Mirziyoyev: koronavirusga qarshi kurash uchun bizda zaxira va imkoniyatlar mavjud

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident hayot davom etayotgani tufayli endi pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o‘rganish shartligini ta’kidladi.

TOShKENT, 14-iyul - Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishi avvalida mamlakatdagi epidemiologik vaziyatga alohida to‘xtaldi va O‘zbekistonda bu kasallikka qarshi kurash uchun barcha zaxira va imkoniyatlar mavjudligini aytdi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga jo‘natilayotgan pul o‘tkazmalar hajmi tiklana boshladi

"Xabaringiz bor, mamlakatimizda koronavirusga chalinganlar soni ko‘payib borayotgani munosabati bilan biz karantin talablarini yana kuchaytirishga majbur bo‘ldik. Nega deganda, ochiq aytish kerak, hozirgi kunda butun dunyo koronavirus deb nom olgan mana shu tilsiz yov, ko‘zga ko‘rinmas dushmanga qarshi urush holatida turibdi. Urushga kirgan har qaysi davlat, har qaysi xalq o‘z yurtini, o‘z aholisini himoya qilish uchun barcha choralarni ko‘radi. Eng avvalo, xavf-xatarning yo‘lini berkitadi, temir intizom o‘rnatadi. Qat’iy safarbarlik sharoitida yashash va ishlashga o‘tadi. Bugun biz ham ayni shunday holatdamiz", - dedi prezident.

Mirziyoyevga ko‘ra, Respublika maxsus komissiyasi tomonidan vaziyat muntazam tahlil qilinib, infeksiyani jilovlash yuzasidan barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Fidoyi va jasur shifokorlar o‘z burchini sadoqat va matonat bilan bajarayotgani ta’kidlab o‘tildi.

Logotip Vsemirnoy organizatsii zdravooxraneniya (VOZ) - Sputnik O‘zbekiston
JSST: ko‘p davlatlar COVID ga qarshi kurashda noto‘g‘ri yo‘ldan ketishmoqda

"Takror aytaman, biz endi pandemiya sharoitida yashashga, mehnat qilishga o‘rganishimiz shart. Chunki hayot davom etmoqda. Hayot bizdan aql-idrok, sabr-toqat, metin intizom bilan harakat qilishni talab etmoqda. O‘zimiz ko‘rapmiz, dunyoda qaysi davlatda tibbiy madaniyat, tartib-intizom kuchli bo‘lsa, o‘sha mamlakat pandemiyadan eng kam talofat bilan chiqmoqda. Biz ham shu yo‘ldan borishimiz shart. Albatta, o‘tgan 4 oy davomida odamlarimiz ko‘p narsaga o‘rgandi. Bizda ham ma’lum bir tajriba paydo bo‘ldi", - dedi davlat rahbari.

Tahlillar koronavirus bilan zararlanishning oldini olish, kasallikni erta aniqlash, simptomsiz va yengil kechayotgan bemorlar bilan olib borilayotgan davolash va nazorat tadbirlarini amalga oshirishda yangi strategiyalarni qo‘llashni talab qilmoqda.

Respublika maxsus komissiyasi bu borada tezlik bilan barcha zarur chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi.

Shu maqsadda, [Bosh vazir o‘rinbosari Behzod] Musayev, [Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher] Shodmonov bir kun muddatda amaldagi test-tahlil topshirish jarayonini qayta ko‘rib chiqib, aholi uchun qulay tizimni ishlab chiqish majburiyati yuklatildi.

Viloyat, shahar va tumanlarda mahalliy kengashlar, joylardagi hokimlik va boshqaruv idoralari o‘z hududidagi vaziyatni chuqur tahlil qilib, Respublika komissiyasi bilan kelishilgan holda karantin qoidalarini qayerda zarur bo‘lsa kuchaytirishi, qayerda zarur bo‘lsa yumshatishi lozimligi ta’kidlandi.

Yangiliklar lentasi
0