TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Moskva viloyatida 29-iyundan beri besh ming nafardan ziyod patent olmoqchi bo‘lgan chet el fuqarolari koronavirusga test topshirdi. Bu haqda viloyat hukumati raisining o‘rinbosari Roman Karatayev ma’lum qildi.
“Ikki hafta ichida majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tish doirasida Moskva viloyati Yagona migratsiya markazida 5 709 chet el fuqarolari COVID-19 ga test topshirdi”, - dedi Karatayev
Eslatib o‘tamiz, Rossiyada migrantlar 27-iyundan boshlab patent olish uchun koronavirusga test topshirishi majburiy qilib belgilangan. Agar tahlil natijalari musbat chiqsa, patent bermaslik uchun asos bo‘ladi.