma’lum.