DTM: test sinovlarida ishtirok uchun to‘lov muddati bir kunga uzaytirildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishShkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka
Shkolniki pered nachalom yedinogo gosudarstvennogo ekzamena v sredney obsheobrazovatelnoy shkole №13 Vladivostoka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda kecha, 20-iyul kuni 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish o‘z nihoyasiga yetdi.

TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Davlat test markazi abituriyentlarga murojaat bilan chiqdi.

Bildirilishicha, test sinovlarida ishtirok uchun to‘lov muddati bir kunga uzaytirilgan.

“Hozirda onlayn ro‘yxatdan o‘tgan, lekin to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar mavjud bo‘lib, ular 21-iyul kuni soat 23:59 qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Markaz test sinovlari uchun to‘lovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanishi va test sinovlarida ishtirok eta olmasligini eslatib o‘tgan.

Ta’kidlash joizki, test sinovlari tashkil etilayotgan o‘quv yilidan avvalgi yillarda ta’lim muassasalarini tugatgan abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (111,5 ming so‘m) miqdorida to‘lovni amalga oshiradilar.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 20-iyul kuni 2020-2021 o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish o‘z nihoyasiga yetdi. Respublika bo‘yicha jami 1 452 789 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

Yangiliklar lentasi
0