Vashington Yevropani rostakamiga jazolashga qaror qildi

© AP Photo / Virginia MayoFlagi USA i UE w Brukseli
Flagi USA i UE w Brukseli  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh va Yevropa orasida uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski mojaro hozirgi kunga kelib ko‘p milliard dollarlik o‘zaro moliyaviy zarbalarga olib keldi.

Donald Tramp ma’muriyatining Facebook, Google va Amazon kabi Amerikaning IT-gigantlari o‘rtasidagi barcha ziddiyatlarga qaramay, AQSh prezidenti Amerika korporatsiyalarining daromadlarini Yevropa soliqchilaridan himoya qilish maqsadida AQSh va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida saqlanib qolgan transatlantik birdamlik va yaxshi niyat qoldiqlarini qurbon qilishga tayyor bo‘ldi, deb yozadi RIA Novosti muallifi.

Uzoq yillar davomida vujudga kelgan eski mojaro hozirgi kunga kelib ko‘p milliard dollarlik o‘zaro moliyaviy zarbalarga olib keldi - Yevropa Ittifoqi o‘nlab yillar davomida YeIda soliqlarni to‘lamasdan ishlab kelgan Amerika korporatsiyalarini «siquvga olmoqchi”, AQSh esa minimal moliyaviy suverenitetni qo‘lga kiritishga urinishlar uchun Yevropa Ittifoqini jazolamoqchi. Tramp jamoasiga tan berish kerak - ularning qasosi aniq nuqtali bo‘lib chiqdi, ya’ni Yevropaning ozodlik sari qadami g‘oyasi aniq muallifi va umuman olganda “AQShning Yevropa koloniyalarida” faoliyat yuritayotgan Amerikaning IT-biznesi  aslida, soliq to‘lashi kerakligi fikrini ilgari surgan “bezbet” aniqlandi va bu aniqlanishdan keyin Amerikaning javob choralari ko‘rildi.

Podgotovka trub na bortu sudna Solitaire, dlya posleduyushey ukladki gazoprovoda «Severniy potok-2» v Finskom zalive - Sputnik O‘zbekiston
“Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanksiyalar Yevropa manfaati yo‘lida qabul qilindi – AQSh elchisi

“Google, Facebook va Amazon solig‘i” muallifi va ilhomlantiruvchisi sifatida Yevropani dunyo kuchi kutbi sifatida qayta tiklanishi haqida ko‘p gapirish ihlosmandi va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Oq uyning qaynoq qo‘li ostiga tushib qolgan kompaniyalar ro‘yxatidagilar bo‘lib chiqdi, bu ro‘yxat esa Yelisey saroyiga maksimal darajada noqulaylik keltiruvchi zarba berish maqsadida tuzilgan.

Amerika CNBC  moliyaviy telekanalining xabar berishicha:

AQSh lyuks segmentda ishlaydigan ayrim mahsulotlarga yuqori bojlarni kiritishi mumkinligini e’lon qilgandan Fransiya kompaniyalarining aksiyalari narxi tushib ketdi.

Yanvar oyi oxirida joriy etilishi mumkin bo‘lgan yangi tariflarga muvofiq, AQSh Savdo vakolatxonasi Fransiyadan bunday tovarlarni olib kirishda 100% gacha boj undirishi mumkin bo‘ladi. Taxminiy miqdor (yangi bojlar joriy etilishi mumkin bo‘lgan import - tahr.) 2,4 milliard dollarni tashkil etadi. Fransuz aksiyalarining pasayishi Louis Vuitton, Hennessy, Hermes, Christian Dior, Gucci, Yves Saint Laurent i Balenciaga brendlariga egalik qiladigan kompaniyalarga ta’sir qiladi”

“Yuz foiz – bu anchagina katta miqdor”, - deydi Amerikaning The Wall Street Journal nashriga Chanel uyi prezidenti Bruno Pavlovskiy. “100 % bu tarif emas, bu - jarima”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Ta’kidlash joizki, Amerika amaldorlari voqealar o‘z versiyasini taqdim etib, aslida bu vaziyatda YeIdagi Amerika kompaniyalarini kamsitmoqchi bo‘lgan Makron aybdor deb ta’kidlaydilar. Bu ayblov hatto odatda vatanparvar bo‘lgan Amerika OAVlarida ham ma’lum bir shubhalarni kelishiga sabab bo‘ldi.

“AQShda Fransiya soliq tuzilmasi Facebook, Google va Amazon kabi AQShning yirik internet-kompaniyalariga nisbatan adolatsiz ish tutmoqda deb hisoblashadi. Shunga qaramay, boshqa davlatlar ham tobora o‘z bozorlarida milliardlab dollarlar topayotgan firmalardan daromad olish yo‘llarini izlamoqda”, - deya xabar beradi Politico nashri.

Flagi USA i UE w Brukseli  - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yevropa ittifoqiga qarshi yangi bojlarni joriy etdi

Tramp tomonidan qasos vositasini tanlashi, ehtimol, “fransuzcha lyuks” o‘ziga xos ishonchlilik oroli va investorlar uchun xavfsiz boshpana hisoblanganligi bilan bog‘liq, chunki investorlar faqat eng badavlat iste’molchilar bilan ishlaydigan fransuz kompaniyalari, koronavirus epidemiyasi ta’siridan va savdo urushlari havfidan ideal darajada himoyalangan, deb hisoblashgan.

Fransiya epidemiyaga qarshi kurash choralarini ko‘rishi sabali chuqur iqtisodiy inqirozga sho‘ng‘ishining qora fonida, lyuks kompaniyalari allaqanday nur va umid manbai, shuningdek o‘z an’anaviy sanoati bilan Germaniya yoki Xitoy bilan raqobatlasha olmaydigan mamlakat bo‘lib, ammo xalqaro maydonda qanaqaqadur raqobatdosh ustunlikka ega bo‘lishi timsoli bo‘lib ko‘rinib turgan edi. Agar maqsad Fransiya prezidenti ma’muriyatini qo‘rqitish va umuman Yevropa soliq siyosatiga ta’sir o‘tkazish bo‘lsa, unda bu timsolni oyoq osti qilib, ushbu kompaniyalarni Amerika bozoriga kirish imkoniyatidan mahrum qilish yaxshi fikrdir.

Fransuzlar o‘zini prinsipial tutib Amerika kompaniyalariga soliq joriy etishlari mumkin (hech bo‘lmaganda milliy darajada), ammo, deylik, nemis amaldorlari, masalan, nemis avtomobillarini eksport qilishda “100%lik tarif” ga duch kelgan holda, umumevropa solig‘ini joriy etilishini qo‘llab-quvvatlarmikin, -  bu juda katta shubha ostida.

Boshqa tomondan, bu holatda gap faqatgina iqtisodiy mojaro haqida ketmayapti. Bu bahs Yevropalik siyosatchilarning o‘z mavqeyi ustidan ketayotgan bahs. Muayan hududning haqiqiy egaligini ko‘rsatadigan hal qiluvchi omil, bu - mahalliy ishbilarmonlar soliqni kimga to‘lashi masalasi. Ushbu soliqlarni joriy qilish va undirish huquqiga ega bo‘lgan shaxs muayan hududda hokimiyat egasidir. Tarixda shunday vaziyatlar bo‘lganki, ba’zi chet ellik savdogarlar yoki tadbirkorlar biron bir mamlakatda bojsiz va soliqsiz savdo qilish yoki xizmat ko‘rsatish huquqini olgan, ammo bu faqat urushda yutqazganida yoki shunchaki harbiy kuch ishlatilishi tahdidi ostida taslim bo‘lishning ma’lum shartlariga imzo chekkan taqdirdagina yuz beradi.

Flag SShA na fone goroda - Sputnik O‘zbekiston
AQSh Yevropa kompaniyalariga qarshi sanksiya kiritishi mumkin

Shunga mos ravishda, Amerika kompaniyalari Fransiyaning onlayn reklama va internet-savdolari bozorida yetakchi ishtirokchisiga aylanganida, ular fransuz kompaniyalaridan milliardlab yevrolarni olishadi (bir vaqtning o‘zida har qanday fransuz biznesini o‘z mahsulotlarini internetda samarali reklama qilishdan mahrum qilib, ularni “o‘ldirish” imkoniga ega bo‘ladi), shu bilan birga fransuz budjeti bir tiyin ham ololmaydi, ya’ni bu Fransiya AQShning mustamlakasi yoki hech bo‘lmaganda to‘liq iqtisodiy suverenitetga ega emasligini anglatadi. Va uch foizli arzimagan soliqni joriy qilish qarori - shunchaki budjetni to‘ldirish istagi emas, balki o‘z mustaqilligini tiklashga urinish xolos.

Shunisi e’tiborga loyiqki, Tramp ma’muriyatining Fransiyani jazolash harakatini Respublikachilar qatorida, Demokratik partiyasi ham qo‘llab-quvvatlagandi. Bu Rossiya uchun juda yaxshi yangilik, ayniqsa fransuz siyosatchilarida to‘satdan o‘z g‘ururi hissi paydo bo‘lsa.

O‘tgan safargi tahdidlarga javoban, Fransiya va hatto Germaniya hukumati vakillari hech bo‘lmaganda olg‘a qadam bosib va mustaqil iqtisodiy siyosat yuritish huquqini himoya qilishga tayyor ekanliklarini namoyish etdilar.

Jan-Klod Yunker - Sputnik O‘zbekiston
YeI raisi: Yevropa xavfsizligini AQSh emas, Yevroittifoq ta’minlashi kerak

Agar vaziyat ushbu ssenariy bo‘yicha davom etaversa, AQShning kuzgi saylovlarida kim g‘olib bo‘lishidan qat’i nazar, Vashington-Parij va Vashington-Berlin yo‘nalishlarida munosabatlar yanada yomonlashib boradi. Yaqin kelajakda amerikalik iste’molchi Chanel atiriga yoki Hermes sumkasiga kontrabanda yordamida erishadigan bo‘lsa va yevropaliklar Amerika ijtimoiy tarmoqlariga alternativa izlashga majbur bo‘lishsa, bu juda kulgili holat bo‘ladi. Iqtisodiy deglobalizatsiya nihollari o‘rnatilgan xalqaro aloqalar asfaltini yorib chiqmoqda.

Joriy globallashgan iqtisodiyot tizimi mos kelmayotgan davlatlar uchun bu o‘tmish xatolarini tuzatish va deglobalizatsiyaga duch kelgan kelajakda yanada qulay mavqega ega bo‘lish uchun so‘nggi va jiddiy imkoniyatdir.

Yangiliklar lentasi
0