O‘zbekistonda koronavirus: 14-iyul asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishTestirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo
Testirovanie na COVID-19 v laboratorii NII Sklifosovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir sutka davomida 121 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13 993 nafarni tashkil qilmoqda.

TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: koronavirusga qarshi kurash uchun bizda zaxira va imkoniyatlar mavjud

Bir sutka davomida 121 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 13 993 nafarni tashkil qilmoqda.

Toshkent shahrida 7 soat ichida 121 kishida infeksiya aniqlandi (86 nafari — bemor bilan muloqotda bo‘lgan, 35 nafari — aholi orasida).

Davolanish ko‘rsatkichi

Bugunning o‘zida 44 nafar bemor tuzalib, o‘z uylariga kuzatildi. Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 8 074 nafarga yetdi.

Ayni paytda 5 854 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. 

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan qashqadaryolik bemor yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi. Qarshi tumanida yashovchi, 56 yoshli B.V. (erkak) joriy yil 5-iyul kunidan 10-iyulgacha tana harorati ko‘tarilib, holsizlik kuzatilgan. 11-iyul kuni esa tana harorati tushmay, holsizlik va yo‘tal kuchayganligi hamda nafas yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lganligi sababli “COVID-19” infeksiyasiga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

Meditsinskiy rabotnik derjit v rukax test na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Moskva viloyatida patent olish koronavirusga test topshirgan migrantlar soni ochiqlandi

Bemor og‘ir ahvolda viloyat Ftiziatriya va pulmonologiya markazi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga “COVID-19” infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasalli ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib,  yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.

Yana bir holat: Koronavirusga chalingan toshkentlik 61 yoshli erkak vafot etdi. Shayxontohur tumanida yashovchi, F.A. 10 kun davomida tana harorati ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘i, holsizlik, yo‘tal, hansirash belgilari bilan uyida davolangan. Ammo davo muolajalari natija bermagach, "COVID-19"ga namuna topshirgan va kasallik tasdiqlangan.

13 iyul kuni bemor o‘ta og‘ir ahvolda Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasi reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. Unga "COVID-19" infeksiyasi o‘ta og‘ir kechishi tashxisi qo‘yilgan. Kasallik ikki tomonlama bronxopnevmoniya, nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shuningdek, u qandli diabet, yurak ishemik kasalliggi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kabi hamroh xastaliklar bilan ham og‘rigan.

Reanimatsion muolajalarga qaramasdan, bemor o‘tkir nafas, surunkali jigar va buyrak hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligidan vafot etdi.

O‘zbekistonda jami 65 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Laboratoriyada holat

Qashqadaryoda koronavirus tekshiriladigan laboratoriya xodimlarida virus aniqlangan.

Viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazining 4 nafar xodimida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan: “Markazning 500 ga yaqin xodimi xavfli virusning tahlili, dizenfeksiya ishlariga jalb qilingan. 8-iyul kuni o‘tkazilgan tekshiruvlarda SEO markazining 4 nafar xodimida test sinovlari musbat natijani ko‘rsatdi”. Laboratoriyada ishlovchi xodimlar uy karantiniga olingan.

Denejnie kupuri - Sputnik O‘zbekiston
“Har bir oila – tadbirkor” dasturi uchun qo‘shimcha 98 mln dollar ajratildi

Yangi strategiya

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi videoselektor yig‘ilishi avvalida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Koronavirus bilan zararlanishning oldini olish, kasallikni erta aniqlash, simptomsiz va yengil kechayotgan bemorlar bilan olib borilayotgan davolash va nazorat tadbirlarini amalga oshirishda yangi strategiyalarni qo‘llash zarurligi qayd etildi.

Amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish topshirig‘i berildi.

Chegaradagi tirbandlik

O‘zbekiston Tojikiston chegarasida koronavirusning tarqalishi tufayli yuzlab yuk mashinalari to‘xtab qoldi. Xususan, "Oybek" nazorat-o‘tkazish punktida jiddiy vaziyat yuzaga keldi. Ta’kidlanishicha, transportning to‘xtatilishi haydovchilarni koronavirusga tekshirilishi bilan bog‘liq - haydovchilar natija e’lon qilinishini bir necha kun kutishlariga to‘g‘ri kelmoqda.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga jo‘natilayotgan pul o‘tkazmalar hajmi tiklana boshladi

Yangi qo‘llanma

Respublikada COVID-19 bilan kasallangan bemorlarning uyda davolanishi bo‘yicha qo‘llanma ishlab chiqildi. Innovatsion sog‘liqni saqlash milliy palatasi tomonidan ishlab chiqilgan  klinik qo‘llanmada "koronavirus infeksiyasining yengil formasi bilan kasallanib, uyida davolanayotgan bemor o‘zini qanday tutishi kerak, u bilan birga yashayotganlar nimalarga e’tibor berishi kerak, ahvolini nazorat ostida ushlab turishda nima yordam beradi?" kabi savollarga javoblar keltirilgan.

Qo‘llanma haqida batafsil.

Dunyo salomatligi

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 13,1 milliondan oshdi, 573 ming kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (3,3 mln), Braziliyada (1,9 mln), Hindistonda (906 ming).

Yangiliklar lentasi
0